Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Banklarda depozit operatsiyalarni amalga oshirish tartibi va uning hisobi



Yüklə 95,54 Kb.
səhifə5/6
tarix21.10.2023
ölçüsü95,54 Kb.
#158346
1   2   3   4   5   6
Banklarda buxgalteriya (1)11

3. Banklarda depozit operatsiyalarni amalga oshirish tartibi va uning hisobi .
Naqd pulni operatsiya kuni mobaynida qabul qilish uchun bank muassasalarida kirim kassalari tashkil etiladi. Korxona va tashkilotlardan tushadigan naqd pul tushumini, turli naqd pul ko’rinishidagi badallar, fuqarolarning naqd pul omonatlari, ish haqiga olingan pul mablag’larining tarqatilmay qolgan qismi kabi to’lovlarni naqd pul ko’rinishida bank kassa xodimi tomonidan qabul qilinishiga kassaning kirim operatsiyalari deb aytiladi. Bank tomonidan naqd pul quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadi:

    1. korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholidan 0402001 shakldagi badalnoma (ob’yavlenie)lar bo’yicha kvitantsiyalar berish bilan, fuqarolar omonatga pul qo’yganlarida omonat daftarchasiga shu to’g’rida yozib qo’yiladi, daftarcha ko’rsatilmagan taqdirda pul qo’yuvchiga 0402004 shakldagi kvitantsiya beriladi.

    2. Transport korxonalari va tashkilotlaridan 0402003 shakldagi naqd pul badalnomalari bo’yicha 0402003 shakldagi kvitantsiya berish bilan;

v) Xayriya fondlariga o’tkaziluvchi naqd pulli badallar 0402001 shakldagi badalnomalar (ob’yavlenie) bo’yicha 0402004 shakldagi kvitantsiyalar berish bilan 0402001 shakldagi badalnomalar mas’ul ijrochining imzosidan tashqari nazoratchining imzosi bo’lishi kerak. Mazkur operatsiyalar buxgalteriya xodimlari tomonidan alohida daftarga qayd etilishi lozim.
g) Boshqa barcha tushumlar 0482005 shakldagi kirim kassa orderlar bo’yicha 0402004 shaklidagi kvitantsiyalar berish orqali qabul qilinadi.
Endi kirim kassa operatsiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tanishib chiqamiz. Kirim kassa operatsiyalarini bajarishdagi asosiy hujjat bu badalnoma, ya’ni pul topshirganlik haqidagi e’londir. Pul topshirishdan avval mijoz tomonidan ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi. Badalnomaning o’zi 3 qismdan iborat:

  1. Badalnomaning o’zi.

  2. Order.

  3. Kvitantsiya.

Hujjatning uchala qismida ham bir xil ko’rsatkichlar to’ldirilishi shart. Ya’ni hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi, uning hisob-kitob, ya’ni talab qilib olinadigan depozitlar hisobvarag’i nomeri, operatsiya mazmuni, ya’ni nima maqsadda pul topshirilayotganligi, pul topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi pul summasi to’liq ko’rsatilishi va imzo qo’yish kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qilayotgan mas’ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan badalnomalarni qayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda asosan nazoratchiga yuklatiladi. Ba’zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko’rsatuvchi mas’ul ijrochi tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi.
Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi, uni uchala qismining bir xil, to’liq va to’g’ri to’ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o’tkazish mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga o’z imzosini qo’yib, ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. Kirim kassa jurnali bankda yuritiladigan sintetik hisob yuritish hujjati bo’lib hisoblanadi, har bir mijozdan qabul qilingan badalnoma ketma-ket tartibda qayd etib boriladi. Kassaning kirim jurnalida uni rasmiylashtirilayotgan sana, badalnoma nomeri, pul topshirgan korxonaning hisobvarag’i nomeri, topshirilishi lozim bo’lgan pul summasi va nima maqsadda pul topshirilayotganligi, ya’ni hisobot simvoli ko’rsatiladi. Shundan so’ng qabul qilib olingan badalnomalar kassaning kirim jurnali bilan birgalikda ichki tartibda kassa bo’limiga uzatilidi. Pul qabul qilish uchun bankda kirim kassalari bo’lib, hujjatlar aynan shu kassa kassiriga beriladi. Kirim kassa kassiri pul topshiruvchi mijozni chaqirib, undan pul qabul qilib oladi. Qabul qilib olingan pul kassir tomonidan qayta sanab chiqiladi.
Kassirning stoli ustida pul qo’yuvchidan qabul qilib olinayotgan puldan boshqa hech qanday pul bo’lmasligi kerak. Kassir ilgari qabul qilib olgan barcha pullar stol tortmasida metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi lozim. Kirim kassa kassirining stoli shunday jihozlangan bo’lishi kerakki, unga mijozga pulning qayda saqlanayotganligini kuzatib turishga imkon bo’lishi kerak. Pulni qabul qilib olgandan keyin kassir kvitantsiya va kirim kassa hujjatlarida order, badalnoma, kirim, kassa jurnali. Ko’rsatilgan summani sanalganda chiqqan summa bilan qiyoslaydi. Ular bir-biriga mos kelsa, kassir kvitantsiyaga badalnomaga va unga tegishli bo’lgan orderga imzo qo’yadi, kvitantsiyaga bank muhrini bosib pul topshirgan shaxsga qaytarib beradi. Bu kvitantsiya mijozga undan pulni qabul qilib olganlik haqidagi tasdiqlovchi hujjat bo’lib hisoblanadi. Badalnomalarni o’zida olib qolib, badalnomaga tegishli bo’lgan orderni kassaning kirim jurnali bilan birgalikda yana bank nazoratchisiga qaytaradi. Lekin, ba’zan shunday hollar ham bo’ladiki, mijoz topshirgan pul summasa kirim kassa hujjatlarida ko’rsatilgan summa bilan to’g’ri kelmasligi mumkin. Topshiruvchi bergan naqd pul summasi bilan kirim kassa hujjatida ko’rsatilgan summa o’zaro mos kelmasa, topshiruvchiga hujjatni qayta rasmiylashtirib kelish taklif etiladi. Kassir dastlabki hujjatning ustidan chiziq tortadi va shu hujjat kvitantsiyasining orqa tomoniga amalda qabul qilib olingan pul summasini yozib , kvitantsiyaga imzo chekadi. Badalnoma, order va kvitantsiya operatsiya xodimi yoki bank nazoratichisiga beriladi, kassa jurnalida dastlab yozilgan summani o’chirib, badalning yangi summasini yozib qo’yadi, shundan so’ng, yangidan olingan hujjatlarni rasmiylashtirib, yana kassaga jo’natadi. Kvitantsiyalar 23-yuriqnomaning 47-bandida ko’rsatilgan tartibda saqlanadi.
Agar mijoz bank kassasiga pul topshirmagan bo’lsa, kassir buning sababini aniqlash uchun kirim hujjatlarni kvitantsiyalar bilan birga operatsiya xodimlariga qaytaradi. Aniqlangandan keyin kvitantsiyalarda qanday sabablarga ko’ra pul topshirilmagani ko’rsatilib, bank muassasasi rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadi. Bunday hollarda kassa daftarlaridagi yozuvlar o’chiriladi, kirim hujjatlari yo’q qilinadi.
Kassirlar o’zlari qabul qilgan va topshirgan pul summalarini 0482155 shakldagi alohida daftarga qayd etib boradilar. Operatsiya kun oxirida kirim kassasining har bir xodimi, ya’ni kassiri qabul qilingan hujjatlar asosida 0482109 shakldagi ma’lumotnomani tuzadi va undagi summani o’zi qabul qilgan pul summasi bilan qiyoslaydi. Ma’lumotnomani kassir imzolaydi va unda ko’rsatilgan kassa oborotlarini operatsiya xodimlaridagi kassa jurnallaridagi yozuvlar bilan solishtiradi. Bu qiyoslash kassa jurnalida kassirning va kassir ma’lumotnomasida operatsiya xodimlarining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Operatsiya kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir belgilangan tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 0482109 shakldagi ma’lumotnoma bilan birga kassa mudiriga 0482155 shakldagi daftarga imzo chekilgandan so’ng topshiradi. Kassa mudiri esa, qabul qilingan pul summasini kassirning ma’lumotnomasi bilan qiyoslaydi, qabul qilingan summani 0482155 - shakldagi daftarga yozib qo’yadi, ma’lumotnomaga imzo chekib, uni bosh buxgalterga beradi. Ma’lumotnoma tekshirilgandan so’ng bosh buxgalter yoki uning o’rinbosari tomonidan imzolanib, shu kunning kassa hujjatlariga tikib ko’yiladi.
Kirim kassalariga tushgan pullar kassa mudiriga operatsiya kuni mobaynida bir necha marta berilishi mumkin. Bunday hollarda kassir pul berishidan avval amalda tushgan pul u qabul qilingan kirim hujjatlaridagi umumiy summaga mos kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. Operatsiya kuni tugashga qadar barcha naqd pul shu ish kunining o’zidayoq oborot kassasiga kirim qilinishi va bank muassasining bugalteriya balansi bo’yicha tegishli hisobvaraqga o’tkazilishi kerak. Demak, kunning oxirida kassaning kirim operatsiyalari bo’yicha quyidagi bugalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Yani bu holda bank kassasi bilan birga pul topshirgan korxona schyotida ham topshirgan summada mablag’ ortadi.
Dt 10101-bank kassasidagi naqd pullar, Kt 20200-talab qilib olinadigan depozitlar
Agar pul topshiruvchi korxona xususiy korxona bo’lsa, u holda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi.
Dt 10101-Kassa
Kt 20208-talab qilib olinadigan xususiy korxona depoziti.
Bu bugalteriya yozuvlaridan shuni ko’rish mumkinki, bir tomondan bank kassasidagi naqd pullar, ikkinchi tomondan korxona depozit hisobvarag’idagi pul mablag’lari ko’payyapti, bu hisobvaraqlarning biri aktiv, ikkinchisi esa passiv, shuning uchun bank balansining har ikkala, ya’ni aktiv hamda passiv tomoni bir xil summaga ortadi. Umumiy qilib, kassaning kirim opertsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishini quyidagi sxemada ko’rish mumkin:



  1. Mijoz nazoratchiga pul topshirganlik haqida badalnomani topshiradi.

  2. Nazoratchi badalnomani tekshirgandan so’ng uni kirim kassa jurnalida qayd qiladi va kassirga topshiradi.

  3. Mijoz kassirga naqd pul topshiradi.

  4. Kassir ham har ikki hujjatni tekshirib, ularda ko’rsatilgan summani mijozdan olgan pul miqdori bilan solishtiradi va kvitantsiyani mijozga qaytaradi.

  5. Barcha hujjatlar bankning hisob markaziga topshiriladi, .

Xulosa
Shu bilan birga bank tizimida o’tkazilayotgan islohotlar ham nafaqat banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashda zarur bo’lib hisoblanadi.
Bank tizimidagi islohotlarning dastlabki qadami sifatida 1997 yil mart oyidan boshlab xalqaro andozalarga to’liq mos keladigan va banklar faoliyatini oydinlashtirish imkonini beradigan tijorat banklari va Markaziy bank hisobvaraqlarining yangi rejasini ishlab chiqilgan va amalyotga tadbiq etilganligini keltirish mumkin. Yangi hisobvaraqlarini amaliyotda joriy qilinishi banklar faoliyatini “oshkoraligi”ni, bank sarmoyadorlari, mijozlari va boshqa manfatdor foydalanuvchilar uchun ochiqligini ta’minlash imkonini beradi.
Respublikamiz bank tizimi buxgalteriya hisobi xalqaro andozalarga mos keluvchi yangi hisobvaraqlar tizimiga o’tishi munosabati bilan bank ishi va uning buxgalteriya hisobida ko’plab o’zgarishlar bo’lib o’tdi.
Ushbu o’quv qo’llanma “Bank ishi” yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib‚ u oliy ta’limning bakalavr bosqichida o’qitilishi rejalashtirilgan. “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika” fani hamda magistratura bosqichida “Buxgalteriya hisobi” yo’nalishida o’qitiladigan “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan o’quv va namunaviy dasturlari asosida yozilgan.
Mazkur o’quv qo’llanmadan “Bank ishi” yo’nalishida o’qiyotgan barcha oliy o’quv yurtlari, kollejlar, biznes maktablari talabalari, shuningdek bank mutaxassislari va banklarning buxgalteriya ishi bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika” o’quv qo’llanmasida banklarda buxgalteriya hisobining tashkil etishning barcha qirralari mujassamlashgan. Bunda banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari, banklarda hujjatlashtirishni va bank nazoratini tashkil etish, batafsil yoritilgan.


Yüklə 95,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin