Bank tomonidan taklif qilinayotgan mahsulotlar o‘zining hilma hilligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa omonatlar borasida, chunki siz o‘z pullaringizni siz istagandek ishlashini xohlaysiz, shuning uchun har bir omonat shartlarini diqqat bilan o‘rganib chiqish kerak va o‘zingizga eng ma'qulini yoki bir necha ma'qul variantini tanlashingiz lozim. Omonatning foydasi, to‘ldirib borish qulayligi yoki muddatidan avval yopish imkoniyati uning shartlariga bog‘liq. Sizga nima muhimligini o‘zingiz hal qiling va shundan kelib chiqib o‘z tanlovingizni amalga oshiring.
1. Birinchi navbatda kelajak uchun qancha miqdorda pul mablag‘ini olib qo‘yishga tayyorsiz, ana shuni aniqlashtirib oling. Axir omonatning foydasi qisman uning miqdoriga bog‘liq.Foiz stavkasiga e'tibor bering – foiz qancha yuqori bo‘lsa, foyda ham ko‘proq bo‘ladi.
3. Omonatni qanday valyutada qilmoqchisiz, shuni ham belgilab oling. Eng foydali, yuqori foiz stavkali omonatlar milliy valyutada qilingan omontlardir. Horijiy valyutada qilingan omonatlar foiz stavkalari ancha past, lekin ular inflyasiyaga nisbatan barqaror.
4. Sizga qaysi vaqtda pul kerak bo‘lishini aniqlashtirgan holda, omonatning muddatiga ham e'tibor berish zarur. Agar siz omonatning to‘liq summasini yoki uning bir qismini muddatidan avval yechib olishga qaror qilsangiz, foiz daromadlarini yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin. Agar siz uzoq muddat davomida pulga muhtoj bo‘lmasligingizga ishonchingiz komil bo‘lsa, aytaylik bir yil davomida, u holda bu variant siz uchun eng maqbuldir, chunki bunday omonatlarda foizlar yuqori bo‘ladi. Ba'zi banklar omonatni qisman muddatidan avval yechib olish va yopish imkonini beradilar va bu holda foiz daromadlari yo‘qolmaydi.
5. Ko‘plab banklar turli hil bank mahsulotlarini taqdim etadilar, ular orasida to‘ldirib boriladigan omonat turlari ham mavjud. Bu mahsulot doimiy ravishda pul mablag‘larini olib qo‘yishni istaganlar uchun qulay hisoblanadi. Shuningdek, doimiy ravishda foizlari to‘lab beriladigan omonat turlari ham mavjud. Bu yetarli miqdorda mablag‘ni yig‘ib olganlar va undan tushadigan daromadni pensiya, ish haqi va kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar qilishga qo‘shimcha daromad sifatida foydalanmoqchi bo‘lganlar uchun qulaydir.
6. Tezkor omonat va so‘rovga qadar omonatni chalkashtirmaslik lozim. Ikkinchi vaziyatda, odatda, foiz to‘lovlari bo‘lmaydi yoki juda minimal darajada bo‘ladi.
7. Omonatning daromad keltirishi bir necha omillarga bog‘liq: valyuta turi, to‘ldirib borish yoki qisman yechish imkoniyati, shuningdek boshqa shartlar. Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, omonat qancha ko‘p imkoniyatlar bersa, uning daromadliligi shuncha past bo‘ladi.
Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalarning buxgalteriya hisobini olib borish bankning hisob-operatsion bo’limiga yuklatilgan. Hisob-operatsion bo’limi bank faoliyatining ko’lami va yo’nalishi, mijozlar soni hamda boshqa ko’rsatkichlarga qarab bir qancha guruhlardan iborat bo’ladi. Bu guruhlarda ish yurituvchilarni mas’ul ijrochi deb ataladi. Har bir mas’ul ijrochiga bir nechta mijozlar bo’lib berilib, ular o’zlariga bo’lib berilgan korxona va tashkilotlatlarning hisob- kitob, kassa, valyuta va kredit operatsiyalari bo’yicha hisob ishlarini olib boradilar, ularga xizmat ko’rsatadilar. Bu guruxlar hisob guruxi deyiladi. Bundan tashqari, hisob-operatsion bo’limda banklararo hisob-kitoblar bo’limi, davlat byudjetini kassaviy ijrosi bo’limi, bank ichki operatsiyalarini tashkil etish bo’limi ham mavjud bo’ladi. Bu bo’limlarda ishlovchi buxgalterlar soni ham mazkur bo’limda bajariladigan operatsiyalar ko’lami bilan belgilanadi.
Banklararo hisob-kitoblar bo’limining vazifasi mas’ul ijrochilardan boshqa banklarga tegishli bo’lib, o’tkazilishi kerak bo’lgan hujjatlarni qabul qilish, ularni banklar bo’yicha saralash, hujjatlardagi yozuvlarning to’g’riligini filiallararo oborotlar bo’yicha nazorat qilish va boshqa bankka hujjatlarni elektron pochta orqali jo’natishdan iborat.
Davlat byudjetining kassaviy ijrosi bo’yicha bo’lim buxgalterlari davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari bo’yicha operatsiyalarni tashkil etadilar, bu operatsiyalar hisobini olib boradilar, davlat byudjeti xarajatlarining to’g’ri va qonuniy sarflanishi ustidan nazorat qiladilar.
Ichki bank operatsiyalari bo’yicha bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bank asosiy vositalarini, arzon va tez eskiradigan buyumlarni sotib olish, ularning eskirishi, qayta baholanish hamda hisobdan chiqarilishini hisobga olish;
bank nomoddiy aktivlarini, materiallarni sotib olish, ularning eskirishi, qayta baholash, hisobdan chiqarilishini hisobga olish;
bank boshqaruv apparati va xodimlarining xarajatlarini hisoblash va hisobga olib borish;
bankning barcha daromadlari bo’yicha hisobni olib borish;
bankning barcha xarajatlarini hisobga olib borish va hakozo.
Yuqorida sanab o’tilgan bo’limlar majmuasi bankning hisob-operatsion bo’limini tashkil etadi. Hisob-operatsion bo’limni bank bosh buxgalteri boshqaradi. Bankdagi mijozlar soni, bajaradigan operatsiyalar ko’lami va hisob-operatsion bo’limdagi guruhlar soniga qarab bosh buxgalterning bir yoki ikki muovini tayinlanadi. Qo’shimcha va Bosh daftarlarda operatsiyalarni qayd etish, dasturli kompyuter tizimida hisobotlar tuzish ishlariga umumiy rahbarlik qilish bank bosh buxgalteriga yuklanadi. Agar bosh buxgalter bo’lmasa, ya’ni mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki kasal bo’lsa, bank rahbarining buyrug’iga ko’ra mas’uliyat uning muoviniga topshiriladi. Bankning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish bilan bosh buxgalter shug’ullanadi.
Bank bosh buxgalterining vazifalari, huquq va majburiyatlari.
Bank bosh buxgalteri bankda hisob-operatsion ishlarni tashkil etadi, bankning moddiy va moliyaviy resurslarining to’la saqlanishini ta’minlaydi. U bank rahbari tomonidan tayinlanadi va vazifasidan bo’shatiladi. Agar bankning yuqori bank tashkiloti bo’lsa, yuqori bank tashkiloti rahbari, buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig’i bilan kelishiladi va Markaziy bank boshqaruvi qoshidagi komissiya taqdimotidan o’tkaziladi.
Har bir bankda xodimlarning lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo’lishi lozim. Bankning bosh buxgalteri «Bank tizimining bosh buxgalterlari to’g’risidagi» Nizom asosida ish olib boradi. Bu Nizom Markaziy bankning 1997 yil 9 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha yo’riqnoma»ning ilovasida to’liq berilgan. Unda bosh buxgalterning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari o’z ifodasini topgan.
Bosh buxgalterning vazifalari quyidagilardan iborat:
bank operatsiyalarini o’z vaqtida buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish va bank buxgalteriya ishini to’g’ri tashkil etish;
bankning barcha operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishini o’z vaqtida tashkil etishni ta’minlash, operatsiyalarning natijasi bo’yicha balans tuzib, rahbarga topshirish;
kundalik balansni operatsion kun tugashi arafasida yakunlash;
mijozlardan keladigan hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishi va qonuniyligi ustidan nazorat qilish;
qimmatbaho hisobot blankalarining to’liq saqlanishi va ular bo’yicha to’g’ri hisob olib borilishini ta’minlash;
soat 10.00 gacha avvalgi kun hujjatlarini papkalarga tikib, joriy arxivga topshirishni ta’minlash;
dastlabki hujjatlar asosida hisobotlarini o’z vaqtida tayyorlab belgilangan muddatlarda Markaziy bank va tegishli organlarga taqdim etish;
«Bank tizimining bosh buxgalterlari to’g’risida»gi Nizomda bank bosh buxgalterlarining huquqlari ham belgilab berilgan. Bankning barcha hisob-operatsion apparat xodimlari bosh buxgalterga bo’ysinadilar. Bosh buxgalter hisob-operatsion apparat xodimlari uchun majburiyatlar belgilab, o’z vazifalarini bajarish uchun shart-sharoit yaratadi. Operatsiyalarni bajarish yoki rasmiylashtirish bo’yicha buxgalterning ko’rsatmalarini bajarish barcha bank xodimlari uchun majburiy bo’lib hisoblanadi.
Bosh buxgalterning ko’rsatmalarini bajarmaganligi yoki noto’g’ri bajarganligi uchun xodim mukofotdan butunlay, qisman mahrum bo’lishi, alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bundan tashqari, bosh buxgalter bank rahbaridan buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish bo’yicha choralar ko’rishni talab qilish, kassalarda pul qabul qilish, saqlash, ishlatish bo’yicha o’rnatilgan qoidalarni to’g’ri bajarish ustidan nazorat qilish, mukofotlar miqdorini ko’paytirish yoki kamaytirish bo’yicha takliflar kiritish xuquqiga ega.
Moddiy javobgar shaxslarni, ya’ni kassir, ombor mudirlarini lavozimga tayinlash, ishdan bo’shatish va boshqa ishga o’tkazish masalasi ham bosh buxgalter bilan kelishib hal qilinadi. Xodimlarga mansab maoshlari, ish xaqiga ustamalar belgilash hamda ularni mukofotlash to’g’risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko’rib chiqadi va ularga imzo chekadi.
Shu bilan birgalikda bank bosh buxgalteri quyidagi hollarda javobgardir:
buxgalteriya hisobining noto’g’ri olib borilish natijasida hisobotlarda noto’g’ri ma’lumotlar berilishida;
depozit va boshqa hisobvaraqlar, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bo’yicha noto’g’ri ma’lumotlar berilsa va ular bo’yicha hisob ishlari o’z vaqtida olib borilmasa;
buxgalteriya xodimlarining aybi bilan noto’g’ri hisobot berilsa;
Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari bo’yicha xatoliklarga yo’l qo’yilsa;
bank rahbari bilan teng ravishda bankning moliyaviy, xo’jalik faoliyatini tashkil qilishda qo’pol xatolikka yo’l qo’yilsa javobgar bo’lib hisoblanadi.
Umuman, bosh buxgalterlarning intizomiy, moddiy va jinoiy javobgarligi amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi.
Yuqorida biz banklar bosh buxgalterining vazifalari, xuquq va majburiyatlari bilan tanishib chiqdik.
v) Bank mas’ul ijrochilarining vazifalari.
Hisob-operatsion apparatining asosiy xodimlari - bu mas’ul ijrochilardir. Bank mijozlarining asosiy hisob-kitob operatsiyalarini yuritish, mijozlar bilan muloqatda bo’lishi, aynan, mas’ul ijrochilarga yuklatilgan. Mas’ul ijrochilarning asosiy vazifalari ro’yxati ham «O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha» yo’riqnomada keltirilgan.
Buxgalteriya xodimlari, ya’ni mas’ul ijrochilar quyidagi vazifalarni bajaradi:
biriktirib qo’yilgan bank mijozlari va xodimlardan qabul qilingan hisob-kitob va pul hujjatlariga tegishli ishlov berish;
taqdim etilgan hujjatlar bo’yicha pul o’tkazish yoki pul to’lash mumkin yoki mumkin emasligini hisobvaraqlardagi pul mablag’larining etarligi asosida aniqlash;
kelib tushgan barcha hisob-kitob hujjatlarini operatsiyalar qonuniyligi hamda ularning kreditlash va hisob-kitob qilish qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, mazkur mijozning ustavida ko’zda tutilgan faoliyat turiga muvofiqligi nuqtai nazaridan tekshirish;
akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblarda barcha hujjatlarning akkreditiv shartlariga mos kelishini tekshirish;
chek, to’lov topshirig’i, to’lov talabnomasi, inkasso topshirig’i va boshqa hujjatlarning hamda ularga ilova qilingan tovar transport hujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilganini tekshirish, barcha rekvizitlarning mavjudligini aniqlash;
pulini to’lash uchun taqdim etilgan pul cheklarining nomerlari, imzolar va muxr namunasi tushirilgan kartochkada qayd etilgan chek daftarchasining nomerlariga to’g’ri kelishni tekshirish;
chek bo’yicha ish haqi uchun mablag’larni belgilangan hajm doirasida berishini nazorat qilish, bu mablag’lar hisobini yuritish;
mijozlarga ish haqi uchun mablag’ berilayotganda ish haqini grafik bo’yicha to’lash muddatlariga rioya qilinayotganligi, ishchi va xizmatchilarning ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha to’lovlar summalarini o’z vaqtida o’tkazishni nazorat qilish;
kutilmagan vaziyatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadigan hisob-kitob, pul hujjatlari kartochkalarini yuritish;
hisob-kitob hujjatlari bo’yicha inkasso kartotekasini, o’z vaqtida to’lanmagan hujjatlar kartotekasini yuritish;
mijozlar va bank operatsiyalari bo’yicha shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarning to’g’riligini tekshirish va ulardan ko’chirmalarni mijozlarga berish uchun qutilarga joylashtirish;
operatsion kun davomida mijozlarga xizmat ko’rsatish grafigiga amal qilish va hokazo.