Qishloq xo‘jaligida infratuzilma va uni takomillashtirish yo‘llari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 82,46 Kb.
səhifə1/7
tarix21.12.2023
ölçüsü82,46 Kb.
#187858
  1   2   3   4   5   6   7
QXICH mustaqil ish


Qishloq xo‘jaligida infratuzilma va uni takomillashtirish yo‘llari.


Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:

  1. Infratuzilmaning mohiyati, ahamiyati va turkumlanishi.

  2. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi.

  3. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha farmon va qarorlar.

III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyot va manbalar.
Kirish.

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida asosiy xo‘jalik shakli bo‘lgan fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligi qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligiga bog‘liq. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalarining asosiy funksional vazifasi fermer xo‘jaliklarida takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda ularga xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash, unga turli shakldagi xizmatlarni ko‘rsatishdan iborat. Shu bilan birga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tovar shaklidagi xizmat turlarini kengaytirish va aholiga bu turdagi xizmatlardan samarali foydalanish uchun qulayliklar yaratish, pirovard natijada aholining turmush farovonligini oshirishdir. Qishloqda infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi va barqarorligini ta’minlanganlik holati bilan belgilanadi. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish ikki yoqlama jarayondir, birinchidan uning tarkibiga kirgan tarmoqlar va korxonalaming bir qismi erkin raqobat muhitida rivojlanadi, ikkinchi qismining monopol holati davlat tomonidan tartibga solinadi. Bu qishloq infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi tarmoqlar va korxonalar faoliyatini yagona bir tizim sifatida integratsiyalashtirish asosida tizimli tashkil etish va rivojlantirishni talab etadi. Bunda qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish jarayoni ham tizim ichida ikki yoqlama tavsifga ega bo‘ladi. Infratuzilma korxonalarining bir qismida ishlab chiqarishni modemizatsiyalash va innovatsion rivojlantirish asosida ular o‘rtasida erkin raqobat muhiti shakllantiriladi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi oshiriladi.



Yüklə 82,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin