Qishloq xo‘jaligida infratuzilma va uni takomillashtirish yo‘llari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Infratuzilmaning mohiyati, ahamiyati va turkumlanishi



Yüklə 82,46 Kb.
səhifə2/7
tarix21.12.2023
ölçüsü82,46 Kb.
#187858
1   2   3   4   5   6   7
QXICH mustaqil ish

Infratuzilmaning mohiyati, ahamiyati va turkumlanishi.

Infratuzilma so'zi lotincha "infrastructure" so'zidan olingan bo'lib, "Infra" quyi, asos va "structure" - tuzilish, joylashish kabi ma'nolami anglatadi. Jahon tajribasida infratuzilma tushunchasi XX asr boshlarida birinchi bor "zarur yordamchi obyektlar va inshootlar majmuasi sifatida muomalaga kiritilgan bo'lsa, 1940-yillarga kelib g'ab davlatlarida infratuzilma "ishlab chiqarish sohalarining faoliyatiga zaruriyshartsharoitlaryaratuvchi subyektlarning yaxlit bir tarkibi sifatida qo'llanila boshlandi.


Infratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiy tizimning asosiy tarkibi hisoblanib, ko'rsatayotgan turli yo'nalishdagi xizmatlari bilan barcha tarmoq va sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlari to'la qamrab olib, tashkiliy-iqtisodiy, lumoiy, huquqiy, axborot, ekologik, boshqaruv va boshqa turdagi xizmatlar ko'rsatish faoliyatini o'z ichiga oladi, eng asosiysi ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta'sir ko'rsatadi.


Infratuzilma sohalari mustaqil ravishda pirovard mahsulot ishlab chiqarmasada, ishlab chiqrish jarayoniga xizmat ko'rsatish orqali yakuniy natijalarga ta'sir ko'rsatadi.
Infaruzilma sohalarini ma'lum belgilari bo'yicha guruhlash muhim ahamiyatga ega. Infratuzilma sohalarini guruhlash quyidagi imkoniyatlari yaratadi:



  • infratuzilma alohida elementlari chiqarishdagi o'mini aniqlash va sohalarining ijtimoiy ishlab chiqarish;




  • tarmoqlararo aloqalarni o'rganish va shu asosida asosiy ishlab chiqarish va unga xizmat ko'rsatuvchi sohalar o'rtasida optimal mutanosiblikni o'matish;




  • tarmoqlaming boshqaruv jarayonini takomillashtirish va shu orqali yuqori samaradorlik darajasiga erishish.

Qishloq xo'jaligi infratuzilmasining asosiy maqsadi tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga shart-sharoit yaratish va qishloq aholisining turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qilishdir. Infratuzilmaga kiradigan sohalar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta'sir ko'rsatmaydi va ishlab chiqarish jarayonida o'ziga xos o'rin egallaydi. Shu tufayli infratuzilma tarmoqlarini asosiy bo'yicha turkumlash muhing ahamiyatga ega. Infratuzilma ko'rsatkichlari bo'yicha turkumlanishi alohida elementlari bilan birga butun sohaning jamiyat ishlab chiqarish tizimidagi o'rinlarini belgilashga yordam beradi. U tarmoqlararo aloqalami o'rganishga va asosiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko'rsatish tarmoqlari orasida optimal muvozanatni belgilashda ko'maklashadi.





Qishloq xoʻjaligida infratuzilmaning turkumlanishi





Hududiy xususiyati bo‘yicha

Ishlab hiqarish jarayoniga ta'sir darajasi bo'yicha





Xalq xo‘jaligi



Ishlab chiqarish



Mintaqaviy

Ijtimoiy





Mahalliy

Bozor





Funksional yo‘nalishi bo‘yicha

Tarmoq xususiyati bo‘yicha





Bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga xizmat qiluvchi

Tarmoqlararo





Tayyor mahsulotoni iste’molchilargacha yetkazib beruvchi

Tarmoq ichidagi


Ishlab chiqarish jarayoniga faʼsir darajasiga ko'ra qishloq xo'jaligi infratuzilmasi uch guruhga bo'linadi: ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi.Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmatko'rsatuvchi sohalar majmuasidan iborat bo'lib, korxonada ishlab chiqarishning muntazam va bir maromda davom etishi hamda barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi. Ijtimoiy infratuzilma korxonada xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratib berish hamda fuqarolarning madaniy, maishiy, ma'rifiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan shug'ullanuvchi sohalardan tashkil topadi.Bozor infratuzilmasi esa jamiyatda bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va uning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beruvchi sohalar majmuidir.


Hududiy xususiyatiga ko'ra qishloq xo'jaligi infratuzilmasi uch guruhga bo'linadi: xalq xo'jaligi, mintagaviy va mahalliy infratuzilmalar. Xalq xo'jaligi infratuzilmasi butun xalq xo'jaligining samarali ishlashiga xizmat qiladigan soha va xizmatlardan iborat. Unga energetika, transport, aloqa tizimlarini misol tariqasida keltirish mumkin, Mintaqaviy infratuzilma alohida iqtisodiy hududlarning rivojlanishi va mintaqaviy ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi sohalar majmui shakllanishi bilan bog'liq. Mahalliy infratuzilma esa alohida korxonalarning faoliyatiga xizmat ko'rsatuvchi sohalardan iborat.
Tarmoq xususiyatiga ko'ra qishloq xo'jaligi infratuzilmasi ikki guruhga bo'linadi: tarmoqlararo va tarmoq ichidagi infratuzilma. Infratuzilmaning ko'pgina sohalari tarmoqlararo xususiyatga ega boʻladi. Ular xalq xo'jaligining ko'pgina tarmoqlariga xizmat ko'rsatadi. Bular - transport, aloga, elektr ta'minoti va boshqalar. Tarmoq ichidagi infratuzilma esa u yoki bu tarmoqning faoliyat yuritishi uchun xizmat ko'rsatuvchi sohalardir. Masalan, dehqonchilikda o'simliklarni kimyoviy himoyalash xizmati, chorvachilikda veterinariya xizmati va hokazo.
Funksional yo'nalishiga ko'ra qishloq xo'jaligi infratuzilmasi ikki guruhgabo'linadi: bevosita qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi va tayyor mahsulotni iste'molchilarga yetkzaib berishga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilma. Birinchi guruhga transport, texnik ta'mirlash, melioratsiya, suv ta'minoti, agrotexnik, veterinariya xizmatlari kabi bevosita qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi jarayoniga xizmat ko'rsatuvchi sohalar kiradi. Ikkinchi guruhga esa qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlash, ombor xo'jaligi, tashish, sotish kabi xizmatlarni ko'rsatuvchilar kiradi.

Yüklə 82,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin