Buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subektning mablag‘lari va ular manbalarining harakatini aks ettirib, xo‘jalik jarayonida sodir bo‘ladigan muomalalarni yoppasiga va uzluksiz kuzatib borish, kuzatish natijalarini o‘lchash va hujjatlarda rasmiylashtirish, ularni yagona bir o‘lchovda, ya'ni pul ifodasida umumlashtirish hamda boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur ko‘rsatkichlarni hisoblash va baholash, ularni tegishli axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etish maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish tizimidir.

Moliyaviy hisob tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilar talabini qondirishga qaratilgan hisob va hisobot tizimidan iborat. Boshqaruv hisobi faqat ichki axborotdan foydalanuvchilar, ya'ni xo‘jalik yurituvchi subekt boshqaruv apparatini axborot bilan ta'minlaydi va uning joriy vazifalari (ishlab chiqarish hisobi) kabi strategik maqsadlariga (strategik hisob) xizmat qiladi.

Soliq hisobi soliqlarning alohida turlari bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani to‘g‘ri hisoblash va budjet bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtidaamalga oshirishni ta'minlashga qaratilgan. Shunday qilib, boshqaruvning ko‘rib chiqilgan rejalashtirish, nazorat va qabul qilingan qarorlar bajarilishining samaradorligini baholash kabi funksiyalari buxgalteriya hisobi tufayli amalga oshiriladi. Uning axborot tizimi ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilarning xo‘jalik yurituvchi subekt moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lishini ta'minlaydi. Buxgalteriya hisobi axborotlarini hisobning boshqa turlarida shakllanadigan axborotlar bilan qiyoslaganda farq qiladigan belgilari uning asosiy tamoyillariga tayanadi. Ularga asoslangan holda har bir xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan ma'lum mahsulot, ish va xizmatlar bozorida o‘zining moliya-xo‘jalik strategiyasi ishlab chiqiladi.