Hisobning har bir turi bir xildagi xo‘jalik jarayonlarining turli jihatlarini o‘rganib, axborotdan foydalanuvchilarni qiziqtiradigan axborot oqimlarining alohida bosqichlarda kesishishiga to‘sqinlik q
Hisobning har bir turi bir xildagi xo‘jalik jarayonlarining turli jihatlarini o‘rganib, axborotdan foydalanuvchilarni qiziqtiradigan axborot oqimlarining alohida bosqichlarda kesishishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Bu hisobning barcha turlariga taalluqli bo‘lgan, ular uchun juda muhim bitta xususiyat tufayligina Xo‘jalik hisobining turlari Operativ hisob Statistik hisob Buxgalterlik hisobi mumkin. U ham bo‘lsa, yuqorida ko‘rib chiqilgan uchta: natural, mehnat va pul o‘lchovlarining uchala hisob turida ham qo‘llanilishidir.
Shu boisdan, hisobning uchta turini alohida va batafsil ko‘rib chiqamiz. Opyerativ hisob rejalarning bajarilishini nazorat qilish va ishlab chiqarishga tezkor rahbarlikni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kundalik ma’lumotlarni olish va umumlashtirishga xizmat qiladi. U tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir
Opyerativ hisob yordamida korxona resurslari va ular miqdorining o‘zgarishini joriy tartibda kuzatish, buxgaltyerlik va statistik hisobda aks ettirilmaydigan qator ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilishi, shartnoma majburiyatlarning bajarilishi, mashina va qurilmalardan foydalanish darajasi va hokazolar hisobga olinadi. Opyerativ hisob xo‘jalikka tezkor rahbarlik qilishni ta'minlash uchun iqtisodiy ma’lumotlarni to‘plashda bevosita xo‘jalik bo‘linmalarida amalga oshiriladi.
Ayrim opyerativ hisob ma’lumotlaridan faqat bevosita korxonada foydalanilib qolmasdan, balki ular korxonaga rahbarlik qiluvchi yuqori tashkilotlarda, hatto iqtisodiyot tarmoqlari miqyosida alohida opyerativ hisobot ko‘rinishida ham umumlashtirilishi mumkin.
Statistik hisob miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiy-ommaviy hodisalarni sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish tizimidir. Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va ijtimoiy turmushdagi siyosiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi.

Iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, statistik tahlil qilish va axborotdan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etish statistik hisobning asosiy vazifasidir. Bu maqsadda statistik hisob buxgalteriya va opyerativ hisob ma’lumotlaridan foydalanib, shu bilan birga ularning tuzulishiga ham ta’sir etadi. O‘rganilayotgan hodisalarning xususiyatiga ko‘ra statistik hisobda natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi.
Statistik hisob ma’lumotlarni to‘plash va ishlov berishning muayyan metodik usullaridan, masalan, yalpi va tanlab kuzatish, statistik to‘plash, statistik guruhlash, o‘rtacha miqdorlarni hisoblash, indekslar va boshqalardan foydalanib, xo‘jalik faoliyatining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi.
Davlat boshqaruv organlari tomonidan statistik ma’lumotlar asosida prognozlar ishlab chiqiladi, iqtisodiy siyosat sohasidagi qarorlar qabul qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotini tezkor boshqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi.