Qisqa masofaga yugurish texnikasi



Yüklə 27,92 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü27,92 Kb.
#175910
yuzi


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


fizika – matematika fakulteti matematika ta’lim yo’nalishi
422 – guruh o’quvchisi Saidxonov Jamshidning
JISMONIY TARBIYA fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Saidxonov Jamshid


Qabul qildi:

Qisqa masofaga yugurish texnikasi

Reja:
Kirish


1.Yugurishning boshlanishi –start.
2.Startdan keyingi yugurish.
3.Masofa buylab yugurish.
4.Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish
Yugurish (sportda) — yengil atletika turi. Yugurish barcha sport turlari musobaqalari va mashgʻulotlari tarkibiga kirgan. Olimpiada oʻyinlarida yugurish boʻyicha qisqa masofa (100, 200, 400 m), oʻrta masofa (800, 1500 m), uzoq masofa (3000, 5000, 10000 m), marafon (42 km 195 m), estafeta (4x100, 4x400 m), toʻsiqlar osha yugurish (100, 110, 400 m), gʻovlar osha yugurish (3000 m), yettikurash (100 m ga toʻsiqlar osha yugurish, 200, 800 m), oʻnkurash (100, 400, 1500 m, 110 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va zamonaviy beshkurash (4000 m)da musobaqalar oʻtkaziladi. Shuningdek, yengil atletika musobaqalarida mavqeiga qarab boshqa masofalarda ham yugurish poygalari tashkil etiladi.


Yugurish musobaqalari qadimdan Oʻzbekiston xalqi turmush tarzidan oʻrin olganini Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy rasmlarit aks ettirilgan yugurayotgan odamlar tasvirlarida koʻrish mumkin. 1916-yilda Margʻilonda yugurish yoʻlkasi qurilgandan keyin zamonaviy qoidalar asosida respublikada ommaviy musobaqalar tashkil etila boshlagan. Hozirgi vaqtda har bir yengil atletika musobaqasida yugurish turlari ham kiritiladi. Oʻzbekistonda yugurish boʻyicha Nikolay Ovsyannikov, Farida Hasanova, Mamatqul Oltiboyev, Aleksandr Chexonin, Ashur Normurodov, Roza Babich, Svetlana Oʻlmasova, Zamira Zayseva, Marina Shmonina, Anvar Koʻchmurodov, Lyudmila Perepeleva kabi taniqli sportchilar yetishib chiqqan.
Qisqa masofalarga yugurish (spring) to`rtta shartli fazaga bo`linadi: yugurishning boshlanishi –start, startdan keyingi yugurish, masofa buylab yugurish va marraga kelish.

Yugurishning boshlanishi –start


Sprintda yugurishni tezrok boshlashga va kiskarok masofa bulagida tezlikni maksimal ustirishga imkon beradigan past start qo`llaniladi. Past startda yuguruvchi tanasining umumiy ogirilik markazi yuguruvchi qo`lini yulkadan o`zgan zaxoti tayanchdan ancha oldinlab ketgan buladi.
Startdan yanada tezrok chiqish uchun start tirgaklari qo`llaniladi. Ular depsinish uchun mustaxkam tayanch bulishini, oyoqlar joylanishi va tayanch satxlarining kiyalik burchagi doim bir xil bulishini ta`minlaydi. Startning turli xil variantlarida sport tirgaklari qanday joylanishi kursatilgan.
Odatdagi start deb ataluvchi start keng qo`llaniladi. Unda oldingi tirgak start chizigidan 1-1,5 oyoq tagi masofasida, keyingi tirgak esa oldingi tirgakdan boldir-ilik o`zunligi oralagida urnatiladi. Oldingi tirgakning tayanch satxi 45-500 , keyingisining satxi 60-800 ishlab buladi. Tirgaklarning uklari orasidagi masofa odatda 18-20 sm ga teng buladi. Ayrim yuguruvchilar oldingi tirgakni start chizigidan o`zoklashtirib, tirgaklar orasidagi masofani kiskartiradilar.
Tirgaklarning joylanishiga qarab , tayanch satxlarining kiyalik burchagi ham o`zgaradi: tirgaklar start chiziga yakinlashgan sari bu burchak kichrayadi, tirgaklar start chizigidan o`zoklashgan sari bu burchak ham kattalasha boradi. Tirgaklar urtasidagi masofa va ularning start chizigidan o`zokligi yuguruvchining tana to`zilishiga, uning tezligiga kuchiga va boshqa fazilatlarga bo`gliq. Tayyor turgan xolatda oyoq tizzalarning buqilish burchagi katta ahamiyatga ega. Bu burchakning kattarok bulishi (albatta, ma`lum miqdorda) oyoqlarni tezrok to`g`rilashga, ya`ni depsinishga yordam beradi. Startda tayyor turgan paytda oldingi tirgakka tirilgan oyoqning soni bilan boldiri orasidagi optimal burchak 65-1000 ga, keyingi tirgakka taralgan oyoq burchagi esa 100-1200 ga tengdir.
Yuguruvchi tpponcha ovozini (trenirovkada esa boshqa ovozni ) eshitgach, darxol oldingi intiladi. Bu harakat qo`llarni odinlatib yuqoriga tez siltash (bukib)bilan boshlanadi. Bu oyoqlarning ham tez harakat qilishiga yordam beradi. Start tirgaklarning depsinish ikkala oyoqda bir vaqtda start tirgaklarning kattik bosish bilan boshlanadi. Bu bosim darxolturli vaqtda bajariladigan boshqa-boshqa ishga ishga aylanib ketadi. Orkadagi oyoq sal to`g`rilab, uning soni tezlik bilan olga o`zatiladi: shu bilan birga oldinga turgan oyoq keskin to`g`rilab ,yuguruvchi tanasini oldinga otib yuboradi. Startdan chiqish vaqtidagi harakatlarni maksimal darajada tez bajarish kerak.
Startdan depsinishda gavda to`g`rilanadi. Startdan chikayotganda butun gavdani tuppa-to`g`ri cho`zib yuborish kuproq foyda berganidek tuyiladi. CHunki bunda gavdaning umumiy ogirlik markazi eng past tushgan bulib, depsinish burchagi nixoyatda utkar bulishi mum kin edi.

Startdan keyingi yugurish


Qiska masofalarga yugurishda yaxshi natija kursatish uchun, startdan keyin tezda maksimal tezlikka erishish juda muxim. Buning uchun odatda 20-25 m davom etadigan startdan keyingi yugurish xizmat kiladi.
Startdan keyingi birinchi qadamlarning to`g`riligi va shiddatli depsinganda gavda bilan yulka urtasidagi burchak mumin qadar utkair bulishiga shuningdek, yuguruvchining kuchiga harakatlarning tezligini bo`gliq. Birinchi qadam oldingi tirgakdan depsinayotgan oyoqning tulik to`g`rilanishi, shu bilan bir vaqtda ikkinchi oyoq soni kutarilishi bilan boshlanadi.
Oyoqning soni to`g`rilangan oyoqka nisbatan to`g`ri burchakdan kattarok burchak xosil qilib kutariladi. Sonni juda yuqori kutarish musqo`llarning ishlash sharti nuktai nazaridan urinsizdir: bundan tashqari tana ortikcha yuqoriga kutarilib, oldinga siljish, kiyinlashadiyu bu tanani oldinga kam bukib yugurganda ayniksa yakkol kurianadi. Startdan chikayotganda gavdani to`g`ri engashgan, ya`ni kuproq engashgan buls a, soni gorizontal xolgacha etib bormaydi-da, yuqoridan kura kuproq oldingga yunalgan kuch xosil kiladi.
Startdan keyingi yugurish paytidagi yugurish texnikasini mukammal bilgan va birinchi harakatlari etarli darajada tez bulgan yuguruvchi birinchi qadamda yoki dastlabki ikki qadamda oyogini tana umumiy ogirlik markazining yulkadagi proeksiyasidan orkaga kuya oladi Keyingi qadamlarda oyoq tananing umumiy ogirlik markazi proeksiyasiga, yana keyinrok esa proeksiyadan oldingi qo`yiladi.
Har bir qadamdagi depsinish bukilgan oyoqni tez kutarish va ikkinchi oyoqni to`g`rilashdan iborat buladi: Bunda etakchi harakat soni kutarish xisoblanadi.
Tezlik oshib borishi va tezlanishi miqdori kamaya borishi bilan birgalikda tananing nishabligi kamayadi va yugurish texnikasi asta-sekin masofa buylab yugurish texnikasiga yakinlashadi.
Past startdan yuguruishda hamma kuch oldingga harakat qilishga qaratilgan bulishi kerak. Gavda to`zukkina (xaddan ortik emas) engshagna bulsa , bu silkinch oyoq soni ortikcha yuqori kutarilishiga yul kuymasdan olgan tomon harakatga yaxshi tamir kursatadi. SHu bilan birga pastrok kutarilgan silkinch oyoqni tezrok yulkaga tushirish mumkin.
Startdan keyin birinchi qadamning o`zunligi taxminan kuyidagicha orta boradi: 1-qadam (oldingi start tirgagidan)- 3,5-4 oyoq tagi,2= - 4-4,5 ,4- 4,5, -5=-5-5,5, 6 = - 5,5 -6 oyoq tagi o`zunligiga teng. Eng kuchli sprinterlarining qadam o`zunligi qanday orta borganini misol tarikasida kursatib utamiz.
Depsinish tezlatish uchun – demak, yuguruvchining siljishi tezlatish uchun ham – oyoqni pastga-orkaga (gavdaga nisbatan) tez tushirishning ahamiyatiga katta. YUguruvchi yulkaga oyogini kanchalik tez kuysa, depsinishning foydasi shuncha kupayib, yugurish tezligi shunchalik tez oshadi.
Gavdaning har bir qadam sari tezrok harakat kila borishi uchish fazasini va bunga bo`gliq bulgan harakat amplitudasini tezrok oshirishga imkon beradi.
Startdan keyingi yugurish oxirida tezlikning shiddat bilan usa borishi kolmaydi. SHundjan keyin taxminan 50-60 m masofagacha yugurish tezligi juda oz orta boradi.
Yuguruvchi har qanday xolda ham, o`zining masofani yugurib utadigan tezligiga mumkin qadar tezrok erishishishga harakat kiladi. Lekin maksimal tezlikka ortikcha kuchanmay ,bemalol erishish kerak.
Qo`llarni oldingga va orkaga shiddat bilan harakat qilishning katta ahamiyati bor. Startdan keyingi yugurishda ham qo`llar harakati asosan masofada yugurishdagi bilan bir xil , lekin qadamlar kalta bulgani sababli , ularning silkinishi ham kiskarok buladi. Qadamlar o`zunlashgan sari qo`llarning harakat amplitudachi ham oshadi.
Startdan keyingi birinchi qadamlarda xali tezlik rivojlanib ulgurmagan , yuguruvchining gavdani tuta bilishi etarli bulmagani uchun , oyoqlar orasi masofada yugurish vaqtidagina nisbatan kengrok ochilib erga qo`yiladi. SHu sababli start tirgaklar orasini kengrok qilib, tayanch satxlari birmuncha ichkariga qaratibrok qo`yilagi to`zuk. Tirgaklar shunday qo`yilsa, startdan ham, yugurish boshlanganidan keyingi birinchi qadamlarda yuguruvchining o`zini tutishi ancha turgun buladi.
Tezlikning oshib borishi bilan oyoqlar urta chizikka yakinrok qo`yila boshlaydi. Aslida startdan keyingi yugurish 12-15 metrdan keyin bir nuktadan birlashadigan ikki chizik buylab yugurishdir.
Agarda bitta yuguruvchi 30 metr masofani startdan boshlab va yugurib kela turib bosib utishiga ketgan vaqtni solishtirib kurilsa, startga va tezlikni ustirib olishga kancha vaqt ketishini bilib olish kiyin emas. Bu fark eng yaxshi yuguruvchilarda 0,8-1,0 sek ga teng bulishi kerak.

Masofa buylab yugurish


Mazkur masofa uchun eng tezlikka yakinlashganda, yuguruvchining gavdasi sal oldinga engashagna buladi. Qadamlarning o`zunligi va chastotasi eng qo`lay nisbatan keladi. Erishilgan tezlikni saklab kolish uchun, yugurishning shunday usli marragacha saklanadi.
Uchish fazasidasonlar bir-biriga tez yakinlasha boshlaydi. Orkada kolgan oyoqni depsinishdan keyin buqilib , son bilan oldingga harakat kiladi, silkinch oyoq esa yozilib tez erga tusha boshlaydi. Silkinch oyoq sonining oldingga va yuqoriga kiladigan harakatini tezlashtirish uchun, uchish fazasida nari gi oyoq erga tushayotganda silkinch oyoqda xosil bulgan olga tomon intilishdan foydalanish kerak.
Silkinch oyoqning , avvalo, sonining orka musqo`llari faol kiskarish natijasida pastga va orkaga shiddat bilan tez harakat qilishi esa bundan ham muximdir. «Vertikal» momentga utishni tezlatish , oyoq erga qo`yilganidan sekinlashish ta`sirini kamaytirish va shundan keyingi depsinishini kuchaytirish uchun, silkinch oyoqning bu harakati keskin , aniq sezilarli bulishi kerak. Oyoq yulkaga oyoq taginig old qismidan boshlab qo`yiladi.
Panjalar yugurish paytida sal bukilgan yoki sal yozilgan (barmoklari cho`ziq) bulishi mumkin. Ularni kuch bilan to`g`rilab yoki musht qilib olish kerak emas. Qo`llarning shiddatli harakati elkani kutarishga olib kelmasin- bu ortikcha kuchanish boshlanganidan dalolat beradi.
Qo`l va oyoqlarning harakat chastotasi bitr-biriga bo`gliqdir. Bu chastota kesishma innervatsiyaga asoslangan bulgani uchun, qo`llar harakatini tezlashtirish kadmlar chastotasini oshirishga yordam beradi.
To`g`ri chizik buylab , ogishmay yugurishning ahamiyati oz emas. CHunki yon tomonlarga chaykalish yugurish ritmini va muvozonat bo`zadi.

Xulosa
Masofa maboynida yuguruvchi mumkin qadar maksimal tezlik rivojlantirmagan bulsagina, 100 m va 200 metrlik masofa oxirida yugurishni yanada tezlatish mumkin buladi Birok marraga kelishda tezlikni oshiraman deb, masofa davomida cheklab yugurish yaramaydi. Startdan boshlab imkoniyat boricha tezrok maksimal tezlikka erishib olib, uni masofa oxirigacha kamaytirmay borgan ma`qo`lrokdir.


YUguruvchining gavdasi marra chizigidan utgan vertikal tekislikka tekkan momentda yugurish tugaydi. YUguruvchi marra chizigidan kukrak balandlikka tortilgan masofa nixoyasini bildiruvchi lentaga birinchi bulib gavdasini tegizadi. Lentaga tezrok tegish uchun, u lentaga kolgan ohirgi adamda kukragini keskin oldinga engashtirib, qo`llarini orkaga tortadi. Bunday usul «kukrak bilan tashlanish» deb ataladi.
Lentaga otilish paytida yuguruvchining olga siljish tezlashmaydi, balki tana pastki qismining olga siljishi nisbatan sekinlashib , tana yuqori qismining oldindagi tezlanishi xisobiga yugruvchining marra tekisligiga tegish momenti tezlashadi. Marraga otilish paytida yikilmaslik uchun, gavda marra lentasiga tegishi bilan silkinch oyoq juda ham oldingga o`zatiladi.YUguruvchi masofani utish uchun har gal bir xil miqdorda qadam kuyadigan bulsa, marraga otilishi har gal bir xil o`zoklikdan (100-200 sm) va har gal bitta oyogidan boshlaydigan bulsa, shundagina marraga otilish yuguruvchining marraga kelishdagi harakatlari odat bulib koladi-da, u marraga otilish xakida uylashga ovoro bulmaydi. Bordi-yu masofa oxirida yuguruvchi marraga otilishi xakida uylasa , oyogini moslashga urinsa va sh.k. unda bularning hammasi tezlik pasayib ketishiga sabab buladi, xolos.
Marraga otilish san`atini bilmagan yuguruvchilarga, otilishni uylamay marra chizigini tulik tezlik bilan yugurib utish tavsiya kilinadi.
Marradan keyin yugurish tezligi asta-sekin kamaytiriladi.

Foydalangan adabiyotlar


Kun L. Vseobshaya istoriya fizicheskoy qo`lturi i sporta : Per. Svenger. M.: Raduga, 1982..
Olivova V. Lyudi i igri. U istokov sovremennogo sporta. - M.: FiS, 1985.
Stolbov V.V. Istoriya fizicheskoy qo`lturi i sporta. - M.: FiS, 1975.
L. Kun «Vseobshaya istoriya fizicheskoy qo`lturi i sporta»; Moskva 1987.
Krushilo YU.S. «Xrestomatiya po istorii drevnego mira» Moskva 1980g.

Tayyorladi: Saidxonov Jamshid
Yüklə 27,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin