Qituvchilari tomonidan dori turlari texnologiyasi amaliy mashg‘uloti uchun o‘quv qo‘llanma tuzildi. Dori turlari texnologiyasining boshlang‘ich mavzularini yoritib beradigan ushbu «Farmatsevtik texnologiya asoslari»


Dori moddasini eritib ko‘z tomchilari tayyorlash



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə61/74
tarix07.11.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#67728
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
Farmatsevtika institutining-fayllar.org

Dori moddasini eritib ko‘z tomchilari tayyorlash
Rp: Solutionis Pilocarpini hydrochloridi 1%—10 ml
Da. Signa. Kuniga 2 tomchidan 3 mahal ko‘zga tomizilsin.
Ko‘z tomchisini tayyorlashdan oldin dori moddasini izotoniklik miqdorini natriy xlorid ekvivalenti yordamida hisoblash kerak.
Pilokarpin gidroxloridni natriy xlorid bo‘yicha ekvivalenti 0,22 ga teng (XI DF, 134—135 bet).
Demak, eritma izotonik bo‘lishi uchun 0,07 g natriy xlorid qo‘shilishi kerak (0,09—0,022=0,068 g).
Ko‘z tomchilari hajmi kamligini inobatga olib, ularni mexanik iflosliklardan tozalash uchun oldin dori moddalari va yordamchi moddalar bir qism in’eksiya uchun ishlatiladigan suvda eritilib (filtr qog‘oz va paxta tampon oldindan in’eksiya uchun ishlatiladigan suvda yuvilgan bo‘ladi) va uni filtrdan o‘tkazilib, keyin qolgan suvni shu filtr orqali o‘tkaziladi.
Ko‘z tomchisini 2 yoki 3-sonli sterillangan shisha filtrdan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki ular suyuqlikni o‘ziga shimib olmaydi.
Sterillangan quruq yordamchi idishga 6 ml sterillangan in’eksiya uchun ishlatiladigan suvdan olib, unda 0,1 g pilokarpin gidroxlorid va 0,07 g natriy xlorid eritiladi. Eritma bemorga beriladigan idishga filtrlab solinadi (filtr sterillangan in’eksiya uchun ishlatiladigan suvda yuviladi). Eritmani tozaligi 195-sonli Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chiqarilgan buyruq asosida tekshiriladi. Lozim bo‘lsa uni qayta filtrlanadi. Тayyor eritmaga filtr orqali qolgan 4 ml erituvchi qo‘shiladi.
Bemorga beriladigan shisha idish rezina tiqin va ustidan alyumin qalpoqcha bilan mahkam berkitiladi. Pilokarpin gidroxlorid eritmasi to‘yingan bug‘ bosimi ostida 8 daqiqa davomida sterillanadi (195-sonli Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chiqarilgan buyruq).
Atropin sulfat, skopolamin gidrobromid, dikain, efedrin gidroxlorid va boshqa moddalardan ko‘z tomchilari yuqorida keltirilgan eritmaga o‘xshash tayyorlanadi.

Konsentratlardan foydalanib ko‘z tomchilari tayyorlash
Dorixonada ayrim ko‘z tomchilari tarkibini qayta -qayta takrorlanishini hisobga olgan holda ularning konsentratlarini tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Bu esa ko‘z tomchisi tayyorlashni tezlashtiradi, shuningdek dorixona xodimlarining vaqti tejaladi.
Konsentrlangan eritmalar aseptik sharoitda tayyorlanadi: 0,02% riboflavin, 10% kaliy yodid, 10% askorbin kislota, 20% glyukoza, 10% natriy yodid, 10% kalsiy xlorid, 1% rux sulfat, 4% borat kislota va boshqa konsentrlangan eritmalar tayyorlab qo‘yiladi.
Konsentrlangan eritmalarni saqlash muddati 195-sonli Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chiqarilgan buyruqda qayd etilgan.
Rp: Solutionis Acidi borici 2% — 10 ml
Riboflavini 0,001
Misce. Da. Signa. Ko‘z tomchisi.
Bu ko‘z tomchisidagi riboflavin miqdori juda kam bo‘lganligi sababli eritmaning osmotik bosimiga ta’sir etmaydi. Ammo borat kislotasining miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun eritmani osmotik bosimi tekshirib ko‘riladi. Borat kislotasining natriy xlorid bo‘yicha ekvivalenti 0,53 ga teng bo‘lib, hisoblash natijasi, ko‘z tomchisining osmotik bosimi 1,06% natriy xlorid eritmasining osmotik bosimiga teng bo‘lib, ya’ni bu me’yordan oshmaganligini ko‘rsatadi.
Bemorga beriladigan shisha idishga pipetka yordamida 0,02% riboflavin eritmasidan 5 ml va 4% borat kislota eritmasidan 5 ml quyiladi. Shisha idish rezina tiqin va alyumin qalpoqcha bilan mahkam berkitiladi. Ko‘z tomchisi harakatlanuvchi bug‘ yordamida 30 daqiqa sterillanadi. So‘ngra tayyor ko‘z tomchisiga tegishli yorliq yopishtiriladi.


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin