Eritmalar
Eritmalarni o‘ziga xos tayyorlanishi
ТOPSHIRIQ:
1. Qiyin eriydigan moddalardan eritma tayyorlash.
2. Oksidlovchilar bilan eritma tayyorlash.
3. Kompleks birikmalar hosil qilib eriydigan moddalardan eritma tayyorlash.
4. Yordamchi moddalar ishtirokida yaxshi eriydigan tuz hosil qilib, eritma tayyorlash.
Eritmani tayyorlash quyidagi bosqichda olib boriladi:
a) «A» va «B» ro‘yxatiga kiruvchi moddalarning dozasini tekshirish;
b) erituvchining miqdorini aniqlash;
d) eritish;
e) filtrlash, suzish;
f) jihozlash;
g) sifatini baholash.
Rr: Solutionis Amidopyrini 3% — 200 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Amidopirin «B» ro‘yxatga kiradi. Uning 1 martalik eng yuqori dozasi 0,5 g . Eritma hajmi 200 ml ga teng. Undagi amidopirin miqdori 6,0 g.
Retseptdagi dozasini tekshirish uchun:
200 : 15= 13
6,0:13 = 0,46. Demak, doza me’yoridan oshib ketmagan.
Erituvchining miqdorini aniqlash keyingi mavzularda yoritiladi. Eritish — eritma tayyorlashning eng asosiy bosqichidir. Bu jarayonni tezlashtirish uchun qizdirish, aralashtirish, eritiladigan moddani maydalash kabi jarayonlardan foydalaniladi. Ko‘pincha eritish yordamchi idishlarda olib boriladi. Тayyor eritmani yot moddalardan tozalash uchun filtrlanadi yoki suziladi (colatio). Dorixona sharoitida filtrlash normal hamda past (vakuum) bosimlarda olib borilishi mumkin.
Filtrlash va suzishda filtr qog‘ozi, asbest, shisha filtrlar, paxta, doka kabilar ishlatiladi.
Ko‘pincha ichish va sirtga qo‘llash uchun ishlatiladigan eritmalarni yot moddalardan tozalash uchun ularni suziladi, ko‘z tomchilari va in’eksion eritmalar esa filtrlanadi.
Eritmalar og‘zi mahkam berkitilgan shisha flakonlarga solinib, tegishli yorliq yopishtirilib chiqariladi.
6-rasm. Elektromagnitli aralashtirgich asbobi va qog‘oz filtr orqali filtrlash:
a) voronka va filtrning to‘g‘ri joylashishi;
b) noto‘g‘ri joylashishi.
Dostları ilə paylaş: |