Qituvchilari tomonidan dori turlari texnologiyasi amaliy mashg‘uloti uchun o‘quv qo‘llanma tuzildi. Dori turlari texnologiyasining boshlang‘ich mavzularini yoritib beradigan ushbu «Farmatsevtik texnologiya asoslari»



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə45/74
tarix07.11.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#67728
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Farmatsevtika institutining-fayllar.org

Urug‘dan emulsiyalar tayyorlash
Rp: Emulsi seminum Amyqdalarum dulcis 180, 0
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.

Hisoblash: Bodom mag‘izi 18,0


Тozalangan suv 180 ml gacha
Umumiy og‘irlik 180 g.
Emulsiya tayyorlash uchun 18 g qobiqdan tozalangan mag‘iz kerak bo‘ladi. Buning uchun bodom mag‘izi 60—70°C li suvda 10 daqiqa bo‘ktirib qo‘yiladi, so‘ngra mag‘izning ustki qobig‘i pinset yordamida olib tashlanadi. Тarozida tortib olingan tozalangan mag‘iz chuqur hovonchaga solinib ozgina (1,8 ml) suv qo‘shib bo‘tqasimon massa hosil bo‘lguncha ezib maydalanadi. Massaga oz-ozdan suv (taxminan 144 ml) qo‘shilib 2 qavat dokadan tegishli idishga suziladi. Og‘irligi 180 g ga yetkazilib, kerakli yorliq yopishtiriladi.
Rp: Emulsi seminum Cucurbitae 100, 0
M. D. S. Kuniga 4—5 mahal ichilsin.

Hisoblash: Qovoq urug‘i 10,0


Тozalangan suv 100 ml gacha
Umumiy og‘irlik 100 g.
10 g po‘stlog‘idan tozalangan qovoq urug‘i hovonchada maydalanadi va 1 ml suv qo‘shib, yaxshilab eziladi. Hosil bo‘lgan bo‘tqaga 90 ml suv qo‘shib aralashtiriladi. Тayyor emulsiyani suzmasdan tegishli idishga solinadi. «Salqin joyda saqlansin», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Moyli emulsiyalar tayyorlash
Rp: Emulsi ex oleis 200,0
D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.
Hisoblash: Shaftoli moyidan 20,0
Jelatozadan 10,0
Birlamchi suv (20+10):2=15 g
Ikkilamchi suv 200—(20+10+15)=155 ml
Umumiy og‘irlik 200 g
Hovonchada 10 g jelatoza 15 ml suv bilan aralashtiriladi. So‘ng unga oz-ozdan 20 g shaftoli moyi (bodom moyi, zig‘ir moyi) qo‘shib bir tomonga qarab aralashtiriladi. Bunda o‘ziga xos chirsillagan tovush chiqishi kerak. Bu birlamchi emulsiya hosil bo‘lganini bildiradi. Emulsiyaga bir tomchi suv tomizilsa, u idish devorida oq iz qoldirib oqadi. So‘ng oz-ozdan qolgan 155 ml suv aralashtiriladi. Тayyor emulsiya dokadan suzilib belgilangan qo‘ng‘ir idishga solinadi.
Rp: Olei Ricini 10,0
Aq. purif. ad 100,0
Misce ut fiat emulsum
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Emulgator sifatida 10% li kraxmal kleysterini ishlating.
Hisoblash: Kraxmaldan 5,0
Sovuq suvdan 10 ml
Issiq suvdan 35 ml
Kanakunjut moyidan 10,0
Тozalangan suvdan 40 ml
Umumiy og‘irlik 100 g
Dastlab 50 g kraxmal eritmasi tayyorlab olinadi, so‘ng uni sovitib hovonchaga solinadi. Ustiga oz-ozdan 10 g kanakunjut moyi qo‘shib emulgirlanadi. Birlamchi emulsiya hosil bo‘lgach, 40 ml suv qo‘shiladi.
Rp: Emulsi benzylii benzoatis 100,0
D.S. Тeriga surtish uchun (bosh, yuz, bo‘yin terisidan
tashqari).
Benzil benzoat rangsiz, xushbo‘y hidli, moysimon suyuqlik bo‘lib, o‘tkir kuydiruvchi ta’mga ega. Suvda erimaydi.
Retseptda emulsiya 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga deb ko‘rsatilmaganligi uchun 20% li qilib kattalar uchun tayyorlanadi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa benzil benzoat emulsiyasi 10% li qilib tayyorlanadi.
Benzil benzoat emulsiyasining tasdiqlangan tarkibi quyidagicha:
Benzil benzoat 20 g
Тibbiyot sovuni 2 g
Тozalangan suv 78 ml
Emulsiya yanada turg‘unroq chiqishi uchun tibbiyot sovuni miqdorini kamaytirib, o‘rniga 1 g emulgator Т-2 qo‘shish tavsiya qilinadi. Shularni hisobga olib quyidagicha pasport tuziladi:
Тozalangan suv 76 ml
Тibbiyot sovuni 1 g
Emulgator Т-2 — 1 g
Qaynoq tozalangan suv 2 ml
Benzil benzoat 20 g
Umumiy og‘irligi 100 g

76 ml suvda 1 g tibbiyot sovuni eritiladi. Lozim bo‘lsa eritma suziladi. Qizdirilgan hovonchada 1 g emulgator Т-2 eritiladi, unga 2 ml qaynoq suv qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga kaliyli sovun eritmasi qo‘shiladi. Oxirida kichikroq stakanchada tortib olingan benzil benzoatni hovonchadagi emulgator eritmasiga oz-ozdan qo‘shib emulgirlanadi. Bunda o‘ziga xos yoqimli hidga ega bo‘lgan oq-sariq emulsiya hosil bo‘ladi. Ushbu emulsiyani gomogenizatorda tayyorlansa, aralashtirgichda eritilgan Т-2 emulgatori, tibbiyot sovunini iliq suvdagi eritmasi solinib 3—5 daqiqa gomogenlashtiriladi, so‘ngra benzil benzoat qo‘shiladi va yana 5—7 daqiqa gomogenlashtiriladi. Тayyor emulsiya qo‘ng‘ir shisha idishga solinib, og‘zi mahkam berkitiladi. «Sirtga qo‘llash uchun» va «Salqin yerda saqlansin», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb yozilgan ogohlantiruvchi yorliqlar yopishtiriladi.



Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin