Тo‘zg‘uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash
Agar murakkab poroshoklar tarkibiga to‘zg‘uvchi moddalar kirsa (magniy oksid, talk, kaolin va boshqalar), bunday poroshoklarni tayyorlashda to‘zg‘uvchi moddalar eng oxirida qo‘shiladi va uzoq aralashtirilmaydi. Chunki poroshoklarni yo‘qotish miqdori me’yoridan ortiq bo‘lib qolish ehtimoli mavjuddir.
Rp.: Magnii oxydi
Vismuthi subnitratis ana 0,15
Misce fiat pulvis
Da tales doses N10
Signa. Kuniga bitta poroshokdan
3 mahal ichilsin.
Тayyorlanishi: hovonchaga 1,5 g vismut nitrat asosidan solib, yaxshilab maydalanadi. Keyin uning ustiga 1,5 g magniy oksidi 2—3 bo‘lakka bo‘lib solinadi va bir xil poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Тayyor poroshok 10 ta oddiy qog‘ozga 0,3 g dan qadoqlanadi. So‘ngra qog‘oz xaltachaga solinib va unga tegishli yorliq yopishtiriladi.
Bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash
Agar murakkab poroshoklar tarkibiga bo‘yovchi moddalar kirsa (akrixin, etakridin laktat, riboflavin, metilen ko‘ki, brilliant yashili va boshqalar), ular bilan poroshok tayyorlaganda alohida hovoncha va tarozilar ishlatiladi.
Тayyorlash vaqtida rangli modda rangsiz moddalar o‘rtasiga solib aralashtiriladi.
Rp.: Riboflavini 0,01
Sacchari 0,2
Misce fiat pulvis
Da tales doses N6
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Тayyorlanishi: hovonchaga 1,2 g qand kukunini solib maydalanadi. Maydalangan qandning 1/2 qismini havonchada qoldirib, uning ustiga 0,6 g riboflavin solinadi, keyin qolgan 1/2 qism qand kukuni solinib, bir xil rangdagi poroshok hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi.
Тayyor poroshokni 0,21 g dan 6 ta mumli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi.
Ekstraktlar (Extractum) deb, o‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba’zan butunlay bug‘latilgan ajratmalarga aytiladi.
Ekstraktlar konsistensiyasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
Dostları ilə paylaş: |