Fanning maqsad va vazifalari: Fanning asosiy
maqsadi – Talabalarni boshlangʻich sinflarda ona tili fanining
mazmuni va vazifalari, o‘qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim
jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning
vazifalari -
ona tili ta’limi sohasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va
o‘quv dasturining mazmuni va talabalari, shuningdеk, maktab darsliklari mazmuni
va m
еtodik qurilish bilan tanishtirish. Ona tilidan o‘quv matеriali, bolalar kitoblarini,
o‘qish va yozishga o‘rgatish uchun kеrakli bo‘lgan qo‘shimsha matеriallarni, imloviy
mashqlarni, diktantlarni, grammatik tahlil, qayta hikoyalash va bayon uchun
matnlarni, insho uchun mavzu va mat
еrialni tanlash va ulardan foydalanishga
o‘rgatish. O‘quvchiarni turli mavzuda suhbat o‘tkazishishga, qayta hikoyalash va
hikoya qilishga, bayon va ishno, ifodali o‘qish, ijodiy ishlar, diktantlar, til matеrialini
tahlil qilish kabi mashg’ulotlarga tayyorlash va uni o‘tkazishish, ko‘rgazma va tеxnik
vositalardan foydalanib, o‘quvchilarning bilish faoliyatini va mustaqilligini
ta’minlashga o‘rgatish.
Bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyaga qo‘yiladigan talablar. Talabalar -
boshlang‘ich sinf ona tili o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari;
-
boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi sohasida olib borilgan
tadqiqotlar va fanning muhim bo‘lgan muammolari;
-
ona tili o‘qitish metodikasining tarixi va hozirgi vaqtdagi holati haqida
tasavvurga ega bo‘lishi; -
ona tili o‘qitish metodikasi fanining ilmiy asoslarini, tamoyillarini, ta’lim jarayonida
qo‘llanadigan metodlarni, dars turlari va tarkibini;
-
savod o‘rgatish va husnixatga o‘rgatish metodikasini;
-
o‘qish metodikasi va sinfdan tashqari o‘qish metodikasini;
-
fonetika, so‘z tarkibi va so‘z yasalishini o‘rgatish metodikasini;
-
so‘z turkumlari, sintaksis hamda punktuatsiya elementlarini o‘rgatish
metodikasini;
-
boshlang‘ich sinflarda ona tili, o‘qish darslarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil
etishning eng qulay va foydali shakllari, usullari va vositalarini