Quduqlarni egrilanishini о‘lchash Petrosyan asbobi yordamida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Egrilanish burchagini о‘lchashdan oldin burg‘i quduq tagidan ustiga chiqariladi, quvurlar elevatorga yoki ponaga qо‘yiladi, kvadrat shtanga burab bо‘shatiladi. Undan keyin yuqori tiqin yо‘naltiruvchi tarnov richag bilan birgalikda yechiladi, tarnov boshqa richag bilan ushlab turiladi va pastki qism yechiladi.
О‘lchash asbobining ilgagi yechiladi, yon qopqoq olinadi va aylanuvchi yarim silindrdan stakan-quti olinadi. Rezina tiqin olingandan sо‘ng, stakan-qutining yarim balandligi suzuvchi kislota bilan tо‘ldiriladi. Undan keyin о‘lchash shishasi pastki asos bilan qо‘yiladi, teskari tarafiga oynaga sanoqlar yoziladi, suv bilan yuvib qо‘yiladi. Qutti yaxshilab rezina qopqoq bilan yopiladi, undan keyin о‘zini bо‘rtib turgan ilgagi bilan shishani qutti tubiga yaxshilab qisadi. Stakan-qutti aylanuvchi yarim silindrga qо‘yiladi va tо‘xtatgich vint bilan mahkamlanadi.
О‘lchash asbobining qopqog‘i о‘z joyiga qо‘yiladi va ilgagi yopiladi. О‘lchash asbobi tik holatda yо‘naltiruvchi tarnovga amortizatsiyali prujina bilan yog‘och disklar oralig‘iga о‘rnatiladi va mahkam yopilganligi tekshiriladi.
Yо‘naltiruvchi jelonka richagiga rezinali qistirma kiydiriladi va yuqori qopqoq buraladi.
Maxsus quldastak yoki mexanizatsiyalashgan chig‘ir yordamida arqon bilan apparat burg‘ilash quvuriga tushiriladi. Sakratib о‘lchashda apparat burg‘ilash quvuriga tashlanadi.
Quduqlarni tabiiy og‘dirish quyidagi holatlarda qо‘llaniladi:
1. yotiq joylashgan yoki ikkita parallel tushalmaning oralig‘ida joylashgan neft va gaz qatlamlarini ochishda qо‘llaniladi;
2. quduqning stvoli yoriqli zonalarga tо‘g‘ri kelib qolganda mahsuldor qatlamga tomon yо‘naltirishda;