1-tik qismi; 2-egrilikka intilish qismi; 3-egrilikni barqarorlashgan qismi; 4-tik qismi yoki egrilikdan chetga chiqish; 5-tik qismi;
Quduqlarning qiyshayishini oldini olish choralari
Quduqlarning egrilanishiga qarshi tadbirlarni qо‘llash tayyorgarlik ishlari davridan boshlanadi. Buning uchun rotor qurilmasining yotiqligi, minoraning markazlashganligi, yо‘nalishini markazlashtirish va tikligini tekshirish, kvadrat shtangani va burg‘ilash quvurlarining tikligi tekshiriladi.
Burg‘ilashning boshlanish davrida kvadrat shtanganing yuqori qismi og‘ishdan va kuchli tebranishdan ushlab turiladi. Burg‘ilash tizmalarini pastki qismini jamlashda о‘zining ixtiyoriy holatda egrilanishiga yо‘l qо‘yilmaydi, qatlamlardagi jinslarning xarakteri va ularning joylashuv sharoitlari hisobga olinadi.
Burg‘ilash tizmalarining qismlarini jamlashda ularni ixtiyoriy ravishda egrilanishiga qarshi kurashishda quyidagi ketma-ketliklardan foydalaniladi:
Quduqlarni burg‘ilashda eng kо‘p qо‘llaniladigan jamlanmalardan bu shoquldir.
Burg‘ilanadigan quduqning stvollarini asosiy yо‘nalishdan tabiiy holda qiyshayishi.
Qiya holatdagi quduqlar texnik jihatdan va iqtisodiy jihatdan maqsadga tо‘g‘ri kelmagan holatlarda burg‘ilanadi. Har qanday burg‘ilash usullari qо‘llanilganda (rotorli, truboburli, elektrobur) ham geologik sharoitlarga mos holda maxsus qiya shaklda burg‘ilovchi moslamalardan foydalaniladi.