Sizni taktikangiz — Agar muntazam jinsiy hayot kechirganda ham bir yil davomida homiladorlik yuz bermasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Shifokorga avvalo bachadon naylari o`tkazuvchanligi, kichik tos a`zolarining ultratovushli tekshiruvi, shuningdek, erkak spermagrammasi ko`rsatkichlari kerak. Jinsiy yo`l bilan yuqadigan infeksiyalar bor-yo`qligini ham tekshirish lozim. Zarurat bo`lganda mutaxassis qo`shimcha tekshiruvlarni belgilaydi. Chunki eng asosiysi, bepushtlik sababini aniqlash. Ayollardagi bepushtlikning asosiy sabablari — ayol jinsiy apparati rivojlanishidagi nuqsonlar, kichik tos a`zolarining yallig`lanish kasalliklari, endokrin buzilishlar, immunologik omillar, endometrioz, ayol jinsiy a`zolari sili, ruhiy yoki nevrologik buzilishlar… Aniq tashxis qo`yilgach, albatta er-xotin baravar davolanishi zarur.
Muammoli masalalar 13.Hayz juda og`riqli kelsa… Sizni taktikangiz — Hayz vaqtidagi og`riq (algomenoreya) sababi turlicha bo`lishi mumkin. Ulardan biri bachadonning noto`g`ri joylashuvi yoki yaxshi rivojlanmagani. Bu sabablar bachadondan qon oqimi chiqishini qiyinlashtiradi va uning qisqarishini kuchaytiradi. Algomenoreya asab kasalliklari, yallig`lanish jarayonlari va tanosil tizimi xastaliklari asorati bo`lishi ham mumkin. Sababini topish uchun ginekologga murojaat qiling. Og`riq kuchli bo`lganda no-shpa iching. Shuningdek, E vitamini ham ahvolni yaxshilashda yordam beradi. Hayz siklining dastlabki 3 kunida 300 mg.dan qabul qilish mumkin.
Muammoli masalalar 14.Bachadon bo`yni eroziyasini davolash shartmi? Sizni taktikangiz — Agar sizda eroziya borligi aniqlansa, kolposkopiya (bachadon bo`ynini mikroskop ostida ko`rish) va sitologik tekshiruvdan (surtma olinadi) o`tish lozim. Bu shifokorga zararlangan hujayralarda salbiy o`zgarish yuz bermaganiga ishonch hosil qilish uchun zarur. Eroziyani davolash kerak! Eng samarali usullar — lazer nuri va elektroradionur bilan ta`sir ko`rsatish. Bu usullar sog`lom to`qimalarni zararlamaydi va bachadon bo`ynining zararlangan yuzasi tez bitishini ta`minlaydi.
Muammoli masalalar 15.Hayz nomuntazamligiga sabab nima? Sizni taktikangiz — Bu ko`pincha gormonal muvozanat buzilishi bilan bog`liq. Agar yoshingiz 17 dan oshgan, hayz siklingiz esa hali «o`ynasa» yoki umuman bo`lmasa, ginekologga murojaat qiling va jinsiy hamda qalqonsimon bez gormonlarini tekshirish uchun qon topshiring. Agar sezilarli darajada me`yordan chetga chiqish kuzatilsa, gormonal muolaja yordam beradi.