3.Homilam 7 oylikdan oshdi. Ko‘pincha qornim atrofidagi og‘riq bezovta qiladi. Bu qorindagi bolaga zarar keltirmaydimi?
Sizni taktikangiz – Agar qorin sohasida og‘riq bo‘lsa birinchi navbatda shifokorga murojat qilish shart. Og‘riqning sabablari ko‘p. Eng ko‘p uchraydigani homila tushishi xavfidir. Shifokor maslahatisiz hech qanday dorilar iste’mol qilish mumkin emas. Bo‘lajak onada ba’zan qabziyat sababli og‘riq kuzatiladi. Bu vaqtda ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerak. Ko‘proq sabzavot va mevalar yeb, shakar iste’molini kamaytirish o‘rinli.
Muammoli masalalar
4.Miomasi bor ayol homilador bo‘lib qolsa, bu unga ziyon qilmaydimi?
Sizni taktikangiz – Miomasi bor ayollarda ko‘pincha bepushtlik kuzatiladi yoki homila tushishi ro‘y beradi. Aslida mioma belgilari, ya’ni qorinning pasti va bel sohasining og‘rishi ayollarni ancha-muncha bezovta qiladi. Agar mioma tugunchalari bitta va kichik hajmda bo‘lsa ayol eson-omon muddatiga yetib tug‘ishi mumkin. Lekin bachadon miomasining hajmi katta yoki ko‘p miomatoz tugunlar joylashgan bo‘lsa homila yaxshi o‘smaydi, bunday vaqtda homila tushadi yoki muddatiga yetmasdan tug‘ruq sodir bo‘ladi. Bu ayollarda tug‘ruqdan so‘ng qon ketish xavfi yuqori, bola kesar kesish yo‘li bilan olinadi va kesar kesish paytida bachadonni ham olib tashlashga ko‘rsatma berilishi mumkin.
Muammoli masalalar
5. Har gal homiladorligimning uchinchi oyiga yetib-yetmay, bolam tushaveradi. Hozirgi kunlarda ham shu sababli xavotirdaman…
Sizni taktikangiz – Homiladorlikning erta tushishining sabablari anchagina. Masalan, er-xotin yaqin qarindosh bo‘lishsa, turli infeksiyalar (virusli, xlamidiyalar,mikoplazma va boshqalar) aniqlansa, jinsiy a’zolar nuqsonlari yoki yaxshi rivojlanmaganligi (infantil) kuzatilsa va endokrin bezlar (yoki tuxumdonlar) faoliyati buzilgan hollarda bola tushishi mumkin. Bunda birinchi navbatda sababini aniqlash kerak va ayolni davolab, keyin homiladorlik bo‘lishiga ruxsat berish lozim, u homiladorlik davomida ginekolog nazoratida bo‘lishi kerak.