Muammoli masalalar 6. Homilador bo‘lganimdan buyon tez-tez qornim ochadi. Nega shunday? Sizni taktikangiz – Bo‘lajak ona organizmida moddalar almashinuvi jarayoni odatdagidan tezlashadi, qonda qand miqdori tartibi o‘zgaradi. Homiladorlik davrida organizm insulin gormonini ko‘proq ishlab chiqara boshlaydi. O‘z-o‘zidan ayolning qorni darrov ochiqadigan bo‘ladi. Bunday vaqtda taomlarni oz-ozdan, tez-tez istemol qilib turish tavsiya etiladi.
Muammoli masalalar
7. Homilador bo‘lishdan oldin qanday tekshiruvlardan o‘tish kerak bo‘ladi? Shu haqda bilmoqchi edim.
Sizni taktikangiz – Farzand ko‘rishni rejalashtirgan kelin-kuyov quyidagi tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi zarur:
o‘pkani rentgen qildirish orqali sil va shunga o‘xshash kasalliklar bor-yo‘qligini aniqlash;
EKG tekshiruvidan o‘tib yurak meyoriy faoliyatiga ishonch hosil qilish;
jigar, buyrak va jinsiy a’zolarni UTT tekshiruvidan o‘tkazish;
ko‘p uchraydigan TORCH infeksiyalari(gerpes, sitomegalovirus, xlamidiya, mikoplazma va boshqalar)ni aniqlash maqsadida qon tahlilini topshirish.
Agar ushbu tekshiruvlar natijasi meyorida bo‘lsa, ayol sog‘lom farzand ko‘rishga tayyor hisoblanadi.
Muammoli masalalar 8. Bolamni emizishdan chiqarganimga yarim yildan oshsa ham ko‘kragimdan oz-moz suyuqlik (ajralma) kelib turadi. Dugonalarim bunday vaqtda gormonal preparatlar ichish kerak deyishayapti. Siz nimani maslahat berasiz? Sizni taktikangiz Ko‘krakdan ajralmalar kelishida albatta endokrinolog ko‘rigidan o‘tib, gormonlarga qon tahlili topshirishingiz zarur. Shuningdek gipofiz funsiyasining holati ham tekshirilib, natijasiga ko‘ra kerakli muolaja buyuriladi. Endokrinolog muolajasidan keyingi o‘zgarishga qarab mammolog ko‘rigidan o‘tishingiz mumkin. Agar bu gormonlar faoliyati bilan bog‘liq holat bo‘lmasa, mammografiya orqali ko‘kraklar funksiyasi tekshirilib, zarur muolaja turi tayinlanadi