Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar



Yüklə 103 Kb.
səhifə2/4
tarix08.12.2022
ölçüsü103 Kb.
#73275
1   2   3   4
Qiziqarli masalalar 1

Mushuklar nechta ?
To'rtburchak shakldagi xonaning har bir burchagida bittadan mushuk o'tiribdi. Har bir mushukning qarshisida uchtadan mushuk o'tiribdi. Xonada hammasi bo'lib nechta mushuk o'tiribdi ?

Narx
Mahsulot narxini 50 % ga oshirib, so'ng yana 50 % ga tushirsak, narx qanchaga o'zgaradi ?

Guruh talabalari
Guruhda 10 ta talaba o'qiydi. Ularning har biri barcha talabalar bilan qo'l berib ko'rishsa, qo'l berib ko'rishishlar soni nechta bo'ladi ?

foiz
10 ning 5%i kattami, 5 ning 10%i kattami ?

Tenglama
ikkita sonning yig'indisi 10 ga teng, ularning ko'paytmasi ham 10 ga teng. Bular qaysi sonlar ?

Hovuzni to'ldirish
Hovuzni 2 ta quvur orqali suv bilan to'ldirish kerak, Agar Birinchi quvurning o'zi 5 minutda to'ldirsa , ikkinchi quvurning o'zi 10 minutda to'ldirsa, ikkala quvur birgalikda necha minutda to'ldiradi ?

Harorat
Harorati -3 C bo'lgan 2 litr suvga, harorati -5 C bo'lgan 10 litr suvni qo'shsak, Bu suvning harorati qanday bo'ladi ?

Ustunlar orasidagi masofa
Uzun yo'l bo'ylab ketma-ket 10 ta ustun ornatilgan, har bir ustundan keyingisigacha oralig'i 1 km. masofa. Birinchi ustundan o'ninchi ustungacha necha km. masofa ?

Bo'shliq qayerdan keldi ?
Quyidagi rasmda 2 ta bir xil uchburchak chizilgan. yuqoridagi Uchburchaning yuzasi 3 ta turli xildagi shakl bilan to'ldirilgan, pastda esa shu shakllarning o'rni almashtirilgan. Pastdagi rasmda bo'sh katakcha qayerdan hosil bo'ldi ?


Kutilmagan vaziyat
Har biri 40 tadan vagonni tortib ketayotgan A va B paravozlar bitta temir yo'lda duch kelib qolishdi.(rasmga q.) Ularning orasida bor yo'g'i paravoz bilan birgalikda 20 ta vagon sig'adigan boshi berk tarmoq yo'l bor. Qanday manevr qilib poezdlar bu kutilmagan vaziyatdan qutilib, o'z yo'nalishlarida harakatni davom etishlari mumkin ?



Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin