Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar



Yüklə 103 Kb.
səhifə1/4
tarix08.12.2022
ölçüsü103 Kb.
#73275
  1   2   3   4
Qiziqarli masalalar 1


Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Zehningizni sinab ko'ring 
Ushbu sahifada o'z zehningizni masla yechish orqali sinab ko'rishingiz mumkin. Misol va masalalar yechib turish bilimlaringizning yanada mustahkamlashuviga sabab bo'ladi. Bu orqali siz aqlingizni charxlaysiz. chunki, egallagan bilimlaringizga doir masala yechish, ilm va formulalarni yodingizda mustahkam saqlanib qolishiga yordam beradi. Masala yechish amaliy mashg'ulot, siz bu orqali tafakkur va bilimingizdagi kamchiliklarni bilib olasiz. Marhamat, sahifadagi masalalarni yechishga bir urinib ko'ring. Agar sizda ham qiziqarli masalalar bo'lsa saytimisga jo'nating, xursand bo'lamiz. 
Agar maslani javobini topishga qiynalsangiz yoki biror savol tug'ilsa bizga murojaat qiling. Sizga yordam beramiz. 
V. Muslim ( leonardo73@rambler.ru )
Uch qishloq
Bir mamlakatda Rostgo'ylar, Yolg'onchilar, rostgo'ylar va yolg'onchilar aralash yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat rostgo'ylar,, ikkinchisida faqat yolg'onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To'satdan o't o'chirish idorasiga qo'ng'iroq bo'libdi: 
-Bizning qishloqqa o't ketdi. 
-Siz qayerda yashaysiz ? 
-"Aralash" qishlog'ida. 
Savol: O't o'chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?

Pirog taqsimlash 
Quyidagi rasmda berilgan pirogni uch kesishda teng sakkiz bo'lakka bo'ling.


Matematik necha yoshda ?
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi matematik do'stidan so'radi:
- Hozir necha yoshdasiz ?
ikkinchi matematik javob berdi:
- Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo'shsak 89 bo'ladi.
Savol: Matematik necha yoshda ?

Soat
Soat 5 sekundda 6 marta bong uradi. 12 marta bong urish uchun qancha vaqt ketadi ?

Bozorda
Qassob 1 000 000 so'm bilan bozorga tushdi. U roppa -rosa 100 ta hayvon sotib olishi kerak. Sotuvda sigir, g'oz va tovuq bor. Sigir 150 000 so'm, g'oz 10 000 so'm va tovuq 2 500 so'm turadi. U kamida har bir hayvondan bittadan olishi va barcha pulni ishlatishi shart. 
Qassob nimalarni sotib oladi ?

Ona va bola
Onaning yoshi o'z qizining yoshidan 4 barobar katta. 20 yildan so'ng ona qizidan 4 baravar katta bo'lib qoladi. Ona va qizning yoshini aniqlang.

Qahvaxonada
Qahvaxonada narxi idishi bilan birga 30 tiyin turadigan mineral suv sotilyapti. Idishni topshirib, 20 tiyin qaytarib olish mumkin. Ayting-chi, 1 sum pulga ko'pi bilan nechta mineral suv ichish mumkin ?

Tejamli kesim
Qanday qilib 5 ta olmaning birortasini ham 6ta bo'lakka bo'lmasdan turib, 6 kishiga teng qilib bo'lib berish mumkin ?


Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin