Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar



Yüklə 103 Kb.
səhifə3/4
tarix08.12.2022
ölçüsü103 Kb.
#73275
1   2   3   4
Qiziqarli masalalar 1

Hovuzdan suv olish
5 va 9 litrli chelaklar yordamida hovuzdan 3 litr suvni qanday qilib olish mumkin ?

Kumush zanjir
Sayyoh bir shaharda bir hafta turish niyatida karvonsaroydan joy band qilmoqchi bo'ladi. Karvonsaroy sohibi undan har kuni bir tangadan berishni so'raydi. Sayyoh, o'zida bu yurtning tangalari yoqligini, lekin 7 ta halqali kumush zanjiri borligini (rasmga q.) aytadi va har kuni ertalab bittadan halqa to'lashni taklif etadi. Karvonsaroy egasi rozi bo'ladi, faqat halqalarni imkoni boricha kam joyidan qirqishini tayinlaydi. Buni amalga oshirish uchun nechta halqani qirqishga to'g'ri keladi ? 


Ikki qabila
Bir orolda ikkita - rostgo'ylar va yolg'onchilar qabilalari yashaydi. Birinchi qabiladagilarning hammasi faqat rost, ikkinchi qabiladagilarning hamasi faqat yolg'on gapiradi. Orolga kelib qolgan sayohatchi orolliklardan birini ko'rib qolib uning kimligini so'raydi. Orollik o'zini yolg'onchilar qabilasidan ekanligini aytadi. 
Savol: orollik sayyohni aldamayaptimi ? Aslida u qaysi qabiladan ?

Pifagor va uning shogirdlari
Pifagordan "shogirdlaringiz nechta" -deb so'rashganda, u shunday javob berdi : "shogirdlarimning yarmi matematikani, to'rtdan biri tabiatni o'rganishyapti. ularning yettidan biri vaqtini mulohaza yuritish bilan o'tkazyapti, qolgan qismini esa, 3ta qiz tashkil qiladi." 
Pifagorning shogirdi nechta ?

Uch kaptar
Tep tekis yerda donlab yurgan uch kaptar "gur" etib osmonga ko'tarildi. Ayting-chi ular qachon yana bir tekislikda bo'lishadi ?

Kofe
Tabiiy kofe tarkibidagi kofeinning 97 foizi ajratib olingandan so'ng, qolganidan ichimlik tayyorlanadi. Tabiiy kofedan tayyorlangan bir piyola ichimlikdagi kofein miqdoricha kofein iste'mol qilish uchun bu tayyorlangan ichimlikdan necha piyola ichish kerak ?

Shahar aholisi
Toshkent shahridagi aholining 85 foizi o'zbekcha so'zlasha oladi. 75 foizi esa ruscha so'zlasha oladi.Agar shahardagi har bir fuqaro kamida bu ikki tildan birini bilsa, Har ikkila tida so'zlasha oladiganlar necha foizni tashkil qiladi?

Ekvator bo'ylab
Agar yer yuzini ekvator bo'ylab piyoda aylanib chiqishimiz mumkin bo'lganda edi, boshimiz tovonimizga qaraganda ko'proq yo'l bosgan bo'lar edi. Aytingchi, bu farq sizningcha nimaga teng ?

Metroda
Metroning o'ziyurar zinapoyasida ikki kishi zinapoya yo'nalishida yugurib chiqishyapti ularning biri ikkinchisiga qaraganda tezroq yugurmoqda. Savol: ularning qaysi biri yuqoriga ko'tarilguncha ko'proq zinapoya pog'onalarini sanaydi ?

Ahil sinf
Bizning sinfda 35 o'quvchi bor. har birimiz roppa-rosa 11 ta sinfdoshimiz bilan do'stmiz. 
-Buning bo'lishi mumkin emas, -dedi darhol Ahmad o'rtog'iga. 
Va u haq edi. Nega?


Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin