Qiziqtirish


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities



Yüklə 197,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü197,94 Kb.
#169335
1   2   3   4   5
International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Hamburg, Germany 
https

econferencezone.org 
 
May 4
th
 -5
th
 
2022 
58
Birinchi variant. O‘qituvchi o‘quvchilarga birorta jismoniy mashqni, masalan, ikki oyoqda o‘tirib turish yoki 
qo‘lda tortilish mashqlarini bajarilishni uyga vazifa tariqasida beradi. O‘qituvchi ertasiga o‘quvchidan 
mashqlarni ko‘rsatishni talab qiladi. Berilgan mashqlarni o‘quvchilar bir necha marotaba takrorlaganidan 
so‘ng, o‘quvchilarda siqilish va zerikish holatlari paydo bo‘ladi, natijada dars tartibsiz o‘tadi. 
Ikkinchi variant. O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘zlari sevgan harakatli o‘yin yoki jismoniy mashq turlaridan birini 
tanlab mashq qilib kelishni tavsiya etadi. O‘qituvchining bundan o‘tkazgan darsi, birinchi variantga qaraganda 
qiziqarli o‘tadi. O‘quvchining o‘zi mustaqil o‘rgangan har bir mashqni boshqa o‘quvchilarda qiziqish 
uyg‘otadi hamda o‘quvchi har bir harakatni diqqat bilan kuzatib boradi. Natijada o‘quvchi har hil harakatli 
o‘yin va mashq turlarini bo‘lib oladi. O‘quvchilarning o‘zlari tanlagan jismoniy harakati, mashqni bajarish 
uslublari o‘quvchi shaxsini va ichki dunyosini ochib beradi. Agar o‘qituvchi jismoniy tarbiya darsida 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy va sportchilarning hayoti va faoliyatini o‘quvchilarga o‘rgatib, 
ular haqida qiziqarli ma’lumotlar berib borsa, dars jarayoniy yana ham qiziqarli bo‘ladi. 
Sportchilar o‘zlarida namoyon bo‘ladigan qaziqishlar, barqarorlik yoki doimiylik darajasi bilan ham bir - 
biridan farq qiladi. Ba’zi sportchilar bo‘ladiki, ularda hosil bo‘lgan muayyan qiziqish - havaslar doimiy bo‘lib 
umrbod saqlanib qoladi. Masalan, R.Risqiev., A.Grigryan., Muhammadqodir Abdullaev singari sportchilarda 
bo‘lgan qiziqishlar doimiy va barqaror qiziqishlardir. 
Ba’zi o‘quvchilar sportning biror bir turiga juda qattiq qiziqadilar, mehr qo‘yadilar, lekin ularning qiziqish - 
havaslari uzoqqa bormaydi. Bunday o‘quvchilardagi biror narsaga, biror faoliyatga bo‘lgan zo‘r qiziqish, 
o‘rnini darrov boshqa bir qiziqish, havas oladi. Bunday o‘quvchilarni qiziqishlari tez o‘zgaradi. Ularda paydo 
bo‘ladigan qiziqishlar nihoyatda kuchsiz bo‘lib, tez o‘tib ketadi. Bunday o‘quvchilarda ko‘pincha muayyan 
orzu - havaslar bo‘lmaydi. Albatta, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan jismoniy mashg‘ulot va sport ishlarining o‘ziyoq 
o‘quvchilarda sportga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalaydi. Har qanday jismoniy tarbiya darsi va har qanday sport 
musobaqasi o‘quvchi uchun qiziqarlidir. O‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni paydo qilish va 
uni barqaror qilish maktabdagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. O‘quvchilarda 
sport ishlariga qiziqishni vujudga keltirish va uning barqarorligini saqlab qolish uchun avvalo, o‘qitiladigan 
darslarning emotsional, yorqin va jonli bo‘lishi, tashkil etilgan sport musobaqalari kelgusida kasb egallash, 
ma’lumotini oshirish va sog‘ligini mustahkamlash uchun zarurligini o‘quvchilarga anglatib borish katta 
ahamiyatga egadir. 
Qiziqishlari past yoki tartibsiz bo‘lgan o‘quvchilarning ma’naviy hayoti mazmunsiz va betayin bo‘ladi. 
Bunday o‘quvchilar o‘zlarining nima uchun yashayotganliklarini ko‘pincha bilmaydilar va hayotdan o‘z 
o‘rnini topishga harakat qilmaydi. O‘quvchilardagi qiziqishlarning susayib yoki yo‘qolib ketishi ularning 
aqlini ham pasaytirib qo‘yadi faoliyatni susaytirib yuboradi va boshqa ma’naviy fazilatlariga putur yetkazadi; 
o‘quvchini bekorchilikka moyil, yalqov qilib қўяди. Bunday o‘quvchilar bo‘sh qolgan vaqtlarida nima bilan 
mashg‘ul bo‘lishlarini bilmay zerikadilar yoki vaqtni o‘tkazadigan biror bekorchi ermak topishga urindilar. 
Muayyan sport bilan shug‘ullangan o‘quvchilar har doim tetik, faol bo‘ladilar. Bunday o‘quvchilarning hati 
ma’noli va sermazmun bo‘ladi. Ular doim maqsad yo‘lida olg‘a intiladilar. Qalban vatan hissini, ota - ona 
oldidagi burch va ma’suliyatlarini yaxshi anglay oladilar. 

Yüklə 197,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin