Qobulmurodov Samandar


O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari



Yüklə 36,97 Kb.
səhifə2/2
tarix16.06.2023
ölçüsü36,97 Kb.
#131287
1   2
rasmiy

O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari

O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "Yoshlar" teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati. 1998-yilning 1-sentabridan o'z ish faoliyatini boshlagan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-son Farmoniga asosan «Yoshlar» telekanali va «Yoshlar» radiokanali negizida «Yoshlar» teleradiokanali» yopiq aksiyadorlik jamiyati tashkil qilingan. 2019-yil 15-avgust kuni telekanal faoliyatida rebrending o'tkazilgan. Ularning teledasturlar jadvali: 06:00 "Vatan mehri”, 06:10 milliy serial: "Hayot chorrahalarida", 06:55 "Sog’lom turmush", 07:00 “Yaxshi kun" live, 09:00 "Yangi davr", 10:00 milliy kino, 12:00 "Yettinchi qadam", 13:00 "Inteellektual o’yin", 14:00 “Yangi davr", 14:10 serial: "Mariyam", 15:30 "Biz uddabironmiz", 16:15 "Davr news", 16:30 “Har kuni million” live, 18:00 "to’g’ri tanlov’’, 18:40 “so’ngi rekordlar”, 19:00” Yangi davr”, 19:40 "Avtopatrul", 21:00 milliy serial: "Osio", 22:00 jahon kinosi.
«Yoshlar» teleradiokanali faoliyatining asosiy yo`nalishlari va vazifalari quyidagilardan iborat:
- Yoshlarga oid davlat siyosatini keng targ'ib etish;
- O'zbekiston Respublikasi hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlarni hamda mazkur jarayonda Yoshlarning ishtirokini keng yoritish;
- Yosh avlodni Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.
«Yoshlar» telekanali jamoasi erishayotgan yutuqlar munosib e’tiroflar va yuksak mukofotlarga sazovor bo`lmoqda. Uning xodimlari orasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi unvonlari, «Do`stlik» ordeni, "Jasorat medali" va “Shuhrat” medali sohiblari bor. «Yoshlar» telekanalining o`nlab ijodkorlari «Oltin qalam», «Yilning eng yaxshi jurnalisti», «MTRK sovrini» kabi nufuzli mukofotlarga sazovor bo`lganlar. 2021-yil 18-noyabrdan boshlab, "Yoshlar" telekanali ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega bo'lgan telekanal sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.

Milliy TV – O’zbekistondagi butun oila uchun moʻljallangan nodavlat musiqiy-koʻngilochar va maʼrifiy televizion kanal. Milliy TV 2016-yil sentabr oyidan efirga chiqa boshladi. Qisqa muddat ichida Milliy TV Oʻzbekiston televideniesida yetakchi oʻrinlardan birini egalladi. Milliy TV efir vaqtining 70% oʻzbek tilida, 30% rus tilidagi dasturlardan iborat. 2017-yil 1-yanvaridan kanal oʻz koʻrsatuvlarini tun-u kun efirga uzatishni boshladi.
Milliy TV teledastur jadvali: 6:00 Telekanal madhiyasi, 7:00 Ko’rsatuvlar ko'rsatmalari, "O’jar homilador" t/s, 8:00 “Millar” axborot dasturi, 8:10 “Iqtirof” t/h, 9:15 “So’nggi istak” b/f, 12:10 "Kohinur sehri" b/f, 17:00 ’’Ayol qasosi" t/s, 18:55 “Ojar homilador” t/s 19:55 “Iqror” T/H, 21:00 “Millar” axborot dasturi 21:10 “Baxt ovchisi” t/s, 22:15 "Ip Man 00:5 “Kung Fu Ustasi" b/f, 1:00 “Xayrli tun!” Bu yil, 4-sentabr kuni O‘zbekistondagi xususiy etelekanallardan biri – Milly telekanali faoliyat boshlaganiga 7 yilga to‘ldi.

Zoʻr TV — Oʻzbekistondagi nodavlat koʻngilochar-musiqiy telekanal. 2017-yilning 1-fevral kunidan Oʻzbekiston hududida sinov tarzida efirga uzatilishni boshladi. Shu yilning 1-mart oyidan koʻngilochar dasturlari bilan toʻliq ishga tushdi. Kanal kuzatuvchilari kundan kunga ko’payib bormoqda.


Zo’r TV kanali hozirgi kunda mashxur kanallardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu kanaldagi ko’rsatuvlar qiziqarli, ajoyib, g’aroyib va yangiliklarga boy. Barvaqt uyg’onsangiz “Ertalabdan salom” dasturi ijodkorilar tomonidan ko’ngil ochar lavhalardan bahramand bo’lasiz. Undan so’ng “Bu Kun” yangiliklaridan habardor bo’lasiz. Orada musiqiy tanafuslar ham havola etiladi. Tushlik paytida milliy filmlarni miriqib tomosha qilishingiz mumkin. Shundan keyin kechki dasturlarimizda qiziqarli dasturlaridan biri “YOR-YOR” ko’rsatuvini zangori ekran orqali tomosha qilasiz. Ketma-ket turk va milliy seriallar ekran yuzini ko’radi. Tungi ko’rsatuvlardan biri “Uxlamaysizmi” loyihasi jonli tarzda efirga uzatiladi. “Zo’r TV” men yoqqan telekanallardan biri.


MY5 (Mening Yurtim), Oʻzbekistondagi butun oila uchun moʻljallangan nodavlat musiqiy-koʻngilochar va maʼrifiy televizion kanal. Ushbu kanal faoliyatini 12-noyabr 2014-yildan boshlagan. Hozirgi kunda „Markaziy studiya“, „Hashtag“, „Like bos”, „Yashirin kamera“, „Muzqaymoq Party“, „Hudud“, „Diydor shirin“, „Xush koʻrdik“, „Happy time“, „Kinolife“, „25-kadr“, „Eʼtibor markazida“ kabi koʻrsatuvlari xalq orasida mashhurlikka erishdi. Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan anʼanaviy tashkil etiladigan “Oltin qalam” mukofoti uchun 2019-yildagi xalqaro tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimida televideniya yoʻnalishi boʻyicha birinchi oʻringa “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” dasturi sazovor boʻldi. Sarvar Bahoridov, Amirxon Umarov, Jaloliddin Mirzayev, Hilola Isoqova, Timur Rajabov,Umida Olimova kabi yosh ijodkorlardan iborat jamoa yoshlarga oid davlat siyosatini keng targʻib qilish bilan birga xalqimiz turmush tarzini farovon qilish yoʻlida qator tahliliy-tanqidiy materiallarni efirga uzatib kelmoqda. Hozirgi kunda “Mening yurtim” kanali kadrlar tarkibida o'zgarishlar! Telekanal boshqaruvining asosiy qismi “MY 5” ochilganidan buyon mehnat qilib kelayotgan, kreativ g'oyaga ega, harakatchan yoshlarga ishonib topshirildi. 24 yosh bo'lgan bu azamatlar telekanalni yangi bosqichga olib chiqadi, yangi marralarni zabt etadi deb umid qilamiz. 2019-yilning 11-iyulidan boshlab: Amirxon Umarov – telekanal ijodiy direktori (Bosh prodyuser). Rustam Eshbekov – telekanal qoshidagi “My5 Productions” MCHJ direktori. Jaloliddin Mirzayev – “MY 5 Productions” MCHJ direktori o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatadi. “Mening yurtim” telekanalining yangi dasturlar jadvali aynan yuqoridagi uchlik tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Yoshlarga oid davlat siyosati va Prezidentimizning besh ijobiy tashabbusi yoshlarbop formatda, zamonaviy unsurlar va xalqaro mezonlar asosida keng yoritib boriladi. Albatta, ularning muvaffaqiyati uchun katta jamoa, tajribali mutaxassislar va o'z ishining ustalari ko'maklashadi.

Internet bugungi axborot makonining muhim bo'g'iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog'i, balki kosmik aloqa yo'ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 2 milliard ortiqroq kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to'g'riligini tasdiqlaydi.


50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyega 13 yil, kabel televideniyega 10 yil kerak bo'lgani holda, bu bosqichni internet 5 yilda bosib o'tdi. Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta'sir ko'rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g'oyaviy ta'sir o'tkazishning miqyosi va ko'lamining keskin darajada o'sishiga olib keldi.Internet bugungi axborot makonining muhim bo'g'iniga aylandi.
Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini quyidagi raqamlardan bilib olish mumkin: 2000 yildan 2012 yil oxiriga qadar dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni esa 13,4 barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1 mlrd. kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln. kishi) Yevropa, 11,4 % (274 mln. kishi) Shimoliy Amerika qit'alariga to'g'ri keladi. Jahon veb-auditoriyasining 45 %ini 25 yoshgacha bo'lgan shaxslar tashkil etadi. Mazkur o'smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo'natadi, 51 % ijtimoiy tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda
600 mln.ga yaqin internet saytlar mavjud bo'lib, har oyda o'rtacha 201,4 trln. videorolik ko'rib chiqiladi, har kuni 144 mlrd. elektron maktub jo'natiladi.
Ko'pgina Internet foydalanuvchilari mobil qurilmalar yordamida Internetga kirishni afzal ko'rishadi - 2018 yilda keng polosali ulanishning ulanish soni 5,3 milliardga yetdi, 2007 yildagi 268 millionga nisbatan. Dunyoda 100 kishiga to'g'ri keladigan ushbu turdagi aloqa ulushi 2007 yildagi 4% dan 2018 yilda 69,3% gacha o'sdi. 2018 yil oxiriga kelib 1,1 milliard simli internet aloqasi qayd etildi. 4 milliard Internet foydalanuvchisi 2018 yil yanvar oyining oxirida biz "We Are Social" global media-agentligi va "HootSuite" ijtimoiy media boshqaruv platformasini ishlab chiquvchisi hisobot chiqardi, unga ko'ra dunyo bo'ylab to'rt milliarddan ortiq odam Internetdan foydalanadi. Internetdan foydalanuvchilar soni 2018 yil oxiriga kelib 4,021 milliardni (dunyo aholisining 53 foizini) tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 7 foizga ko'pdir.
Aholining keng qatlamlari foydalanishi mumkin bo'lgan smartfonlar va mobil aloqaning tarif rejalari narxlarining pasayishi tufayli yangi foydalanuvchilarning aksariyati tarmoqda paydo bo'ldi. 2017 yilda 200 milliondan ortiq kishi birinchi marta mobil qurilmani sotib oldi. Shunday qilib, dunyo aholisining uchdan ikki qismidan ko'prog'i mobil telefonlarni (asosan, smartfon) sotib olgan. Foydalanuvchilar soni mobil telefonlar 2018 yilda bu 5,175 milliard kishini (68%) tashkil etadi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 4 foizga ko'pdir.
Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga ko'ra 2020 yilga kelib Internet 60 foizga ega bo'ldi. Bu degani dunyoda 4,1 milliard kishi Internet bilan ta'minlandi.
O'zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni -22,1 milliondan oshdi. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni -19 millionni tashkil etmoqda. Mamlakat bo'yicha aholi punktlarining mobil aloqa bilan qamrab olinishi darajasi 97 foizni, mobil internet qamrovi esa 87 foizni tashkil etdi.[6] 26 mingga yaqin "uz" domenidagi veb-saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq vebsayt ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatga olingan. Internetning ta'sir kuchi beriladigan materiallarning tezkorligi, ko'tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif etishiga ko'p darajada bog'liq.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, shuni unutmaslik kerakki, "bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv
shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin"[5].
Unda o'z-o'zini o'ldirishning oson yo'llarini targ'ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo'la oladi. Mutaxassislar o'tkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko'rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog'idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya'ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo'lishi yo'liga to'siq qo'ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat'i nazar, ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o'smirlar onlayn pornografiya ta'siriga tushishi qayd qilinadi.
Shuningdek, mutaxassislar ma'lumotlariga ko'ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o'yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo'ravonlik va yovuzlik ko'rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o'yinlarda esa o'yin qahramoni o'z maqsadiga etishish uchun shunday zo'ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o'yinlarda ana shu zo'ravonlik va yovuzlikning o'zi bosh maqsad hisoblanadi.
Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o'ziga xos qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, dunyo bo'yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 10 foizi unga mustahkam bog'lanib qolgan.
BMT Bosh assambleyasi 2006 yil 8 sentabrda qabul qilingan "BMTning global aksilterror strategiyasi"da yangi uslublar qatorida bioterrorizm hamda internetdan terror maqsadida foydalanishning oldini olish choralarini kuchaytirish alohida qayd etilgan. 2007 yil noyabrda AQSH Davlat departamenti "Tashqi raqamli aloqalar guruhi" nomli maxsus axborot dasturini joriy qilgan. Dastur maqsadi - arab, fors, urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat va bloglarda AQSH siyosati haqidagi dezinformatsiya (noto'g'ri ma'lumotlar)ga qarshi kurash hisoblanadi. Dasturga ko'ra, zarur hollarda, departament xodimlari internet orqali rasman muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma'lumot keltirishi ko'zda tutilgan. So'nggi yillarda terroristik tashkilotlar g'oyalarini targ'ibtashviq qilishga qaratilgan vebsaytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo'lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud bo'lib, ularga xizmat ko'rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar to'satdan paydo bo'ladi, vaqt o'tgach yo'qoladi, mazmunini o'zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va domenini o'zgartirib turadi.
Yüklə 36,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin