Dizenteriya amyobasi (Entamoeba histolytica) — amyobalar turkumiga mansub bir hujayrali parazit hayvon. Rus olimi F. A. Lesh 1875 y. kashf etgan. Koʻp hollarda amyoba sistasi odam yoʻgʻon ichagidagi axlatda koʻpayadi, lekin ichak epiteliysiga ziyon yetkazmaydi. Bunday hollarda odam dizenteriya bilan ogʻrimasdan amyoba sistasini tashuvchi hisoblanadi. Bu amyobaning ichak boʻshligʻida yashaydigan shakli boʻlib, uz. 20 mkm ga yetadi.

D. a.ning soxta oyoklari boshqa amyobalarnikiga nisbatan ancha kalta va yoʻgʻon; yadrosi yumaloq; endoplazmasida yutilgan bir necha bakteriya boʻlishi mumkin. Ichak boʻshligʻida D. a. qobiqqa oʻralib, sharsimon sistaga aylanadi. Yetilgan sistaning yadrosi 4 ta; yetilmaganlarida 1—2 yoki 3 ta boʻladi. Sistalar axlat bilan tashqi muhitga chiqadi; u yerdan oziq-ovqat yoki qaynatilmagan suv bilan yana odam ichagiga oʻtadi, rivojlanib metatsista (8 ta yosh amyobali) holatini oʻtib, ichak boʻshligʻida yashaydigan shaklini hosil qiladi.Ayrim hollarda ichak boʻshligʻidan uning epiteliysi hujayralariga kirib koʻpayib, yara hosil qiladi