Muzaffar menda bebosh qahramon taasurotini qoldirdi.To’g’ri yoqimtoy, lekin bezori.Muzaffar bolaligidan to esini tanigunicha otasi shomurod qo’lida tarbiya topadi.Otasining Robiyaga uylanishi unga va tarbiyasiga juda yaxshi foyda keltiradi,chunki otasi ishini deb daladan beri kelmas,bola tarbiyasi bilan shug’ullanishga vaqti yo’q edi.Robiya ham o’z navbatida Muzaffarni o’z o’g’lidek ko’rib oq yuvib oq tarab tarbiya qiladi.
Muzaffar boshlang’ich ta’limni tengdoshlari qatori o’z uyiga yaqin maktobda oladi. Katta sinfga o’tgach qo’shni qishloqdagi maktobga o’tadi,va u yerda Munavvar ismli qizga ko’ngil qo’yadi.O’shanda u Munavvarning aslida sut bir singlisi ekanligini ham kelajakdagi mudhish fojiali taqdirini ham bilmaydi.Keyinchalik Munavvarning ham unda ko’ngli borligini biladi.U bilan birga bo’lish uchun Munavvar o’qimoqchi bo’lgan institutga kiradi.
Hammasi yaxshi ketayotgan edi ikki yosh birga baxtli edi,Muzaffar sovchilikka onasini jo’natadi.Bashoratxon ham qiziga yaxshi ko’rganing bo’lsa ko’chada qo’l ushlashib yurmay sovchisini jo’natsin beraman deydi. Muzaffarni onasi sovchilikka boradi, va u yerda Bashoratxonni tanib qoladi.Gap shundaki Muzaffar chaqaloqligida onasi Umar zakunchi bilan qochib ketadi.Qo’lida Muzaffar bilan qolgan Shomurod nima qilishni bilmay qoladi,o’shanda qishloqda bitta yosh bolali Bashoratxon edi.Shunday qilib taqdir taqazosi bilan Muzaffar va Munavvar sut bir aka singil bo’lishadi.
Onasi sovchilikdan qaytib u qizni olib bermasligin aytadi.Buning sababini aytishmaydi.Muzaffar buni o’ylab juda qattiq siqiladi.Huddi shunday holat Munavvarda ham kuzatiladi,buning sababini bilishgach ikkisi ham sho’kka tushib qolishadi .Chunki to’y qilaylik desa bir-biriga aka singil,to’y qilmay desa Munavvar homilador bo’lib qolgan edi.Ikki yosh ikki o’tni,ikki eshikni orasida qolib ketishadi.Aynan mana shu holatdan asar nomi olingan deb o’ylayman…….
O’sha kuni kechasi bilan Muzaffarga ham Munavvarga ham uyqu kelmadi, erta tongga yaqin Toshkentda juda kuchli zilzila sodir bo’ladi.Bu zilziladan so’ng Munavvar o’z uyida o’lgan edi.Hamma uni zilzilada devor bosib qolgan deb o’ylashardi,aslida esa u kechasi bilan o’ylab bunday sharmandalikka chidolmay o’z joniga qasd qiladi.Bu ikki yoshning bunday og’ir qismatiga o’zlari emas,balki Muzaffarning onasi qilgan hiyonat sabab deb o’ylayman.