7 TA XOTIRANI RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR
Ma’lum bo‘lishicha, “Mening xotiram yomon” jumlasi neyrobiologlar uchun
“Fitnes-klubga borishga erinaman, shuning uchun semizman” degandek tuyuladi.
Zero, xotira – bu “mashq qildirish” mumkin bo‘lgan “mushak”. Mushak esa yomon
yoki yaxshi bo‘lmaydi, faqatgina erinchoq odamlar bo‘ladi. Quyida Siz uchun
«Xotira pand bermaydi» nomli kitobdan hattoki 80 yoshda ham 20 yoshlik
odamning xotirasini saqlab qolishga yordam beradigan yettita mashqni tanlab oldik.
Eh-he!
G‘ALATI HAYVONOT BOG‘I
Oldingizda ba’zilari yoqimtoy, ba’zilari esa buning aksi bo‘lgan bir nechta tirik
jonzotlar turibdi. Sizda ularni eslab qolish uchun bir daqiqa bor. Daqiqa o‘tgach bu
rasmni olib qo‘ying va.... …barcha jonivorlarning nomini alfavit tartibida yozib
chiqing.
YASHIL YUBKA, TASMALI SOCH O‘RIMI
Yashil yubka, tasmali soch o‘rimi Tanishing, bu Mariya, Bibiana, Mersedes
va Xuana. To‘g‘ri, biz uchun bir oz noodatiy ismlar, ammo zarari yo‘q. Bu to‘rt
qizchaning kiyimlari, buyumlari va ismlarini 90 soniya davomida eslab qoling.
So‘ngra eski sxema bo‘yicha ish tuting: suratni yuqoriga varaqlab, pastdagi
savollarga javob bering.
1. Kimning sochida yashil tasma bor: Mariyadami yoki Bibianada?
2. Yashil etik kiygan qizning ismi nima?
3. Qizlarning qaysi birida chyolka va xolli kostyum bor?
4. Qizlarning qaysi birida mushukcha bor: Xuanadami yoki Bibianada?
YODLASH DAQIQASI
Yodlash daqiqasi Quyida odamlar va ularning hayotlaridagi ayrim hodisalar
bog‘liq bo‘lgan sanalar yozilgan. Siz bu ro‘yhatni uch martta o‘qishingiz kerak.
So‘ngra uni chetga olib qo‘yib, eslab qolganlaringizni yozing.
Vitya va Flora 1976 yil 17 iyulda turmush qurgan.
Larisa 1987 yil 12 mayda tug‘ilgan.
Yulya 2013 yil 21 iyunda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
Mer 2015 yilning 25 fevraliga ulkan tadbirni rejalashtirgan.
QORA QULOQLI OQ BIM
Endi Sizda ushbu hayvonlar va ularning laqablarini eslab qolish uchun 30
soniya bor. Bu vaqt o‘tganidan so‘ng suratni yoping va xotirangiz sehrini namoyon
etishga harakat qiling.
TARIXNI YOZAMIZ
Sizda mashhur tarixiy shaxslarning ismlari va tug‘ilgan sanalarini eslab qolish
uchun 90 soniya bor. Endi esa....
Tomas Edison 1847
Kardinal Rishelye 1585
Mariya Kyuri 1867
Galiley 1564
Volter 1694
Nikollo Paganini 1782
Sara Bernar 1844
Rabindranat Tagor 1861
....biz barcha ismlar va sanalarni ulkan vaqt idishiga solib, hammasini
aralashtirdik. Har bir tarixiy shaxs uchun to‘g‘ri tug‘ilganlik yilini toping. Lekin,
yashirincha kitobga qaramang!
Kardinal Rishelye 1861
Nikollo Paganini 1564
Mariya Kyuri 1585
Galiley 1867
Tomas Edison 1694
Sara Bernar 1782
Volter 1844
Rabindranat Tagor 1847
DEYARLI SHO‘RO GILAMI
Quyida keltirilgan suratga qarang – uning nimasidir sho‘rolar davridagi gilamni
eslatadi. Kvadratlarga qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt qarang. Barchasini eslab
qolganingizga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng, suratni yoping va pastdagi
savollarga javob bering.
Suratda uchta yaproqli nechta gul tasvirlangan?
Suratda nechta qora gul tasvirlangan?
Suratda faqat beshta yaproqqa ega, ammo boshqa hech qanday
qo‘shimcha elementi bo‘lmagan gullar nechta?
FAQAT KRIPTOGRAFIYA, FAQAT XARDKOR
Agar avvalgi mashqlar juda oson tuyulgan bo‘lsa, navbatdagisi Sizdan ancha
e’tiborni talab qiladi. Sizda mazkur maxfiy shifrni eslab qolish uchun ikki daqiqa
bor. So‘ngra dovyuraklarcha suratni yashirib, pastdagi uchta so‘zni yechishga urinib
ko‘ring.
Tayyormisiz? Ketdik! (E’tiborlisi, bu mashqni haqiqatdan ham bajarish
mumkin. Bir oy davomida har kuni mashq qilinsa, hattoki Tyuring ham Sizga hasad
qila boshlaydi, chunki har qanday kriptografik masalalar Sizga cho‘t bo‘lmay
qoladi).
Tabriklaymiz, Siz hozirgina xotirangizni juda yaxshi quvvatlab oldingiz.
Oxirida esa, xotira gigantiga aylanish uchun yana bir nechta oddiy, ammo zarur
maslahat.
E’tiborli bo‘ling. Sport bilan shug‘ullaning. Tashqi tartibga rioya qiling: doim
ko‘p martta qo‘llaniladigan narsalarni bir joyda saqlang. Qo‘shiqlar kuylang,
retseptlarni tushuntiring, she’riyatni yoddan ayting va farzandlaringiz yoki
nabiralaringizga so‘zlab berish uchun ertaklarni eslab qoling. Ko‘rish yo‘nalishlarini
belgilang va g‘oyalarni (abstrakt va aksincha) obrazlarga bog‘lang.
Boshqotirmalar, krossvordlarni yeching, topishmoqlarni toping, domino va
shaxmat o‘ynang. Odamlar bilan suhbatlashing. Optimist bo‘lin. Va albatta, kitoblar
o‘qing!
Dostları ilə paylaş: |