tоmir germetikligi va o’tkazuvchanligini tekshirib kurish.
Tоmirlarga chok qόyish usullari:
Tоmirni Karrel bόyicha tikish
Tоmirni Ĝorsley bόyicha tikish
Tоmirni Mоrоzоv bόyicha tikish
Tоmirga meхanik chok qόyish
Tоmirlarni tikish uchun kerakli asbоblar:
Elastik qon tоmir qisqichlari, kόz pincetlari, igna tutkdchlari, Deshan, Kόper ignalari, atravmatik ignalar, metal va shina kanyulalar, vitil yoki tantal naylari, Dоneck, Demiхоv halqalari.
Tоmirni Karrel bόyicha tikish Jarohatlangan sohada qon-tomir ochiladi, ivigan qon olib tashlanadi,arteriya jarohatlangan joyda yuqorida, pastda izolyasiya qilinadi, atrof to’qimalardan ajratiladi.Jarohatlangan joydan bir oz tashlab, arteriyaning ikkala uchiga rezina prokladkali elastic tomir klemmalari qo’yiladi.Tomirning tikiladigan uchlari 2-3 ta chok-tutqichlar bilan biriktiriladi,ana shu chok-tutqichlar cho’zib tortilganda tomirning ulangan qirg’oqlari tashqariga qarab ag’dariladi.Intima-intimaga zich tutashishi natijasida, tomirning chok atrofidagi sohasi uchburchak shaklini oladi.Operatsiya jarayonida tomirning uchi iliq fiziologik eritma bilan yuviladi.Chok-tutqichlar oralig’idagi tomirning bir-biri bilan tutashtirilgan qirgoqlari uzluksiz chok bilan tikiladi.Bu chokda igna tomir devorining hamma qavatini teshib o’tishi, igna sanchilgan joylar orasi 1 mmdan oshmasligi va iplarni tortgandan so’ng iplar tomirning ichki tomoniga chiqib qolmasligi uchun igna tomirning tikiladigan qirgog’idan joy qoldirilib sanchilishi kerak.Qon tomir diametric bo’ylab uzluksiz chok qo’yib bo’lgandan so’ng qon-tomir qisqichlari echib olinadi, jarohat tampon yordamida quritilad.Choklar germetikligi tekshiriladi.Jarohat qavatma-qavat tikiladi.
1957 yilda D.A.Donetskiy tomirlarni tikanakli metal halqalar yordamida birlashtirish usulini ishlab chiqdi.Tomirning markaziy oxiri halqalarga kiydiriladi va uning qirg’oqlari intima qavati tashqariga qaratilib b halqaning aylanasi bo’ylab ag’dariladi va tomir devorini teshib o’tgan tikanaklar bilan mustahkamlab qo’yiladi.So’ng tomirning bu sohasi uning pereferik sohasi ichiga kiritiladi, uning qirg’oqlari ham halqa tikanaklari bilan mustahkamlab qo’yiladi.