15-§.Qonaylanishsistemasihaqidaumumiytushuncha Yurakningtuzilishivaishlashi Qon aylanish sistemasi organlariga yurak, arteriya, kapillarlar, vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to’xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydi.
Yurakningtuzilishi.Yurak qon aylanish sistemasining markaziy organi bo’lib, vazni erkaklarda 220 - 300 g gacha, ayollarda esa 180 - 220 g gacha bo’ladi.
Yurak ko’krak qafasida to’sh suyagining orqasida, ikkala o’pka-ning o’rtasida joylashgan. Uning ko’proq qismi ko’krak bo’shlig’ining chap tomonida turadi (29- rasm).
Yurak devori uch qavatdan: ichki epiteliy qavat - endokard,o’rta - muskul, ya’ni miokard va tashqi — perikarddan iborat. Perikard ikki qavat bo’lib, ichki qavati yurak muskuligayopishib turadi, u epikarddeb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida yurakni o’rab turadi. Ikkala qavat o’rtasidagi bo’shliqdagi suyuqlik yurakning qisqarish va kengayish harakatlarigaishqalanishni kamaytiradi.
Yurak to’rt kamera: o’ngva chapbo’lmalar,o’ngva chapqorinchadantashkil topgan. Bo’lmachalarning devori yupqaroq, qorinchalar, ayniqsa chap qorinchaning devori qalin, uningmuskullari kuchli rivojlangan. Chap qorincha yuqori bosim ostida qon tomiriga qon haydab, katta qon aylanish doirasi orqali tananing hamma organ va to’qimalarini qon bilan ta’minlaydi.Yurakda to’rtta klapan(qopqoq) bo’lib, chap bo’lma bilan chap qorincha o’rtasida ikkitavaqali,o’ng bo’lma bilan o’ng qorincha o’rtasida uchtavaqali,chap qorincha bilan aorta qontomiri o’rtasida hamda o’ng qorincha bilan o’pka arteriyasi o’rtasida bittadan yarimoysimonklapanlarjoylashgan. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular qonni faqat bir t omonga, ya’nibo’lmalardan qorinchalarga, qorinchalardan esa aorta va o’pka arteriyasi tomonga oqishini ta’minlaydi.