LANGERAYS VA JUNIOR 2012 yil fevral oyida Vermont universiteti olimlari (AQSh) Qizil Xoch Qon markazining (Red Cross Blood Center) yaponiyalik hamkasblari va Milliy qon quyish institutining (French National Institute for Blood Transfusion) fransuz olimlari bilan hamkorlikda ikkita yangi «qo’shimcha» qon guruhlari — eritrositlar sirtida mavjud ABCB6 va ABCG2 oqsilni kashf qilishdi. Ushbu oqsillar transport oqsillariga tegishli (hujayraga va undan tashqariga ionlarni, metabolitlarni tashishida ishtirok etadi).
VEL-MANFIY GURUH Birinchi marta 1950-yillarning boshlarida, yo’g’on ichak saraton kasalligiga chalingan bemorga qayta qon quyishdan so’ng donor materialini kuchli rad etish reaktsiyasi boshlanganida aniqlangan. «Revue D’Hématologie» tibbiyot jurnalida chop etilgan maqolada, bemor ayolning ismi missis Vel deb atalgan. Keyinchalik, birinchi qon quyishdan so’ng, bemorda noma’lum molekulaga qarshi antitanalar ishlab chiqilgani aniqlandi. Reaktsiyani keltirib chiqargan moddaning o’zi hech ham aniqlanmasdi, yangi qon gurhi esa bemorning sharafiga «Vel-manfiy» deb atala boshlandi. Bugungi statistika ma’lumotlariga ko’ra, ushbu guruh 2500 kishidan bittasida aniqlanadi. 2013-yilda Vermont universiteti olimlari moddani aniqlashga muvaffaq bo’lishdi, u oqsil bo’lib chiqdi va SMIM1 deb nomlandi. SMIM1 oqsilining kashfiyoti o’rganilgan qon guruhlarining sonini 33 taga yetkazdi.
INSON QONI GURUHLARINING MUVOFIQLIGI AB0 qon guruhlarining mos kelishi nazariyasi ikkinchi jahon urushi davrida, donorlik qonining katastrofik yetishmovchiligi sharoitida paydo bo’ldi.
Qon donorlari (beruvchilar) va retsipientlar (qabul qiluvchilar) «muvofiq» qon guruhlariga ega bo’lishi kerak. Rossiyada hayotiy belgilarga ko’ra va bir guruhli ABO qon tarkibiy qismlari yo’q bo’lgan holatlarda (bolalardan tashqari), barcha qon guruhli bemorlarga 500 ml gacha miqdorda rezus-manfiy 0(I) guruhli qon quyish mumkin hisoblanadi. Rezus-manfiy eritrotsitlar massasi yoki A (II) yoki B (III) qon guruhlarining donorlaridan olingan suspenziya hayotiy zarur ko’rsatmalarga ko’ra rezus omiliga qaramasdan, AB (IV) guruh retsipientiga quyilishi mumkin. Bir guruhli plazma bo’lmaganda, retsipientga AB (IV) guruhining plazmasi quyilishi mumkin.
XX asr o’rtalarida 0(I) Rh- guruhli qon boshqa barcha qon guruhlari bilan mos kelishi taxmin qilingan. 0 (I) Rh guruhi bo’lgan odamlar «universal donorlar» deb hisoblanishgan va ularning qoni har qanday muhtojlarga quyilishi mumkin edi. Hozirgi vaqtda bunday qon quyish umidsiz vaziyatlarda mumkin hisoblanadi, ammo 500 ml dan ko’p emas.
0(I) Rh- guruhi qonining boshqa guruhlar bilan mos kelmasligi nisbatan kam kuzatilgan va bu holat uzoq vaqt davomida e’tiborga olinmagan. Quyidagi jadvalda qaysi qon guruhli kishilar qon olishlari mumkinligi ko’rsatilgan ( + belgisi bilan mos keladigan kombinatsiyalar keltirilgan). Masalan A(II) qon guruhi sohibi 0(I)Rh- yoki A(II)Rh- guruh qonini olishi va AB(IV)Rh+, AB(IV)Rh-, A(II)Rh- yoki A(II)Rh+ guruh sohiblariga qon berishi mumkin.