Qon plazmasi. Qon plazmasi oqsillari va ularning funksional mohiyati



Yüklə 118,98 Kb.
səhifə8/13
tarix07.01.2024
ölçüsü118,98 Kb.
#205190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
QON PLAZMASI. mohigul

Qon ivishiga qarshi tizim.
Qon ta’minlovchi omillarning hammasi tomirlardagi qonda mavjud bo’lganiga qaramay, u ivib qolmaydi. Bu qonda ivish tizimi bilan bir qatorda, uning ivishining oldini oluvchi tizim borligiga bog’liq. Ivishga qarshi tizim ham o’z ichiga anchagina omillarni qamrab olgan. Ularga birinchi galda antitromboplastinlar kiradi. Antitromboplastinlar XII omil va protrombinni trombinga aylanishini ingibirlovchi modda. Qonda bir nechta antitrombinlar bor. Ularning ichida eng kuchli antirombin III, uning yetishmovchiligi tromboemboliyalarga (qonni tomirlarga ivib qolishiga) sabab bo’ladi.
Qon ivishining oldini oluvchi kuchli moddalardan (antikoagulyantlardan) geparinni ko’rsatish mumkin. U biriktiruvchi to’qimalardagi semiz hujayralarda va bazofillarda sintezlanadi. Geparin ivituvchi omillar faolligini susaytirib, qon ivishining hamma bosqichlarini sekinlashtiradi.
Aktitromboplsatinlar, antitrombinlar va geparin birlamchi antikoagulyantlarni tashkil qiladi. Bular qonda doim uchraydi. Ulardan tashqari qon ivishi jarayonida paydo bo’ldigan ikkilamchi antikoagulyantlar ham bor. Masalan, qon iviganda paydo bo’ladigan fibrin trombinning 90 % ini o’zaro biriktirib, faolsoz holatga o’tadi. Shu sababdan fibrinni antitrombin – I deyiladi.
Fibrin hosil bo’lish jarayonida fibrinogendan ajralib chiqqan peptidlar ham antikoagulyantlik xossasiga ega. Fibrin parchalanganda (fibrinoliz jarayonida) juda kuchli antikoagulyantlar paydo bo’ladi. Ular trombin faolligini tormozlaydi, trombositlarning g’ujlanishiga yo’l qo’ymaydi.
Qon ivishining hamma bosqichlarida jarayon tezligini chegaralovchi omillar o’z-o’zidan paydo bo’ladi.
Qonning suyuqligicha qolishining boshqa sabablari ham bor. Tomirlar endoteliyning silliqligi Hageman omilining faollashishiga va trombositlarning yopishib qolishiga halaqit beradi. Qon tomirlarining ichki yuzasi va shaklli elementlar manfiy zaryadga ega. Demak, shaklli elementlar tomirlar yuzasidan qochadi. Tomirlar yuzasi juda yupqa qavatdan iborat. Erigan fibrin bilan qoplangan. U ivituvchi faol omillarni, xususan trombinnni o’ziga biriktirib oladi. Qonning oqimi tez bo’lganidan gemakoagulyatsiya omillarini bir joyda ko’p miqdorda yig’ilib qolishiga yo’l qo’ymaydi.

Yüklə 118,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin