“Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali qurol” Reja: I. Kirish. Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi.
II. Asosiyqism:
1.Korrupsiyaning tarixiy o’zaklari.
2.Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosating asosiy yo’nalishlari.
3.Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o’tkazish eng samarali usul.
III. Xulosa.Korrupsiyani birgalikda yengamiz!
Korrupsiya bir necha ming yillik tarixga ega. Yozma manbalarda korrupsiya haqida eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatibo’tiladi.Korrupsiya bizning kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki,boshqa illat kabi,uni ham tag-tugi bilan yo’qotib bo’lmaydi.Hatto rivojlangan G’arb davlatlari ham korrupsiyaga butkul xalos bo’lolmagan. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish dunyo miqyosida bo’lgani kabi mamlakatimizda ham kun tartibidagi dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda.Ta’kidlab o’tish o’rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag’al bo’lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo’yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Biz quyidagi korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.
Korrupsiya atamasi ko’p hollarda siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi.Korrupsiya ko’plab davlatlarning jinoyat va ma’muriyat qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. Korrupsiyaning tarixiy o’zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo’lish uchun qabila sardorlariga sovg’alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to’siq ekanligi ko’rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi.Qadimgi davlatlarni, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchiorganlarning poraxo’rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Jumladan, Injilda “Sovg’alarni qabul qilma, chunki sovg’a ko’rni ko’radigan qiladi va haqiqatni o’zgartiradi” deyilgan bo’lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo’l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo’lgan narsalarni olish uchun o’z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar- ushbu vaziyat huquqni qo’llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo’llash imkonini yaratadi. Shuningdek ,ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “Vilka” sanksiyalarini ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo’qligi sudyada uni o’z hohishiga qarab qo’llashga sharoit yaratib beradi.
Aholi huquqiy savodxonligi pastligi- aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o’zining shaxsiy manfaati yo’lida qonunlardan foydalanishga qulay sharoit yaratadi.
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi – mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog’liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi. Ijro hokimiyatining birligi tamoyilining buzilishi – aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi.
2017-yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Shu davrdan buyon O’zbekiston davlat sektorida korrupsiyaning oldini olish uchun sa’y-harakatlarini ikki barobar oshirdi va ushbu maqsadga erishish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirdi.Har qanday davlatning rivojlanish zamirida xoh u iqtisodiy, xoh siyosiy bo’lsin ushbu davlatdagi jinoyatchilikka qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va albatta korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish bilan bog’liq davlatning siyosati yotadi.
Korrupsiya birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi,bu esa barcha sohadagi islohatlarning natijasiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy ma’daniyatning yetarli darajada emasligi, o’z haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzulishini ko’paytiradi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, g’arb andozasiga o’xshasa-da, mazmun-mohiyatiga ko’ra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga siljishimizga halaqit beradi.
Sayyora Abdig’aporova