O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH
TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-
noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 6-yanvarda
ma’qullangan
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-
modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
2003-yil, № 3-4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi,
2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-
modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda, № 8, 383-modda;
2018-yil, № 10, 674-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 9, 588-modda)
quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda ikkinchi qismining ruscha
matnidagi
“zakonodatelstvom, prinyatim” degan
so‘zlar “zakonami, prinyatimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 33-moddaning ruscha
matnidagi
“zakonodatelstvom” degan so‘z “zakonami” degan
so‘z bilan almashtirilsin;
3) 85-modda to‘rtinchi qismi 8-bandining ruscha
matnidagi
“zakonodatelstvom” degan
so‘z “zakonodatelnimi aktami” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 86-modda beshinchi qismi 8-bandining ruscha
matnidagi
“zakonodatelstvom” degan
so‘z “zakonodatelnimi aktami” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 93-modda birinchi qismi 16-bandining o‘zbekcha
matnidagi
“qonun hujjatlari” degan
so‘zlar “qonunchilik” degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 98-modda uchinchi qismining o‘zbekcha
matnidagi
“qonun hujjatlariga” degan
so‘zlar “qonunchilikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
7) 100-modda sakkizinchi xatboshisining o‘zbekcha
matnidagi
“qonunlariga” degan so‘z
“qonunchiligiga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
8) 107-moddaning
birinchi qismi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi,
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar
va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar
sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy
sudlari va tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir”;
9) 117-modda sakkizinchi qismining o‘zbekcha
matnidagi
“qonunlarga” degan so‘z
“qonun hujjatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy
hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi