Bob yuzasidan xulosa Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir.
Huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki shaxs o’z hatti harakatlarining qonuniy ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o’zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo’lib hisoblanadi.
Huquqiy tarbiya boshqa turdagi tarbiya bilan o’zaro yaqin. Masalan, shaxsda mehnatga bo’lgan munosabatni shakllantirishda ko’r-ko’rona itoatkorlikka emas, balki jamiyat va davlat manfaatlariga, davlatning tartib va qonunlarini hurmat qilishga o’rgatish lozim.
Axloq normalari bilan huquqiy normalar bir biriga juda yaqin turadi. SHaxs axloqsiz bo’lsa, u qonunlar talabiga rioya qilmaydi. Binobarin, bunday shaxsni huquqiy tarbiyalash samarasiz bo’ladi, hatto jazo choralarini ham to’g’ri yo’lga solish qiyin.
Huquqiy tarbiya tizimi uch tarkibiy qismdan tashkil topadi: davlat belgilangan qonun qoidalarini o’qitish; ularni jamiyat aozolari o’rtasida tashviqot qilish; o’quvchi yoshlarni qonun qoidalar ijrosida bevosita ishtirok etishga o’rgatish.
Huquq normalarini o’qitish deyilganda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan dastur asosida shaxsga bilim berish tushuniladi. YUridik bilim berish umumiy va maxsus yo’nalishlarda bo’lish mumkin. Masalan, yuridik institutlar, fakultetlarida, «yurist operativ xodim» malakasi beriladi. Xalq maorifi tizimining barcha bug’inlarida aniq dastur asosida umumiy huquqiy bilim beriladi.
Huquqiy normalarni tashviqot qilishda jamiyat aozolari bilishi lozim bo’lgan qonun qoidalarni, qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, buyruq va yo’llanmalarni turli vositalar yordamida aholii orasida tashviqot qilishdir. Huquqiy normalarni aholiga tushuntirish muhim qonunchilik prinsipi bo’lib hisoblanadi. Qonunchilik talabiga ko’ra har bir yangi qonun qoida matbuotda elon qilingandan keyin maolum vaqt utgach amal qila boshlaydi. Yangi tartib qachondan boshlab joriy qilinishi huquqiy normaning o’zida ko’rsatiladi.