Qo’qon Davlat pedogogika instituti tabiiy fanlar instituti kimyo yo’nalishi 1- bosqich 02/22 gurux talabasi



Yüklə 173,87 Kb.
səhifə3/6
tarix06.10.2023
ölçüsü173,87 Kb.
#152677
1   2   3   4   5   6
dilnavoz taqdimot

Aylanadigan tushirish usuli Usulning mohiyati ogʻirroq suyuqlikda aylanadigan suyuqlik tomchisining diametrini oʻlchashdir . Ushbu oʻlchov usuli interfaal kuchlanishning past yoki ultra past qiymatlarini oʻlchash uchun javob beradi. U mikroemulsiyalar uchun, neft ishlab chiqarishda sirt faol moddalar (sirt faol moddalar) samaradorligini oʻlchash, shuningdek, adsorbsion xususiyatlarni aniqlash uchun keng qoʻllaniladi.


Dinamik usullar: du Nuy usuli (halqani yirtish usuli). Stalagmometrik yoki tomchilarni hisoblash usuli. Maksimal qabariq bosimi usuli. Tebranuvchi reaktiv usul. Turuvchi toʻlqin usuli. Sayohat toʻlqini usuli.

2.Ideal suyuqlik va uning xususiyatlari Ideal suyuqlik - goʻyoki mutlaq yopishqoqlik, qisilish va issiqlik oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlmagan suyuqyaik; suyukliklarning ideallashtirilgan modeli. Kichik tezlikda oqadigan suyuqliklarga doir tushuncha. I. s. gidromexanika va aerodinamikoyu. keng qoʻllaniladi. Yopishqoklik va b. xossalar asosiy omillar deb karalmaydigan va ularni hisobga olmaslik mumkin boʻlgan nazariy ishlarda, real su-yuqliklar va gazlarning harakatiga doir baʼzi masalalarni yechishda I. s. tushunchasidan foydalaniladi. Gidravlika fanida nazariy tatqiqotlarini soddalashtirish maqsadida ideal suyuqliklardan foydalaniladi. Bosim va harorat ta`sirida o’z hajmini mutloq o’zgartirmaydigan yoki mutloqo siqilmaydigan «o’zgarmas zichlikka ega bo’lgan va ichki ishqalanish kuchi bo’lmagan qovushqoqligi bo’lmagan suyuqliklarga ideal suyuqliklar deb aytiladi. Tabiatda aslida ideal suyuqlik bo’lmaydi, ya`ni tabiatdagi barcha suyuqliklar real suyuqlikdir. Tinch turgan suyuqliklarda urinma kuchlanishlari bo’lmaydi. Harakatdagi suyuqliklarda esa urinma kuchlanish bo’ladi, bunday suyuqliklarning ichida ixtiyoriy ikki qatlam bir biriga nisbatan harakatda bo’ladi va ikki qatlam zarralari orasidagi ishqalanish kuchi paydo bo’ladi, natijada ichki ishqalanish kuchlari muvozanatlashdi.

Demak 1) tinch holatdagi suyuqliklar o’rganilayotganda suyuqliklarni ideal va real turlariga ajratish zarurati yo’q, chunki tinch holatdagi har qanday suyuqlikda urunma kuchlanish bo’lmaydi. 2) Real suyuqliklarning harakati o’rganilayotganda ishqalanish kuchini, ya`ni qovushqoqligini e`tiborga olish shart, chunki qovushqoqlik harakatdagi real suyuqlikning asosiy xossasi hisoblanadi. Suyuqlik oquvchanlik xususiyatiga ega bo’lishi u qanday shakldagi idishga qo’yilsa, o’sha idish shaklini oladi, ya`ni o’zining barqaror shakliga ega emas. Buning sababi shundaki, suyuqlikning tinch holatida urinma kuchlanish bo’lmaydi Real suyuqliklar harakatlangan paytda uning ichki qatlamlari (suv bilan suv qatlamlari satxlari va suv bilan devor sathlari ) orasidagi satxda ichki ishqalanish kuchlari hosil bo’lib bu qatlamlarning bir-biriga nisbatan siljishiga qarshilik qiladi. Suyuqlik qatlamlarining orasidagi satxda ishqalanish kuchini engishga, ya`ni qatlamlarning o’zaro siljishiga sarf bo’lgan kuch qovushqoqlik (yoki ichki gidravlik ishqalanish kuchi ) deyiladi. bu erda T – tasir etayotgan ichki ishqalanish kuchi ds – ikki qatlam orasidagi elementar zarra; dinamik qovushqoqlik koefitsenti. tezlik Demak ichki ishqalanish kuchi tezlik gradientiga to’g’ri proportsional. Agar yuqoridagi formulani ds yuziga gа proporsional


Yüklə 173,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin