Qo’qon neftgaz parmalash ishlari


Uglevodorod asosidagi eritmalar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə8/9
tarix29.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#62504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
XISOBOT 4

Uglevodorod asosidagi eritmalar
Uglevodorod asosidagi eritmalar asosan ko‘p komponentli kolloid-kimyoviy sistemadan tarkib topgan murakkab eritma hisoblanadi. Bunda dispers muhit sifatida uglevodorod, dispers faza sifatida esa suv va qattiq komponentlar qatnashadi. Ular suvsiz suyuqlikga va inertli emulsiyaga bo‘linadi. Uning tarkibiga dispertsion muhit sifatida dizel yonilg‘isi, dispers faza sifatida yuqori oksidlangan bitum, og‘rlashtirgich, oz miqdorda minerallashgan suv, yuqori ta’sirli kaltsiy oksidi, tolali asbect kiradi.
Bitumli suspenziyaning xossasi dizel yonilg‘isining kimyoviy tarkibiga va bitum tarkibiga bog‘liq.
Uglevodorod eritmalar neftli qatlamlarni ochishga, kern olishga, gilli qatlamlarni burg‘ilashga hamda burg‘ilash jarayonida sodir bo‘ladigan har xil qiyinchiliklarni bartaraf qilishga mo‘ljallangan.


Gumat-kaltsiyli eritmalar

Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan eritmalar. Bunda gumin kislotasi tuzlari asosida tayyorlanadigan eritmalarning qattiq fazasi miqdori 5-7% ga teng.


Bu eritmalarning shartli qovushqoqligini va siljishga nisbatan kuchlanish kattaligini muntazam saqlab turish uchun eritmaga gumin kislotasining kaltsiyli tuzi qo‘shib tayyorlanadi. Burg‘ilash eritmasini gumin kislota tuziga aylantirish uchun eritmaga 0,05-0,1% miqdorda kaltsiy xlorid (CaCl2) tuzi va 0,5-0,1% gumin kislotasi, hamda 1,5-25% miqdorda suv qo‘shiladi.


Mo‘tadil eritmalar

1 litr eritmada 1 gramm ekvivalent erigan moddaning bo‘lishi. Agar 1 litr eritmada 0,05 gramm ekvivalent erigan modda bo‘lsa, unda 0,05 n yoki 1/20 n bo‘ladi.


Silikat-gilli eritmalar

Bu eritmalar asosida suvda erigan suyuq shisha yotadi. Bu eritmalarning xususiyatlaridan biri, unda gillar ivimaydi. Shuning uchun ular bo‘kadigan va o‘pirilib tushadigan qatlamlarni burg‘ilashda qo‘llaniladi.


Polimerli eritmalar

Dolotaning mexanik tezligini oshirishga, burg‘ilash qurilmasining yoyilish qiymatini kamaytirishga, quduqning tubini yaxshi tozalashga, quduq devorlarining mustahkamligini oshirishga xizmat qiladi.




Tuzli eritmalar

Burg‘ilash eritmasini og‘irlashtirish darkor bo‘lgan sharoitlarda foydalaniladigan, tuz bilan to‘yintirilgan tuproqli burg‘ilash eritmalari. Bu eritmalar chuqurligi 2500-3000 m bo‘lgan tuzli qatlamlarni burg‘ilash vaqtida ko‘proq qo‘llaniladi.





Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin