Qo`qon universiteti Maktabgacha ta`lim maxsus sirtqi 1-kurs talabasi Shomiddinova Ohista Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining intellektual bilimlarini oshirishda axborot texnologiyalarining o'rni.
ANNOTATSIYA Bugungi texnologiyalar zamonida har bir sohaga axborot texnologiyalariga murojaat etishn talab etmoqda.Ayniqsa kelajak avlodning maktabgacha ta`lim muassasasidanoq kompyuter texnologiyasini bilishi zamon talabi deb hisoblayman.Mazkur maqolada maktabgacha ta`lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda barcha sharoitlar bilan ta`minlash va qaysi dasturlar bilan ishlash maqsadga muvofiqligi keltirib o`tilgan.
Kalit so`zlar: bola, “Paint”dasturi, tarbiyachi, o`yin, multfilm, audio, video, musiqa.
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan axborotlashtirish tizimi jamiyatimizning barcha sohalari qatorida ta‘lim sohasini ham qamrab olmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada yanada takaomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349 - sonli hamda 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son “Raqamli O`zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi Farmonlari shuningdek, “O`zbekiston Respublikasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g’risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi 3549-sonli Qaroriga muvofiq jamiyatimizning boshqa sohalarida bo`lganidek, maktabgacha ta‘lim sohasida ham ta‘lim jarayonlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan keng foydalanish ta‘lim sifatini ta‘minlovchi vositalardan biriga aylanmoqda1. Texnika vositalari bilan to`la jihozlangan, ko`rgazmalarga boy mashg’ulot, ertaliklar, tadbirlar va chet tililarini o`rgatish bo`yicha to`garak mashg’ulotlari boladagi qobiliyat va iqtidorni yuzaga chiqarishda, uni rivojlantirishda ijobiy ta‘sir ko`rsatadi. Ayniqsa axborot texnologiyalari va innovatsiyalarning imkoniyatlari bollarning aqliy intellektual rivojlanishiga o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatadi, shu jihatdan, maktabgacha yoshdagi bolalar bilimlariga qo`yiladigan davlat talablari, bilim va ko`ikmalarni egallagan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ulardan to`g’ri foydalana oladigan 6-7 yoshli bola axborot zamonaviy, ilg’or texnologiyalar asosida ta‘lim berayotgan maktab ta‘limiga jismonan shay, yetarli intellektual ko`nikmalarga ega, psixologik tayyorlangan holda yo`llanadi. Zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta‘lim tashkiloti pedagoglari oldiga bir qator vazifalarni qo`yadi. Eng avvalo, pedagog kompyuter o`yinlarini va ta‘lim dasturlarini tanlashda bolaga boshchilik qilishi kerak. Buning uchun tarbiyachi kompyuter savodxonligini egallagan bo`lishi zarur, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya faoliyatida bevosita global internet tarmog’i resurslaridan unumli foydalana olishi muhim. Maktabgacha yoshdagi bola hayotida o`yin – bu eng asosiy faoliyat turi hisoblanib, u bola shaxsining shaklalnishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Gap kompyuter o`yinlari haqida borar ekan, tarbiyachi o`yinlarning bola yoshi va axloq me’yorlariga mos kelishini hisobga olishi kerak. Kompyuter o`yinlaridan foydalanish (multimediya vositasida) bolalarga ta'lim berish samaradorligini oshirish bilan birga bolaning aqliy va ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijobiy natija beradi. Paint dasturida bola rasm chizish jarayonida tasvirlagan predmet yoki hayvon, tabiat manzarasi yoki odam rasmiga rang tanlashi, mavjud ranglarni farqlashi, ularni joy-joyida ishlatishi, natijada o`z ishini baholashi davomida uning individual shaxs xususiyatlari, qiziqishlari oddiy qog’ozga rasm chizgandan ko`ra yaqqolroq ifodalanadi.Bolalar hozir gadjetlarga bog`lanib qolmoqdalar.Ularni foydali yo`naltira olishlik ota-onalar va tarbiyachi zimmasidagi vazifadir. Darhaqiqat, zamonaviy pedagoglar zimmasiga katta vazifa yuklatilgan.Gadjetlar(smartfonlar,kompyuterlar) dunyosidagi bolajonni maktab partasiga o’rgatish,ularga chuqurroq bilim berishda boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan mahorat talab etiladi.Shu o’rinda pedagogga turli xil metodlar qo’l keladi va ular dars samaradorligini oshirishda katta yordam beradi.Darsning samaradorligi deganda uning ikkita tarkibiy qismini ko’rish mumkin,bular:darsga puxta tayyorgarlik ko’rish va darsni o’tish mahoratidan iborat.Yomon rejalashtirilgan , yetarlicha o’ylanmagan , shoshilinch loyihalangan va o’quvchilar imkoniyatlari bilan uyg’unlashmagan dars yaxshi sifatli bo’lishi mumkin emas.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. To‘raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari.- T.;Fan, 2007.
2. www.gov.karelia.ru/Leader/Gossovet/d14.html.
3. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: 2018. – 192
4. www.caajsr.uz