Har qanday iqtisodiy ko'rsatkichga ko'pincha bitta emas, balki bir nechta omillar ta'sir qiladi. Masalan, ma'lum bir tovarga bo'lgan talab faqat shu tovarning narxi bilan emas, balki o'rnini bosuvchi va to'ldiruvchi tovarlar bahosi, iste'molchi daromadi va boshqa ko'plab omillar bilan ham belgilanadi. Bunday holda, ko'p regressiya ko'rib chiqiladi. Ushbu tadqiqotda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi turizm ulushi ko‘rsatkichiga ijobiy ta’sirini aks ettiruvchi ekonometrik model ishlab chiqildi.
Tadqiqotda olib borilgan ekonometrik tahlil usullari
Ushbu tahlilni amalga oshirish uchun tadqiqotimizning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va korrelyatsion regressiya usullaridan foydalangan holda ulardan eng muhimlarini tanlashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasida turistik va rekreatsion xizmatlarni rivojlantirish istiqbollarini bashorat qilishning ekonometrik modelini ishlab chiqish uchun bir qator omillar tanlab olindi.
Yakuniy ko‘rsatkich: mamlakat yalpi ichki mahsulotida turizm sohasining ulushi (%) – Y
Omillar
Ko’rsatkichlar
O‘zbekiston Respublikasi sanatoriy-kurortlari soni (birlik)
X1
O‘zbekiston Respublikasi sanatoriy-kurort muassasalaridagi o‘rinlar soni (ming dona)
X2
O‘zbekiston Respublikasi sanatoriy-kurort muassasalarida faoliyat yuritayatgan fuqarolarning umumiy soni (ming kishi)
X3
O‘zbekiston Respublikasi sanatoriyalarida xizmat ko‘rsatilayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni (ming kishi)