Qora sovuqlarni prognoz qilish



Yüklə 142 Kb.
səhifə5/8
tarix12.09.2023
ölçüsü142 Kb.
#142693
1   2   3   4   5   6   7   8
1 Amaliy ish

Issiqlik o‘tkazuvchanlik – moddaning issiqlik o‘tkazish qobiliyati. Gaz va suyuqliklarda molekulyar harakat uzatilishi oqibatida issiqlikning tarqalishi yuz beradigan molekulyar va turbulent harakat davomida moddaning yirik (molyar) elementlari bilan issiqlikning ko‘chishi yuz beradigan turbulent issiqlik o‘tkazuvchanlik farqlanadi.
Issiqxona effekti – Yerning olam fazosi bilan radiatsion issiqlik almashinuvi jarayonidagi atmosferaning himoya ta’siri. Issiqxona oynalari kabi atmosfera yer sirtiga quyosh radiatsiyasini yetarlicha yaxshi o‘tkazadi; biroq yer sirtining uzun to‘lqinli nurlanishi atmosferada (asosan suv bug‘i va uglerod oksidi tomonidan) kuchli yutiladi. Bu yo‘l bilan isigan atmosfera yer sirtiga uning radiatsion issiqlik yo‘qotishini sezilarli darajada kompensatsiyalovchi uchrashma radiatsiyani tarqatadi.
Konveksiya – suyuqlikning, xususan havoning, turbulentlikdan, ya’ni suyuqlik zarralarining asosiy ko‘chishga qo‘shiluvchi xaotik harakatidan farqli ravishda muayyan yo‘nalishdagi tartiblangan ko‘chishi.
Kritik harorat – suv uchun 374°K ga teng kritik nuqtaga mos keluvchi harorat. Kritik nuqta deb ikki fazali yopiq termodinamik sistemaning holatiga aytiladi. Bu holatda suyuq va gazsimon fazalar mumkin bo‘lgan eng yuqori haroratda (bir xil zichlikda) muvozanat sharoitida bo‘ladi. YUqoriroq haroratlarda suyuq faza mavjud bo‘lmaydi. Suv uchun kritik nuqta E=2,21·105 gPa, T=374°K qiymatlar bilan xarakterlanadi.
Qirov– havoning harorati 0° dan past bo‘lganda yer yuzasi va yerdagi predmetlar ustida hosil bo‘ladihan oq rangdagi mayda muz kristallchalaridir.
Qorasovuq – yoki sovuq urish deb, havoning o‘rtacha sutkalik haroratlari musbat bo‘lgan davrlarda havo va faol yuza harorati 0 0C va undan ham pasayib ketishiga aytiladi.
Qurg‘oqchilik – Bu yog‘inlarning uzoq muddat yog‘masligi yoki juda kam yog‘ishi natijasida, o‘simliklar ildizlari joylashgan tuproq qatlamida namlikning etishmay qolish hodisasidir.
Quruq havo – faqat doimiy gazlardan tashkil topgan, ya’ni tarkibida suv bug‘i, shuningdek qattiq va suyuq aralashmalar (chang va kondensatsiya mahsulotlari) bo‘lmagan havo.
Mezosfera – Stratosferaning ustidagi havo qatlami. Mezosferaning yuqori chegarasi 80–90 km bo‘lib bu qatlamda ham havoning harorati pasayib boradi va yuqori chegaraga yetganda –70–80°C ga tushadi.

Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin