Chimboyda sovet hokimi-yatiga qarshi isyon. Bolsheviklarning Amudaryo soveti 29-iyulda maxsus qarorqabul qilib, Chimboyga RSFSRning Xiva xonligidagi favqulodda vakili A.Xristoforov boshchiligidagi maxsus komissiyani yubordi. Komissiya raisiga favqulodda huquqlar berilgan edi. Biroq komissiyaning urallik kazak-lar atamani MFilchyev bilan olib borgan muzokaralari muvaffaqiyat keltirmadi. Shunda komissiya Chimboy ijroiya qo’mitasini tarqatib yuborib, uning o’rniga Chimboy uchastkasi inqilobiy qo’mitasi (peBKOM)ni tuzdi. Bu holat Chimboyda sovet hokimiyatiga qarshi isyon ko’tarilishiga olib keldi. 10-avgust kuni favqulodda komis-siya To’rtko’ldan harbiy yordam so’radi. Chimboyga bu yerdan qizil askar otryadlari jo’natilgan bo’lsa ham, ular qamalga tushib qoldi. 14- avgustda maxsus komissiya a'zo-lari qamoqqa olindi. Tez orada qo’zg’olonchilar Nukus qal'asini ishg’ol qildilar. 17-avgustga kelib Chimboy uchastkasi va Mo’ynoq tumani hududi butunlay bolshe-viklardan ozod qilindi. Shu tariqa, Amudaryo bo’limining shimoliy qismida bolsheviklarsiz xalq hokimiyati o’rnatil-di. Xalq hokimiyatining boshlig’i qilib urallik kazak Mixail Filchyevsaylandi. Uning tarkibiga qoraqalpoq biylaridan Xon Maxsum (U. Bohautdinov), Ibrohim Odilov, Bola biy, Seytnazar Pirnazarov, Inoyat Niyozov va boshqalar kirishdi. Ular faoliyati qoraqalpoqlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
Bolsheviklarga qarshi harakat tobora keng ko’lam kasb etib bordi. Sovet rejimi Amudaryo bo’limiga o’zi-ning yangi harbiy qismlarini jo’natdi. 11-noyabrda N.Shaydakov boshchiligidagi qizil askarlar Nukus qal'asini bosib olishdi. Oradan ko’p o’tmay Xiva xonligi tugatildi. 1920-yil 18-fevralda Turkkomissiya vakili CSkalov bilan muxolifatdagi kuchlar yo’lboshchisi o’rtasida sulh bitimi imzolandi. Unga ko’ra, Chimboy uchastkasida muvaqqat inqilobiy qo’mita tuzildi. Kazaklarning urf-odatlari va turmush xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning o’z-o’zini boshqaruviga ruxsat etildi. Qo’zg’olonchilarga amnistiya berildi. Mazkur bitim-ning asosiy qoidalari 20-mayda Zakaspiy fronti qo’shinlari Amudaryo gruppasi qo’mondonligi bilan qora-qalpoqlar va kazaklar o’rtasida tuzilgan sulh shartnomasi bilan tasdiqlandi.