Qoraqalpog‘iston Respublikasi haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 23,53 Kb.
səhifə4/10
tarix28.12.2023
ölçüsü23,53 Kb.
#200890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MATKARIMOVA AYMAN Рискология

CHegaralanganlik, ya’ni sug‘urtalanganlar o‘rtasida zararni taqsimlash nisbatini ta’minlash. Bunda zarar ko‘rganlar soni har doim sug‘urtalanganlarning umumiy sonidan kam bo‘lishi lozim bo‘ladi. SHuning hisobidan sug‘urtalanganlar o‘rtasida zararni taqsimlash nisbati ta’minlanadi. Sug‘urta zararini birgalikda taqsimlash tamoyili asosida sug‘urtalanuvchilar tomonidan ularning sug‘urta mukofotlari hisobiga shakllantirilgan sug‘urta fondi vositasida sug‘urtalanuvchilar o‘rtasidagi yopiq qayta taqsimlash pul munosabatidan iborat. Sug‘urta faoliyatining o‘ziga xosligi shundan iboratki, sug‘urtalovchi sug‘urta fondini sug‘urta turlaridan shakllantiradi, shu bilan birga sug‘urtalanuvchilardan tushgan sug‘urta mukofotlari sug‘urtalovchining foydasi sifatida qaralmaydi, chunki ulardan bo‘lg‘usi mukofotlar uchun foydalanish lozim bo‘ladi. Ushbu fond mablag‘laridan faqat uni tashkil etuvchilargina foydalanishlari mumkin va buning natijasida sug‘urta mukofoti miqdori ularning har birini zararini taqsimlash nisbatida ifoda etadi. Zararni bunday taqsimlay olish sug‘urtalanuvchilar soni ancha ko‘p bo‘lgandagina samarali bo‘ladi va sug‘urtalanuvchilar sonining o‘sish sur’ati sug‘urta hodisalari o‘sishi sur’atidan yuqori bo‘ladi.

Jismoniy shaxslar mulkini sug‘urtalashda anderrayting siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, sug‘urta masalalariga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarda, “Anderrayting” tushunchasiga aniq yagona tarifni uchratish qiyin. Ko‘p jihatdan bu holat, avvalom bor, chet el amaliyotida anderraytingning sug‘urta munosabatlari tizimining alohida tarkibiy qismi sifatida qaralishi bilan bog‘liq. Bizning milliy sug‘urta amaliyotimizda esa bu terminga etarli darajada e’tibor berilmaydi. Ammo, so‘ngi paytlarda milliy sug‘urta kompaniyalarimiz tomonidan anderrayterlik siyosatini sug‘urta biznesining alohida bo‘linmasi sifatida ajratishga harakatlar bo‘lmoqda. Demak, sug‘urta kompaniyasining barqaror faoliyat ko‘rsatishning ajralmas sharti va sug‘urta faoliyatning mustaqil sohasi sifatida bu jarayonni tahlil etishga harakatlar bo‘lmoqda.


Yüklə 23,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin