Sug‘urtalanuvchi (manfaatdor) sug‘urtalovchi tomonidan unga (sug‘urtalovchiga) o‘tgan da’vo huquqini amalga oshirish uchun unga ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlardan sug‘urtalovchini xabardor qilishi va barcha hujjat va dalillarni taqdim etishi shart. Agar sug‘urtalanuvchi (manfaatdor shaxs) zarar uchun javobgar shaxsdan sug‘urtalovchi tomonidan to‘langan da’vo huquqidan voz kechsa yoki uning aybi tufayli da’vo qilishni iloji bo‘lmasa, sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasini butunlay yoki tegishli qismini to‘lamaslikka va to‘langan sug‘urta qoplamasini ortiqcha qismini qaytarilishini talab qilish huquqiga ega. Sug‘urtalanuvchilarning yashash uyi tabiiy ofat natijasida ommaviy butunlay yo‘q bo‘lib ketganda yoki zararlanganida sug‘urtalovchi tomonidan dalolatnoma tuzish va zararni qoplab berish muddatlari uzaytirilishi mumkin, faqat ikki oydan oshmagan holda.
Jismoniy shaxslar mulkini sug‘urtasida quyidagi boshqa shartlar ham ko‘zda tutiladi:
Jismoniy shaxslar mulkini sug‘urtasida quyidagi boshqa shartlar ham ko‘zda tutiladi:
- agar sug‘urtalanuvchi qayta tashkil qilinsa, uning sug‘urta shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlari qonuniy vorisiga o‘tadi va bu haqida sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchini yozma ravishda ogohlantiradi.
- uchinchi shaxslarga huquq va majburiyatlarini topshirish tomonlarning yozma roziligisiz amalga oshirilmaydi.
Xulosa - Har bir sug‘urta shartnomasiga har bir sug‘urta hodisasi natijasida ko‘rilgan har bir zarar yoki hamma zararlar bo‘yicha franshiza/shartli franshiza qo‘llaniladi. Franshiza miqdori tomonlar bilan kelishiladi va sug‘urta shartnomasida ko‘rsatiladi.

- Tomonlar fors-major holatlarida sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarni qisman yoki butunlay bajarilmasligi uchun javobgar emaslar.