Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish kuchlarini texnika bilan taʼminlashning darajasini orttirishga bogʻliq traktor, avtomobil , kombayn va boshqa qishloq xoʻjalik texnikalarining remontini maqsadga muvofiq tashkillashtirish ixtisoslashgan remont korxonalarida oʻtkaziladigan boʻldi. Shu kabi ilojlar qishloq xoʻjalik mahsulotlarini etishtirishning hajmini keskin koʻpaytirishda va uning rentabellik darajasini koʻtarishda asosiy rolni bajarmoqda. Keyingi yillarda respublikaning qishloq xoʻjaligi sohalarini ixtisoslashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini hududiy joylashtirishni takomillashtirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Bu birinchidan qishloq xoʻjaligi sohalarini tabiiy iqtisodiy zonalar boʻyicha ixtisoslashtirish masalasini echsa, ikkinchidan, mehnat resurslaridan unumli foydalanishga yoʻl ochdi.
Viloyatda qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 3 260 326 gektar, shundan: ekin yerlari – 414 806 gektar, ko‘p yillik o‘rmonlar – 7 808 908 gektar, namiqqan yerlar – 9 451 gektar, yaylovlar – 1 717 508 gektar, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 1 600 284 gektar.
Umumiy ekin maydoni 414 806 gektarni tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston respublikasida jami 36 ta agroklasterlar faoliyat yuritadi. Shundan: 5 tasi paxta-to‘qimachilik yo‘nalishida bo‘lib, 48,665 gektar maydonga joylashgan (ishlab chiqarish hajmi – 114 850 tonna). 13 tasi g‘allachilik (ishlab chiqarish hajmi – 33 300 tonna), 12 tasi meva-sabzavotchilik – sohasida bo‘lib, ularga 14 700 gektar maydon biriktirilgan, 6 tasi esa sholichilik klasterlari bo‘lib, ularga 560 gektar maydon (ishlab chiqarish hajmi – 1 907 tonna) biriktirilgan.
Respublikada 2 ta agrologistika markazi mavjud.
Viloyatda 5 116 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 2 444 tasi paxtachilik, 281 tasi bog‘dorchilik-uzumchilik, 520 tasi bog‘dorchilik va polizchilik, 504 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 869 tasi chorvachilik, 498 tasi esa boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan.