Qo’shilgan qiymat solig’i Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
(IHTT)ga a’zo bo’lgan barcha mamlakatlarda joriy etilgan bo’lib, Avstraliya va
AQSh bundan mustasnodir. QQSni chiqarib tashlash usulidan foydalaniladigan Yaponiyadan tashqari mazkur mamlakatlarning hammasi QQS kredit hisobkitobi usulidan foydalanadi. Bu usul korxona - shaxslardan ta’minotning barcha bug’inlari bo’yicha soliqqa tortiladigan xom ashyo va materiallarning barcha turlari uchun tegishli stavka bo’yicha QQS hisobini yuritishni talab qiladi.
Soliq to’lovchilar xom ashyo va materiallar etkazib beruvchilardan olinadigan QQS miqdori kreditdan chiqarib tashlanishiga haqlidir. Buning tasdig’i sifatida bunday xom ashyo va materiallarga ma’lum talablarga mos keladigan soliq hisob-kitobi yoziladi. IHTTga a’zo bo’lgan mamlakatlarning deyarli hammasida yillik aylanmaning eng yuqori miqdori (soliq chegarasi) belgilab qo’yilgan va shu tufayli ular QQS bo’yicha ro’yxatdan o’tmaslikka haqlidir.

QQS tizimi ikki bosqichda joriy etildi. Avvalo Shimoliy Evropa mamlakatlarining ko’pchiligida va Evropa Ittifoqiga eng birinchi bo’lib kirgan mamlakatlarda qo’llanilgan, so’ngra 1986 yilda IHTT mamlakatlarida umumiy soliq islaoxatlarining amalga oshirilishi QQSning Evropadan tashqarida ham tarqalishiga olib keldi. Natijada IHTTga a’zo bo’lgan 25 mamlakatdan 23 tasida QQS juda qisqa muddatda joriy etildiki, bu o’zaro bog’liq bo’lgan bir qancha ta’sir va sabablarning in’ikosi edi. Shunday sabablardan biri, masalan, QQS ishlab chiqarish va iste’molni kamroq darajada o’zgartirib, narx-navoga ancha holis ta’sir o’tkazishidir. Алиев Б., Абдулгалимов А., Алиев М. Теория и история налогообложения. Учебное пособие. –М.: “Вузовский учебник”, 2011. С. 40