Qo‘shimchalar, o‘zgartirishlar va tuzatishlar



Yüklə 28,95 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü28,95 Kb.
#180422
1   2   3
multi level 080322173458

4-qism (5 savol)
Matn turi: davomiyligi 2-3 daqiqali ommabop tanish mavzularda monolog yoki dialog.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.
Savollar turi: moslashtirish (8 ta javob variant, uchtasi ortiqcha).
5-qism (6 savol)
Matn turi: ommabop tanish mavzularda 3 ta qisqa dialoglar, har bir dialogning davomiyligi 60 soniya. Har bir dialog uchun 2 savol.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish.
Savollar turi: muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 3 ta javob varianti).
6-qism (6 savol)
Matn turi: davomiyligi 3 daqiqali ma’ruza.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.
Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam).
O‘QISH BO‘LIMI
Ushbu bo‘limning maqsadi ommabop, ilmiy-ommabop hamda ilmiy matnlarning umumiy mazmunini, ulardagi asosiy fikrlar va detallarni tushunishni, aniq ma’lumot olish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish ko‘nikmalarini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim uchun ajratilgan vaqt javob vaqarasini to‘ldirish bilan birga 60 daqiqani tashkil etadi.
1-qism (6 savol)
Matn turi: ommabop materiallar - gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 150 so‘z)..
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: gaplar o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishlarni tushunish va yaxlit matn shaklida tasavvur qilish.
Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z).
2-qism (8 savol)
Matn turi: 8 ta gazeta, jurnal, internet reklama matnlari (matn hajmi - 300 so‘z).
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumot olish uchun o‘qish.
Savollar turi: moslashtirish (10 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha).
3-qism (6 savol)
Matn turi: ommabop materiallar - gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z).
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: ommabop matnlardagi asosiy fikrlarni tushunish.
Savollar turi: sarlavhalarni paragraflarga moslashtirish (8 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha).

Yüklə 28,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin