274- mashq. O‘qing, modal shaklda qo‘llangan ravishlarni aniqlab, ularning ma’nosi va modal shakl yasovchi vositalarini izohlang.
1. SHamsi yo‘lda yomg‘ir ko‘lobi tez-tez uchrab turganidan mototsiklni unchalik tez haydamasdi. (S. Ahm.) 2. Erta bahorning endigina yerdan qor ketgan kunlari edi. (S. Ahm.) 3. Bir tomchi suvda qanchalar qudrat borligini u sira-sira xayoliga keltirolmasdi. (S. Ahm.) 4. Saraton qizdirgan dala o‘rtasida 6ilqillab yotgan tuproq yo‘ldan kelarkan, u tezroq anhorga yetib olishga shoshilardi. (S. Ahm.) 5. Murchini ko‘proq sepib qo‘yibman, mayli, foyda qiladi. (S. Ahm.) 6. Birpasdayoq Anvarning boshi aylanib ketdi. (S. Ahm.)
275-mashq. O‘qing, ravishlarni topib, ularni tuzilish jihatdan turlariga ko‘ra quyidagi jadvalga yozing.
Gap
№
|
Sodda ravishlar
|
Qo‘shma ravishlar
|
Juft ravishlar
|
Takroriy ravishlar
|
tub
|
yasama
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| | | | | | | | |
|
1. “Ayajon, bemalol uxlang, men yana bir oz o‘qiy”, — dedi Tansiq. (O.) 2. Erta-indin hukumat vakillari kelisharkan. (N. S.) 3. Yigitlarimiz bilan birpas hangamalashib, keyin ketasiz. (S. Ahm.) 4. Bu yerlarda yashash va mehnat qilishning o‘zga zavqi, o‘zga gashti, o‘zga latofati bor. (SH.) 5. Raisni ko‘rish bilan qizlar uzoqdan qo‘llarini silkishdi, ba’zilari birdan kuylab yuborishdi. (O.) 6. Allaqaerda hushtak chalib, keyin ostanovka asfalьtini bir sidra birakayiga shipillatib supurib o‘tgan muzdek yel endi Ummatalining etini junjitdi. (SH.) 7. Mash’ala gurillab cho‘lning uzoq-yaqinini yoritdi. (S. Ahm.) 8. Qadimdan udum bo‘lgan bu odatni ular hamon saqlab kelishadi. (S. Ahm.) 9. Bu qutlug‘ uyda meni o‘zimga o‘zimni tanitgan nurdek tiniq, oftobdek issiq odamlar yashaydi. (S. Ahm.) 10. Ariq-zovurlar allaqachon qazib, tozalab qo‘yilgan edi. (S. Nazar.) 11. Samosvallar u yoqdan-bu yoqqa vag‘illab o‘tib turibdi. (S. Ahm.)
Dostları ilə paylaş: |