Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə26/104
tarix25.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#102257
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

8-MA`RUZA. MAVZU: FE’L ZAMONLARI, ULARNING TURLARI.

(2 soat)

1-ilova

Ma’ruza mashg‘uloti dokladlari mavzulari
1. Fe’l zamonlari haqida umumiy ma’lumot.
2. Fe’l zamonlari.
3. O‘tgan zamon fe’li.


2-ilova
Ish-harakatning voqe bo‘lishi (yoki bo‘lmasligi) mantiqan zamon bilan bog‘liq bo‘ladi. Fe’llardagi zamon nutq so‘zlanib turgan paytga nisbatan qiyoslangan holda aniqlanadi, ya’ni ish-harakat nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin, nutq so‘zlanib turgan paytda, nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. Shunga ko‘ra, fe’l uch zamon ko‘rinishiga ega: 1. O‘tgan zamon. 2. Hozirgi zamon. 3. Kelasi zamon. Fe’llarda zamon ma’nosi fe’l tarkibida qo‘llangan grammatik ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan: 1. Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o‘tar dunyoda yaxshi nom qoldirdi. (R.SHog‘ulomov). 2. Ko‘nglini kichik tutgan, kamtarlik yo‘lidan yurgan kishi ulug‘likka etadi (YUsuf Xos Xojib). 3. Ilm ko‘pga etkazar, hunar esa ko‘kka (Maqol). Keltirilgan misollarning birinchisida bunyod etdi, nom qoldirdi fe’llari tarkibidagi –di o‘tgan zamonni, ikkinchisida etadi fe’li tarkibidagi –a ko‘rsatkichi hozirgi zamonni, uchinchisida etkazar fe’lidagi –ar ko‘rsatkichi esa kelasi zamon ma’nosini ifodalagan.
Har bir zamon o‘z navbatida yana bir necha turga bo‘linadi. CHunki har bir zamon vaqtning katta qismini ko‘rsatish bilan birga o‘zining ichki xususiy modal ma’nolariga (qo‘shimcha ma’nolarga) ham ega. Masalan: o‘qimoqchiman, o‘qiydiganman fe’llari nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajariladigan harakatni ifodalab, vaqtning katta qismini ko‘rsatish bilan birga, bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatishi kabi o‘ziga xos modal ma’noga ham ega.

O‘tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
O‘tgan zamon fe’li xususiy modal ma’nolariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) yaqin o‘tgan zamon fe’li; 2) uzoq o‘tgan zamon fe’li; 3) o‘tgan zamon hikoya fe’li; 4) o‘tgan zamon davom fe’li; 5) o‘tgan zamon maqsad fe’li.

YAqin o‘tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo so‘zlovchining ko‘z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: Go‘zal vodiydagi Gullar bog‘i ko‘klam libosi bilan bezandi (Sh.R.).
Yaqin o‘tgan zamon fe’li sof fe’l negiziga –di qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan (I guruh tuslovchi) shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


Shaxs-son qo‘shimchasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

Shaxs-son qo‘shimchasi


I shaxs

o‘qidim

-di

-m

o‘qidik

-di

-k

II shaxs

o‘qiding


-di

-ng

o‘qidingiz


-di

-ngiz

III shaxs


o‘qidi

-di

-

o‘qidilar

-di

(-lar)



Uzoq o‘tgan zamon fe’li nutq so‘zlanib turgan paytdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq so‘zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Shoyi, atlas, chit, las ko‘ylak; nimcha, durra, peshonabog‘, xullas bor boricha yo‘q holicha yasalgan (N. Safarov).
Uzoq o‘tgan zamon fe’li negiziga –gan sifatdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan (II guruh «B» ko‘rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


Shaxs-son qo‘shimchasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

Shaxs-son qo‘shimchasi


I shaxs

o‘qiganman

-gan

-man

o‘qiganmiz


-gan

-miz

II shaxs


o‘qigansan


-gan

-san

o‘qigansiz


-gan

-siz

III shaxs


o‘qigan

-gan

-

o‘qiganlar

-gan

(-lar)



Uzoq o‘tgan zamon fe’li nutqda aniq eslash (yoki eslatish), kutilmaganda eslash, eshitilganlik kabi qo‘shimcha modal ma’nolarga ham ega bo‘ladi. Uzoq o‘tgan zamonning bo‘lib o‘tgan ish-harakatni aniq eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga edi (qisqa shaklida) to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o‘qigan edim, o‘qigan eding, o‘qigan edi; o‘qigan edik, o‘qigan edingiz, o‘qigan edilar kabi; kutilmaganda eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga ekan (qisqa shakli –kan) to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash bilan: o‘qigan ekanman, o‘qigan ekansan, o‘qigan ekan; o‘qigan ekanmiz, o‘qigan ekansiz, o‘qigan ekanlar kabi; bo‘lib o‘tgan ish-harakatning so‘zlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi –gan sifatdoshiga emish (qisqa shakli –mish) to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o‘qigan emishman, o‘qigan emishsan, o‘qigan emish; o‘qigan emishmiz, o‘qigan emishsiz, o‘qigan emishlar kabi shakllanadi. Masalan: Nasibaning yuzidagi bo‘g‘riqish yo‘qolib, uning o‘rnida nafislik paydo bo‘lgan edi (X.No‘’mon). Mirza Bahrom unday ma’no chiqishini sira ko‘zda tutmagan ekan, o‘sal bo‘ldi (A.Qahhor).


O‘tgan zamon hikoya fe’li kutilmaganda, qisqa vaqt ichida nutq so‘zlanib turgan paytdan ilgari bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish-harakatni hikoya qilish, tasvirlash yo‘li bilan ifodalaydi. Masalan: Halol rizq istab, mehnat qilib, charchab uxlagan kishi shu kechani ma’rifat qilingan holda o‘tkazibdi (Hadisdan).
O‘tgan zamon hikoya fe’li fe’l negiziga –b (-ib) o‘tgan zamon ravishdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan (II guruh «A» ko‘rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


Shaxs-son qo‘shimchasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

Shaxs-son qo‘shimchasi


I shaxs

o‘qibman

-b

-man

o‘qibmiz


-b

-miz

II shaxs


o‘qibsan


-b

-san

o‘qibsiz


-b

-siz

III shaxs


o‘qibdi

-b

-di

o‘qibdilar

-b

-di(-lar)



O‘tgan zamon hikoya fe’lining eslay (eslatish) ma’no ko‘rinishi ham bor. Bu shakl o‘tgan zamon –b (-ib) ravishdoshiga edi to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali hosil bo‘ladi: o‘qib edim, o‘qib eding, o‘qib edi; o‘qib edik, o‘qib edingiz, o‘qib edilar kabi. Masalan: Urush tugasa, biznikiga mehmongan borasiz, o‘shanda ayamning qanaqaligini ko‘rasiz deb edi (S.Zunnunova).
O‘tgan zamon davom fe’li nutq so‘zlanib turgan paytdan ilgari ma’lum bir muddat davomli bo‘lgan yoki takrorlanib turgan ish-harakatni eslash ma’no ottenkasi bilan ifodalaydi. Masalan: 1. Bu erda Boburning doim o‘z kuchi bilan birga olib yuradigan kitoblari saqlanar edi (P.Qodirov). 2. Daryolardan kuylab o‘tardim, Ertaklarga quloq tutardim, Hammasini tinglardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo (H.O.). Bu misollarning birinchisida saqlanar edi fe’li o‘tmishda ma’lum bir muddat davomli bo‘lgach ish-harakatni ifodalasa, ikkinchisida kuylab o‘tardim, quloq tutardim, tinglardim vaqti-vaqti bilan takrorlanib ish-harakatni anglatadi. O‘tgan zamon davom fe’li –r(-ar), -yotgan sifatdosh fe’l negiziga hamda -moqda qo‘shimchasini olgan sof fe’l negiziga edi to‘liqsiz fe’lini biriktirib tuslash (I guruh tuslovchilari bilan) orqali hosil qilinadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


Shaxs-son qo‘sh.


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

Shaxs-son qo‘sh.


I
shaxs


o‘qir edim, o‘qiyotgan edim, o‘qimoqda edim


-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi



-m

o‘qir edik, o‘qiyotgan edik, o‘qimoqda edik


-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi


-k

II shaxs

o‘qir eding, o‘qiyotgan eding, o‘qimoqda eding


-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi



-ng

o‘qir edingiz, o‘qiyotgan edingiz, o‘qimoqda edingiz


-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi


-ngiz

III shaxs

o‘qir edi, o‘qiyotgan edi, o‘qimoqda edi


-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi


-

o‘qir edilar, o‘qiyotgan edilar, o‘qimoqda edilar

-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi


(-lar)


O‘tgan zamon maqsad fe’li nutq so‘zlangan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe bo‘lmagan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: U bugun Malika bilan xoli gaplashib, ko‘nglidagi hamma sir-asrorini to‘kib solmoqchi edi (E.Usmonov). Ertasiga qishloqqa chiqadigan edi.
O‘tgan zamon maqsad fe’li -moqchi, -digan qo‘shimchalarini olgan fe’l negiziga edi to‘liqsiz fe’lini biriktirib (I guruh tuslovchilar bilan) tuslash bilan shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


Shaxs-son qo‘shimchasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

Shaxs-son qo‘shimchasi


I shaxs

o‘qimoqchi edim, o‘qiydigan edim,

-moqchi+edi, -digan+edi



-m

o‘qimoqchi edik, o‘qiydigan edik,


-moqchi+edi, -digan+edi



-k

II shaxs


o‘qimoqchi eding, o‘qiydigan eding,


-moqchi+edi, -digan+edi



-ng

o‘qimoqchi edingiz, o‘qiydigan edingiz,


-moqchi+edi, -digan+edi



-ngiz

III shaxs


o‘qimoqchi edi, o‘qiydigan edi,


-moqchi+edi, -digan+edi



-

o‘qimoqchi edilar, o‘qiydigan edilar,


-moqchi+edi, -digan+edi



(-lar)

Hozirgi zamon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
Hozirgi zamon fe’li qo‘shimcha modal ma’nolariga ko‘ra 2 turga bo‘linadi: 1) hozirgi-kelasi zamon fe’li, 2) hozirgi zamon davom fe’li.
Hozirgi-kelasi zamon fe’li nutq so‘zlanib turgan paytda va undan keyin ro‘y beradigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Masalan: Bobur bu chigal tugunlarni o‘zi echilmasligini sezadi (P.Qodirov). YOshlikda zahmat chekib, ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan (Koshifiy).
Hozirgi-kelasi zamon fe’li sof fe’l negiziga –a, -y ravishdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan hosil qilinadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


Shaxs-son qo‘shim-chasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

Shaxs-son qo‘shim-chasi


I shaxs

o‘qiyman, boraman

-y,
-a


-man

o‘qiymiz, boramiz

-y,
-a


-k

II shaxs

o‘qiysan, borasan


-y,
-a


-san

o‘qiysiz, borasiz

-y,
-a


-ngiz

III shaxs

o‘qiydi, boradi


-y,
-a


-di

o‘qiydilar, boradilar

-y,
-a


-di(-lar)



Hozirgi zamon davom fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda aniq davom etayotganini bildiradi: Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng xalqimizning o‘z yurti, dili, tarixini bilishga qiziqish ortib bormoqda (I.Karimov).

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


Shaxs-son qo‘shim-chasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

Shaxs-son qo‘shim-chasi


I shaxs

o‘qiyapman, o‘qimoqdaman, o‘qiyotibman

-yap,
-moqda,

-yotib


-man

o‘qiyapmiz, o‘qimoqdamiz, o‘qiyotibmiz


-yap,
-moqda,

-yotib


-miz

II shaxs


o‘qiyapsan, o‘qimoqdasan, o‘qiyotibsan


-yap,
-moqda,

-yotib


-san

o‘qiyapsiz, o‘qimoqdasiz, o‘qiyotibsiz


-yap,
-moqda,

-yotib


-siz

III shaxs


o‘qiyapti, o‘qimoqda, o‘qiyotibdi


-yap,
-moqda,

-yotib

-ti
-


-di

o‘qiyaptilar, o‘qimoqdalar, o‘qiyotibdilar


-yap,
-moqda,

-yotib

-ti(-lar)


-
-di(-lar)


Shuningdek, murakkab fe’l tarkibida qo‘llangan yot, yur, tur, o‘tir ko‘makchi fe’llarni tuslash bilan ham hozirgi zamon davom fe’li hosil qilinadi: o‘qib yotibman, o‘qib yuribman, o‘qib turibman, o‘qib o‘tiribman kabi.
Kelasi zamon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi.
Kelasi zamon fe’li qo‘shimcha modal ma’nolariga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1) kelasi zamon gumon fe’li; 2) kelasi zamon maqsad fe’li.
Kelasi zamon gumon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajarilish-bajarilmasligi mo‘ljallanishini, taxmin qilinishini ifodalaydi. Masalan: Bugun havo ochiq bo‘lar (A.Q.)
Kelasi zamon gumon fe’li ba’zan hozirgi-kelasi zamon ma’nosida kelib, aniqlik, qat’iylik ma’nolarini ham ifodalaydi: Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar (Maqol).
Kelasi zamon gumon fe’li sof fe’l negiziga –r(-ar) sifatdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


Shaxs-son qo‘shim-chasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

Shaxs-son qo‘shim-chasi


I shaxs

o‘qirman, borarman

-r,
-ar


-man

o‘qirmiz, borarmiz

-r,
-ar


-miz

II shaxs

o‘qirsan, borarsan


-r,
-ar


-san

o‘qirsiz, borarsiz

-r,
-ar


-siz

III shaxs

o‘qir, borar


-r,
-ar


-

o‘qirlar, borarlar

-r,
-ar


(-lar)



Kelasi zamon maqsad fe’li nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab o‘qishni davom ettirmoqchiman, so‘ngra qishloq xo‘jalik institutiga kirmoqchiman (SH.R.). Oho qora ko‘z deganda, u devordan oshadigan (O.).
Kelasi zamon maqsad fe’li sof fe’l negiziga -moqchi hamda fe’lning ravishdosh (-a, -y bilan shakllangan) shakliga –digan qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

Misol

Zamon ko‘rsat-kichi


Shaxs-son qo‘shimchasi


Misol

Zamon ko‘rsat-kichi

Shaxs-son qo‘shim-chasi


I shaxs

o‘qimoqchiman, o‘qiydiganman

-moqchi,


-digan

-man

o‘qimoqchimiz, o‘qiydiganmiz

-moqchi,


-digan

-miz

II shaxs

o‘qimoqchisan, o‘qiydigansan


-moqchi,


-digan

-san

o‘qimoqchisiz, o‘qiydigansiz

-moqchi,


-digan

-siz

III shaxs

o‘qimoqchi, o‘qiydigan


-moqchi,


-digan

-

o‘qimoqchilar, o‘qiydiganlar

-moqchi,


-digan

(-lar)






Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin