Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


QADIMGI TURK MONUMENTAL MATNLARINING USLUBI



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
QADIMGI TURK MONUMENTAL MATNLARINING USLUBI 
Monumental 
matn
deganda 
o‘liklar 
xotirasini 
mangulashtirish istagida mozor toshlariga yozilgan bitiglar
ziyoratchilar tomonidan qoya toshlarga, shuningdek, biror 
ulug‘ tarixiy voqealar sabab bo‘lib toshlarga yozib qo‘yilgan 
yozuvlar tushuniladi. Ko‘k turk yozuvli yenisey bitiglarida 
buning singari monumental matnlar 
whb
beŋü

wkhb
beŋkü

wghb
beŋgü
deyilgan. Hozirgi matnshunoslikda “monumental 
matn” 
bilan 
birga 
“epigrafik 
matn” 
atamasi 
ham 
qo‘llanilmoqda. Eski turkchada uning ham o‘z atamasi bor. 
Ko‘k turk yozuvli urxun bitiglarida epigrafik matnni 
Y
c
gtib
bitigtaš
, yenisey bitiglarida esa 
aJqwkhb
beŋkü qaya

aJqwkhm
meŋkü qaya
deyilgan. 
Kunimizga qadar saqlangan turk monumental bitiglarining 
eng ko‘hnasi urxun obidalaridir. Bitiglar ulug‘ yo‘lboshchilar, 
milliy qahramonlar xotirasiga bitilgan yodnomalar bo‘lib, 
ularda xalq qahramonlarining ko‘zi tirikligida olib borgan ezgu 
ishlari, yurt erki va farovonligi, tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan 


279
jasoratlari yod etiladi. Bitiglarda tarixiy voqealar ajoyib til 
bilan, badiiy uslubda bayon etilgan. Muhimi, bitigtosh 
ijodkorlari o‘sha kezlardayoq fikrni el-ulusga, kelgusi o‘g‘il-
qizlarga yetkazishning eng ta’sirchan yo‘lini topganlar. Ular 
bitiglarda tarixiy bayon, rasmiy, monumental matnlarga xos 
ko‘tarinkilik, epitafiyalarga xos qayg‘uli ohang – bari-barini 
o‘zida mujassamlashtirgan sinkretik uslubni qo‘llaganlar.
Unutmaslik kerak, qabrtoshlardagi yozuvlarning bari 
badiiy uslubda emas. Yuqorida yenisey bitiglarining ko‘pi 
badiiy uslubda bitilganini ta’kidlagan edik. Biroq ayrim 
bitiglarda o‘lik to‘g‘risida ma’lumot berilgan, xolos. Tuvadan 
topilgan uchinchi uch qatorli toshbitigni (Orkun 1987,580, 
582) o‘rnak uchun keltiramiz: 
Qara qan ičrägi ben Ezgänä 
altï otuz yašïma erti 
ben öltim. Türgäs el ičindä beg-ben. Bitig.
(Mazmuni: Qoraxon o‘rdasida men Azgana yigirma olti 
yoshimda edi men o‘ldim. Turgash elida beg edim. Bitig.). 
Yenisey qabrtoshlarini, tabiiyki, marhumning yaqinlari, 
o‘g‘il-qizlari o‘rnatgan. Biroq, e’tiborga sazovorlisi shundaki, 
qabrtoshlardagi bitiglarning ko‘pi o‘liklar tilidan berilgan. 
Ularda marhumning ko‘zi tirikligi chog‘ida er sha’ni-shavkati 
uchun ko‘rsatgan ezgu ishlari hikoya qilinadi. Qayg‘uli o‘lim 
ularni o‘z yurti, yaqinlari, uy ichi, o‘g‘il-qizlari, do‘stu 
yorlaridan ayirgani, yorug‘ dunyoda ularning diydoriga to‘yib 
ham ulgurmagani bitiladi. O‘tganlarning yoshiga qarab matn 
mazmuni ham o‘zgara borgan: bu dunyodan erta ketganlar 
“yaqinlarimga, yorug‘ dunyoga to‘ymadim” (
bökmädim
) deya 
nido qiladilar.
Abakanga yaqin yerdagi Oltinko‘l bo‘yidan topilgan 
ikkinchi bitigtosh (Orkun 1987,514–515, 520–521) shunday 
o‘qiladi: 
a) Quyda qadašïma, qunčuyïma adrïlu bardïm. Men 
oğlumqa … bodunumqa bökmädim. 


280
Sekiz qïrq yašïma … 
Erdäm bolsar, bodunuğ erk bodunuğ. Er atïm Erän Uluğa, 
erdämig batur-men. 
Erdämlig bolsar, bodun isräk yürmädi, erinčim ikizimä. 
b) On ay eltdi ögüm, oğlan toğdum, erin ulğatïm. 
Elimdä tört tegzindim. Erdämim üčün Inänčü Alp … 
e) Er erdäm bolsar andağ ermiš. Ešin-men, Altun qïrqa 
kirtim. 
Er erdäm üčün Tüpüt qanqa yalabač bardïm, kelürtim.
(Mazmuni: Quyda o‘rtog‘imdan, malikamdan ayrildim. 
Men o‘g‘limga, xalqimga to‘ymadim. O‘ttiz sakkiz yoshimda 
... erdam bo‘lsa, xalqi erkli xalqdir. Er otim Eran Ulug‘ erdamli 
botirmen. Erdamli bo‘lsa, xalq sarxush yurmadi, afsusim ikki 
bor ortdi. 
Onam (qornida) o‘n oy eltdi, o‘g‘lon tug‘ildim, er bo‘lib 
ulg‘aydim. Elimda to‘rt bor tegzindim. Erdam uchun Inanchu 
Alp ... 
Er erdam bo‘lsa, shunday ermish. Eshi(?)- men Altun qirga 
kirdim. Er erdam uchun Tuput xoniga elchi bo‘lib borib 
keldim.) 
Yenisey daryosining g‘arb qirg‘og‘idagi Oznachennaya 
qishlog‘idan topilgan bitigtosh (Orkun 1987,573–575) shunday 
o‘qiladi: 
a) Qunčuyïm, qadašïm, adrïltïm, buŋ-a. Yağïqa kirdim, 
Kü Čäkül tutuq, sizimä adrïldïm. 
Elim, qanïm, sizimä adrïldïm. Altun keš adrïltïm.
b) beš qïrq er yaš ert[im] 
c) El ïnančï elin 
Qanïŋïz yuqlayur, qadaš alpïŋïz qarğanur, ünüŋüz
Yağïm anča ermiš, adrïldïm. 
(Mazmuni: Malikam, o‘rtog‘im, ayrildim, mung-a. Yovga 
kirdim. Mashhur Chakul tutuq, sizlarimdan ayrildim. Elim, 
xonim, sizlarimdan ayrildim. Oltin o‘q-yoyimdan ayrildim. 
O‘ttiz besh – eryosh edim. 


281
El inonchi, elini ... xoningiz yuksalur, do‘stu alpingiz zafar 
qozonur, dovrug‘ingiz ... Dushmanim shunday emish, 
ayrildim). 
Ulug‘ Kem daryosining irmoqlaridan biri bo‘lmish 
Chakulning tevaragidan o‘n bitta toshbitig topilgan.
Chakul yoqasidan topilgan to‘rtinchi bitigtoshning o‘qilishi 
(Orkun 1987,528–529): 
Alp Uruŋu tutuq-ben. Quyda qunčuyïm[a], eki oğlanïma, 
sizimä, yaŋus qïzïma 
Yïš, eči ešim, qadašlarïm-a, adrïlu bardïm-a. Qïzïŋ erim-ä, 
bökmädim. 
Täŋri elimkä, bašda begimkä bökmädim. Sizimä, qïrq 
yašimda qač[tïm]. 
(Mazmuni: 
Men 
Alp 
Urungu 
tutuq-men. 
Quyda 
malikamdan, ikki o‘g‘limdan, sizlarimdan, yolg‘iz qizimdan ... 
yish, akalarim, o‘rtoqlarim-a, ayrilib qoldim. (?) mardlarim-a, 
to‘ymadim. Qutlug‘ elimga, boshdagi begimga to‘ymadim, 
sizlarim-a, qirq yoshimda qochdim). 
Chakul bo‘yidan topilgan yettinchi yodgorlikning matni 
quyidagicha o‘qiladi (Orkun 1987,531,539): 
Qutluğ Čigši-ben, qadïr yağïda 
Qara bodunuma, yïta, sizimä, 
Elimä, sizimä. 
(Mazmuni: Qutlug‘ Chigshi-man. Mudhish dushmanda. 
Avom xalqim-a, esiz, sizlarim-a. Elim-a, sizlarim-a)
Chakul yoqasidan topilgan sakkizinchi bitigtoshning 
o‘qilishi (Orkun 1987,531–532,539): 
Tört oğlum bar üčün beŋkümin t(ikti). 
Külüg apa-ben. 
(Mazmuni: To‘rt o‘g‘lim bor uchun mangutoshimni tikladi. 
(Men) Kulug apa-men). 
Ba’zi qabrtoshlarga marqad egasining o‘lgan vaqti qayd 
etiladi, uning otini yodga olib duo aytiladi. Tabiiyki, bunday 
matnlarni badiiy asarlar deb bo‘lmaydi. Nasroniy muhitida 


282
yaratilgan turk qabrtoshlarini bunga o‘rnak qilib keltirish 
mumkin. 1313 yili tiklangan Denxa Arim yodgorligining 
(Maлов 1959,78–79) uslubiga e’tibor bering: 
(1) Aleksandros qan (2) saqïš(ï) miŋ altï (3) yüz yegirmi 
tört (4) erdi. (5) Ut erdi. (6) Bu qabra (7) Denxa Arim (8) 
Batmanïŋ turur. (9) Yat bolsun! Kelmiš (10) yazïqïŋa pušu 
bolsun. 
Mazmuni: 
(1) Aleksandr xon (2) tarixi ming olti (3) yuz yigirma 
to‘rt(inchi yil) (4) edi. (5) (Turkcha hisobda) sigir (yili) edi. (6) 
Bu qabr (7) Denxa Arim (8) Bamtanikidir. (9) Yod bo‘lsin! 
(Qabr tepasiga) kelgan (10) (yaratgandan marhumning) 
gunohlaridan o‘tishni so‘rasin. 
Epigrafik matnlarning ba’zilari tarixiy sanalarni, muhim 
voqealarni qayd etish uchun bitilgan. Bunday matnlarning 
uslubi-da ayri. Matnda uning kim tomonidan bitilganligi, 
yodgorlik o‘rnatilishining maqsadi, muhim tarixiy vaqea va 
albatta sana qayd etiladi. Bunga o‘rnak sifatida Amir 
Temurning yetti yuz to‘qson uchinchi yil ko‘klamida (=1391 
yilning apreli) To‘xtamishxonga qarshi yurish boshlagan 
chog‘da eski o‘zbek tilida (“chig‘atoy turkiysi”da) yozdirgan 
bitigini o‘rnak sifatida keltirish mumkin (Ushbu bitigning 
ochiqlamasi kitobimizning “uyg‘ur yozuvi” bo‘limida berilgan 
edi).
Tashrif bitiglari ham uslub jihatdan ajralib turadi. Bunday 
yozuvlar ko‘proq muqaddas qadamjolarga bitilgan. Bitigda 
ziyoratchining oti, ziyorat ta’rixi aniq ko‘rsatiladi. Bunga 
Qirg‘izistonning janubida Aqbeyit yaqinidagi Ungir degan 
joydagi qoyatoshga uyg‘ur xatida yozilgan bitigni misol 
keltirishimiz mumkin. Bitig shunday o‘qiladi: 
Yïl tört yüz altmïš altïda men Qumar Arämük munï bitidim. 
Yïl bars yïlï erdi, beši(n)č ay on erdi. Tušambat (?) kün erdi. 
Qutluğ bolsun, inša(a)la.


283
Mazmuni: Yil to‘rt yuz oltmish oltida (melodiy 1061–
1062) men, Qumar Aramuk, buni bitdim. Yil bars yili edi. 
Beshinchi oy(ning) o‘n(inchi kuni) edi. Tushambat (?) kun edi. 
Qutlug‘ bo‘lsin, inshoollo (Содиқов 1997,91). 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin