Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Toxtamïš sözüm Yağaylağa

Temur Qutlug‘ning 1397 yili bitilgan yorlig‘i esa 
Temür 
Qutluğ sözüm
deb boshlangan.
Shu o‘rinda ko‘k turk bitiglariga murojaat qilamiz. Bilga 
xoqon ulug‘ bitigi 
Täŋri-täg täŋri yaratmïš türk Bilgä qağan 
sabïm
jumlasi bilan boshlangan. Bu boshlama xoqonning el-
ulusga yo‘llagan yorlig‘ining unvoni (preambulasi)dir. Unvon 
uch komponentdan tuzilgan: birinchisi yaratganning e’tirofi 
(
Täŋri-täg täŋri yaratmïš
), ikkinchisi xoqonning oti va unvoni 
(
türk Bilgä qağan
), uchinchisi esa 
sab
(“so‘z, farmon, 
yorliq”)ning xoqonga qarashliligini anglatuvchi bo‘lak (
sabïm
). 
Birinchi qismga kiruvchi 
Täŋri-täg
(“ko‘kday”) so‘zi 
täŋri 
(“yaratgan, tangri”)ning sifati bo‘lib, uning ko‘kday ulug‘ligiga 
ishoradir. Ikkinchi qismda 
Bilgä qağan
ismidan avval 
qo‘llangan 
türk
so‘zi ulug‘ shaxs, yurt egasining sifatidir.
O‘rta asrlarda bitilgan turkiy yorliqlarning boshlamasida 
ham ba’zan yorliq yo‘llovchi yurt egasining darajasi, unvoni 
qo‘shib yozilgan. Masalan Shohruh Mirzoning 1422 yili 
yozilgan nishoni 
Šāhruh bahadur
shaklida keladi. Ushbu 
birikmadagi 
bahadur
so‘zi yuqori tabaqa kishilariga beriluvchi 
nisbani, unvonni bildiradi. Qiyos uchun turkiy yorliqlar 
boshlamasida 
qo‘llangan 
abu-l-muzaffar, 
abu-l-ğāzi: 
unvonlarini eslash yetarli. Bilga xoqon unvonidagi 
sabïm
– 
“mening so‘zim” degani emas, balki “mening murojaatim, 
mening yorlig‘im” ma’nosidadir. Turkiy tilning keyingi 
bosqichida 
sab (~saw)
so‘zi iste’moldan chiqib, uning o‘rnida 
söz
kalimasi qo‘llana boshladi. Endi rasmiy hujjatlar 


269
boshlamasida ham qadimgi 
sab(~saw)
o‘rnini 
söz
egalladi. Bu 
ham tarixiy an’anaga uyg‘un holda “buyruq, farmon, yorliq” 
ma’nolarini beradi. 
Yuqoridagilarga tayanib, Bilga xoqon ulug‘ bitigi 
boshlamasini shunday talqin etish mumkin: “Ko‘kday (ulug‘) 
tangri yaratgan qudratli Bilga xoqon so‘zim”. Bilga xoqon ana 
shu unvon bilan xalqiga, kelajak o‘g‘il-qizlarga murojaat 
qilgan. Ushbu boshlamada barcha komponentlarning to‘la-
to‘kis, lo‘nda, ixcham holda muayyan qolipga joylashganligi 
ko‘k turk hujjatchiligida rasmiy hujjat unvonlarining uslub 
jihatdan anchayin takomillashganidan darak beradi. 
O‘rta asrlarning yorliqlari (jumladan temuriylar zamonidan 
qolgan yorliqlar) unvonlarining qolipi qadimgi turk davriga 
ildiz otgan deyishga to‘la asos bor. Turkiy unvonlar qolipi ko‘k 
turk xoqonliqlari davrida ishlab chiqilib, zamonlar osha yozma 
til (
bitig söz
) uslublari bilan tengma-teng yuksalib kelgan. 
Kirishning ikkinchi komponenti – 
adresat (inscriptio)

qabul qiluvchi tomon. Ushbu komponentda xat yo‘llanayotgan 
kishining oti, uning kimga yuborilayotgani qayd etilgan.
Kirishning uchinchi komponenti – 
salomlashish (salutatio)

Bu komponentda xat yo‘llovchining salomi bayon qilingan.
Bildirilgan salomdan keyin maqsadga (asosiy qismga) 
ko‘chiladi. 
Yorliqlarning so‘nggi – yakuniy qismida ta’rix va 
yorliqning yozilgan yeri qayd etilgan.
O‘tmishdan narsani yoki yerni ishlovga olish uchun 
berilgan tilxatlar ham yetib kelgan. Bunday tilxatlarning matn 
komponenti yorliqlardan ajralib turadi. Ortig‘i bilan qaytarish 
evaziga olingan narsa yoki tushumidan ulush olish sharti bilan 
ishlovga olingan yer uchun yozilgan rasmiy hujjatlar (tilxatlar), 
odatda, o‘sha narsa nasiyaga olingan sanani qayd etish bilan 
boshlanadi. Muhim belgilaridan biri, tilxatlarda (odatda, uning 
oxirida) tilxat berayotgan kishi, hatto xatni yozgan kotib, 
guvohlar ham qayd etiladi.


270
Ortig‘i bilan qaytarish evaziga olingan narsa uchun 
yozilgan tilxatlarning boshlamasi uchta komponentdan tuzilgan 
bo‘ladi: 1) qarzga olinayotgan sana; 2) sabab: qarz oluvchiga 
qanday shart asosida kerak bo‘lgan narsa; 3) oqibat: kimdan va 
qancha narsa olinganligi. 
Albatta, bunday matnda ikkinchi va uchinchi komponentlar 
(sabab va oqibat) muhimdir. Birinchi komponent esa ana shu 
hodisaning paytini ko‘rsatishga xizmat qiladi va uning yuridik 
maqomini mustahkamlaydi. Matnning birinchi komponentini 
tashkil etuvchi sana yil, oy va kun ketma-ketligida ifoda etiladi.
Ikkinchi komponentda qarz olinishining sababi, qarz 
oluvchi va unga qanday shartga rozi bo‘lgan sharoitda nima 
kerak bo‘lganligi ta’kidlanadi. Ushbu komponentda qayd 
etilayotgan qarz oluvchining ismi, odatda, 
mäŋä
aniqlovchi-
izohlovchisi bilan qo‘llanadi. 
Matnning ushbu komponentida, ko‘pincha, 
tüškä
so‘zi 
ishlatiladi. Bu “ortig‘i (foizi) bilan qaytarish evaziga” degan 
ma’noni anglatadi. Biror shart asosida kerak bo‘lgan narsa esa 
kärgäk bolup
birikmasi bilan keladi. 
So‘nggi – uchinchi komponentda kimdan va qancha narsa 
olinganligi qayd etiladi. Bunday matnning kesimi o‘tgan 
zamon shaklidagi 
aldïm
so‘zi bilan tugaydi. 
Shu o‘rinda Berlin fondida saqlanayotgan U 5252 raqamli 
kunjit olinganligi xususidagi o‘n bir qatorli hujjatning 
boshlamasidagi jumlani ko‘rib chiqsak. Uni tarkibiy qismlarga 
(komponentlarga) shunday ajratishimiz mumkin: 
Bičin yïl 
törtünč ay on yaŋïqa / mäŋä Qïmïrqa tüškä künčit kärgäk bolup 
/ Qïyïmtudïn tört qap künčit aldïm.
Yuqoridagi matnning birinchi komponentida qayd etilgan 
sana “Maymun yili, to‘rtinchi oyning o‘ninchi kunida” degan 
ma’noni bildiradi. Ikkinchi komponent “Menga – Qimirga, 
ortig‘i bilan qaytarish evaziga kunjit kerak bo‘lib” degani. 
Uchinchi komponent “Qayimtudan to‘rt qop kunjit oldim” 
degan ma’noni anglatmoqda. 


271
Yoki U 5254 raqamli tariq (
yür
) olinganligi xususidagi o‘n 
to‘rt qatorli hujjatning boshlamasini komponentlarga shunday 
bo‘lamiz: 
Qoyn yïl ikinti [ay] biš yaŋïqa / mäŋä Tuğamqa tüškä 
yür kärgäk bolup / Qayumtudïn bir q[…]ïn yür aldïm.
Bunday hujjatlarda keltiriluvchi ta’rix uchta komponentdan 
tuzilgan bo‘ladi: yil, oy, kun. Yil, odatda, muchalyil otlari bilan 
keltiriladi.
Rasmiy uslubning muhim belgilaridan biri, ularda 
mubolag‘a, o‘xshatish, sifatlash, ortiqcha ta’riflar, yo‘q. Ularda 
fikr aniq va lo‘nda bayon etiladi. Qolaversa, yorliqlar uslubi 
badiiy epistolyar matnlardan ham ajralib turadi. Epistolyar 
janrda, odatda, badiiylik ustivor bo‘ladi. Yorliqlar esa rasmiy 
uslubda yozilgan.
Rasmiy yorliqlar tilida muayyan qolipdagi birikmalar ham 
uchrab turadi. Shulardan biri 
Teŋri ‘ināyatï bulup
birikmasidir. 
U “Tangridan inoyat topib; Tangridan inoyat bo‘lib; Tangridan 
inoyat yetib” degan ma’noni anglatadi (
bulup
– “topib, 
yetishib” anglamidadir). Bu birikma 
Teŋri ‘ināyat qïlïp, Teŋri 
‘ināyatïğa sïğïnïp, Teŋri ‘ināyatïdïn, Teŋri ‘ināyatï birlä 
shakllarida ham uchraydi. Shuningdek, rasmiy matnlarda 
o‘ziga xos atamalar ham mavjud. Masalan, o‘rta asr 
maktublarida o‘ziga tobe kishilarga, yurt egasi uchun esa 
o‘ziga qaram yurtning egasiga nisbatan 
ini-oğulluq
so‘zi 
ishlatilgan.
O‘tmishdan qolgan ayrim hujjatlarda biron ma’lumotlar 
qayd etib qo‘yilgan, xolos. Shu o‘rinda Dunxuandan topib 
keltirilgan qog‘ozdagi ko‘k turk yozuvli bir hujjatga e’tibor 
qarataylik (Orkun 1987,288,292).
Qizig‘i shundaki, urxun va yenisey bitiglarida, imlo 
qoidasiga ko‘ra, 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin