264
qo‘llab kelinayotgan turkiy so‘zlar ham atama vazifasida
qo‘llanilishi mumkin. “Sutra uslubi”da
chet tildan olingan
tayyor jumla, birikmalar ham uchrab turadi.
“Sutra uslubi”da bitilgan matnlar o‘zining badiiyligi, tasvir
vositalarining ustalik bilan ishlatilgani, bayon shaklining ravon
va aniqligi bilan ajralib turadi. Budda matnlari qadimgi turk
badiiy adabiyotining sara namunalari qatoridan joy olgan.
Misol sifatida “Oltun tusli yorug‘” sutrasiga kiritilgan “Tigin
va tishi bars qissasi”da elig xon ta’rifiga bag‘ishlangan bir
jumlani ko‘rib chiqamiz:
Ol yemä Maxaradi elig xan ertiŋü uluğ bay barïmlïğ,
tsaŋlarï ağïlïqlarï ï tarïğ, ed tawar özä tolu, alp atïm sülüg
küčiŋä tükällig, törttin sïŋar yer orunuğ iymiš basmïš, öküškä
ayatmïš ağïrlatmïš, ürük uzatï köni nomča törüčä bašladačï,
imärigmä qamağ bodunïn qarasïn ašmïš üklitmiš, qoptïn sïŋar
yağïsïz yawlaqsïz erti
(AYar.270).
Ushbu jumlada badiiy uslubning xarakterli belgilari ko‘zga
yaqqol tashlanadi. Bir jumlaning o‘zida so‘zlarni juftlash
orqali yangi-yangi ma’nolar hosil qilinmoqda. Qadimgi turkiy
tilda keng amal qilgan ushbu usul matn badiiyligini,
uning
o‘qishli bo‘lishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda yangi ma’nolarni
yuzaga chiqaruvchi juftliklarni birma-bir ko‘rib chiqaylik.
So‘zlarning juft holda anglatayotgan ma’nolariga e’tibor
bering:
bay barïmlïğ
– birgalikda “boy-badavlat, davlatmand”
ma’nosini beradi;
ï tarïğ – ï
so‘zi qadimgi turkiyda “o‘simlik”,
tarïğ
bilan juft holda qo‘llanilib, “don-dun” ma’nosini beradi;
ed tawar
– “mol-mulk”degani;
alp atïm – alp
– “alp, bahodir”,
atïm
– “mergan”, birgalikda “shavkatli” ma’nosini beradi;
yer
orun
– birgalikda “el, mamlakat” ma’nosida;
iy- bas
-
“hukumronlik qilmoq” ma’nosida;
ayat- ağïrlat
- “ko‘pning
hurmatini qozongan” degani;
ürük uzatï
– “uzoq, uzoq
zamonlar” ma’nosida;
nomča törüčä – nom
– “qonun, qoida”,
törü
– “siyosat”, birgalikda “qonun-qoidalar asosida, adolat
bilan” ma’nosini beradi;
bodun qara
– “avom, xalq”
265
anglamida;
aš- üklit
- “xalqni oshirgan, ko‘paytirgan” degani.
Qadimgi turkiy adabiyotda xoqonlarning elsevarligi, uning qo‘l
ostida xalq tinch yashab, o‘zidan ko‘payganligi ta’riflanganda
shuning singari so‘zlardan foydalanilgan;
yağïsïz yawlaqsïz
–
yağï
– “yov”,
yawlaq
– “yovuz”, juft holda “yovsiz-yovuzsiz”
degan ma’noni anglatadi. Bu birikma
adabiyotda yon-veridagi
ellar bilan totuv yashagan xoqonlar ta’rifida keltiriladi.
Juft so‘zlarning yuqorida keltirilgan ma’nolariga tayanib,
yuqoridagi matnni hozirgi tilimizga o‘girib ko‘ramiz. U
shunday bo‘ladi: “O‘sha Maxaradi elig xon behad ulug‘, boy-
badavlat, omboru xazinalari don-dun, mol-mulkka to‘la, alpu
mergan, kuchli cherikka ega, to‘rt tomondagi ellarni o‘ziga
bo‘ysundirgan, ko‘pning hurmatini qozongan, uzoq yillar
adolatli
siyosat yuritgan, bo‘ysungan barcha ellarning xalqini
ko‘paytirgan, yon-veri butunlay yovsiz-yovuzsiz edi”.
Matndan uzilmay, keyingi jumlani o‘qiymiz:
Ol antağ
osuğluğ čoğluğ yalïŋlïğ küčlüg küsünlüg elig xannïŋ uluğï
xatunïnta toğmïš körgäli sewiglig, körklüg meŋizlig üč oğlanï
erti
(AYar.270).
Ushbu jumlada:
čoğluğ yalïŋlïğ
– juft holda “kuch-qudratga
ega” ma’nosini beradi;
küčlüg küsünlüg
ham avvalgi
birikmaning sinonimi.
Bari birgalikda, uyushiq holda
“shavkatli, cheksiz kuch-qudratga ega” degan ma’noni beradi;
körklüg meŋizlig
– asli “chiroyli” ma’nosida, lekin so‘z yigitlar
to‘g‘risida borayotgani uchun uni “istarasi issiq” deb
o‘girganimiz yaxshi. Ana shularni inobatga olganda jumlaning
ma’nosi quyidagicha bo‘ladi: “Ana o‘shandayin shavkatli,
cheksiz kuch-qudratga ega bo‘lgan elig xonning katta xotinidan
tug‘ilgan ko‘hli-suyukli, istarasi issiq uch o‘g‘loni bo‘lar edi”.
Yana bir jihati, budda muhitida yaratilgan nasriy
matnlargina emas, she’riy asarlar ham “sutra uslubi”da ijod
qilingan. Budda she’rlari matnlarning o‘zida
küg, taqšut, küg
taqšut, šlok, padak
atamalari bilan qayd etilgan.
Bularning har
biri qadimgi turk she’riyatining o‘ziga xos turlari bo‘lib, matn
266
tuzilishi, qatorlardagi bo‘g‘inlar soni, qofiya tizimi, ritmi bilan
ajralib turadi. Biroq ularni
hozirgi o‘lchovlar
bilan
o‘lchamaslik kerak. Ular qadimgi turkiy poetik uslubining
talablari, yozma adabiy til me’yorlaridan kelib chiqqan holda
yuzaga kelgan. Hatto qofiya tizimi ham ayricha. Qadimgi turk
she’rlarida satrboshi qofiya tizimi amalda bo‘lib,
yetakchi
ritmni ham ana shular ta’minlaydi.
Qadimgi turk diniy-falsafiy asarlarini bitishda shakllangan
va muqum bir qolipga tushgan adabiy til an’anasi diniy asarlar
tilida asrlar osha saqlanib keldi.
Dostları ilə paylaş: