Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
BADIIY MATNLAR USLUBI 
Til uslublarining eng eskisi badiiy uslubdir. Badiiy matnlar 
she’r yoki nasrda bo‘ladi. Uslub ham matnning ana shu 
tuzilishiga moslashadi.
Badiiy uslubning tarixi xalq badiiy tafakkurining yuzaga 
kelishi va yuksalishi, badiiy adabiyot tarixi bilan bo‘ylashadi. 
U yozma adabiy tilning, yozma adabiyotning yuzaga kelishidan 
ancha burun kelib chiqqan. Xalq badiiy ijodi yuzaga kelishi 
bilan bog‘liq ravishda badiiy uslub ham shakllana bordi. So‘z 
ustalari, notiqlar xalq yaratgan rivoyat va afsonalar, qo‘shiqlar, 
maqollarning ta’sirini oshirish, tinglovchiga ularni ta’sirchan 
ko‘rinishda yetkazib berish istagida asarlarning badiiyligi, 
jumlalar uslubi, ravonligi, qolaversa, ohangiga ayricha e’tibor 
qarata boshladilar. Bu ehtiyoj tilda o‘ziga yarasha bir uslubning 
yuzaga keluvini ta’minlab berdi.
Yozma adabiy til, matn tuzish an’anasi endigina yuzaga 
kelayotgan bir chog‘da xalq badiiy ijodi va ularning uslubi 
allaqachon shakllanib, takomil bosqichiga o‘tgan edi. Badiiy 
uslub o‘zining og‘zaki bosqichidayoq pishib yetilgan. Yozma 
badiiy uslub o‘z qolipini og‘zaki adabiyotdan oldi. Ana 
shuning ta’sirida yozma adabiy til o‘z yo‘lini yangi bir shaklda 
davom ettirdi. Shu bois ham badiiy ijod namunalarini yozuvga 
tushirish uqadar mushkullik tug‘dirgan emas. Yozuvchi-
ijodkorlar ham boshda og‘zaki adabiyot uslubidan keng 


255
foydalandilar. Qadimgi turkiy adabiyot namoyandalarining 
ko‘proq xalq ijodiga ergashganligining boisi ham ana shunda.
Badiiy uslub, yozma uslublarning boshqa turlaridan ayricha 
o‘laroq, badiiy tasvir vositalarning ishlatilishi, bayon tarzi, til 
me’yorlarining erkinligi bilan ajralib turadi. Masalan, badiiy 
matnlarda narsa-hodisalarning ta’rifi berilganda ularning 
sifatlari qo‘shib aytilgan. To‘nyuquq bitigida: 
qïzïl qanïm
– 
qizil qonim, 
qara terim
– qora terim. Yoki “Qutadg‘u bilig”da 
yerga, tuproqqa 
yağïz
(
yağïz yer
– bo‘z yer), tunga 
qara
(
qara 
tün
– qaro tun), kunduzga nisbatan 
yaruq
sifati berilgan (
yaruq 
kündüz
– yorug‘ kunduz) va b. “Hibatu-l-haqoyiq” da: 
örüŋ yüz
– oq (yorug‘) yuz, 
qïzïl eŋ
– qizil yuz. “O‘g‘uzxoqon” 
dostonida: 
kök yaruq
– “kundek ravshan yorug‘” degani. 
Qiyoslang, boshqa bir o‘rinda: 
kün-deg jaruq
– kundek yorug‘. 
Bitiglarda osmonning ta’rifi 
kök
sifati bilan (
kök täŋri
), yer esa
yağïz
sifati bilan (
yağïz yer
) qo‘llaniladi. 
Shuningdek, badiiy matnda maqol va iboralar, badiiy tasvir 
vositalari keng qo‘llaniladi. Matn uslubi muallifning yoki asar 
qahramonlarining ruhiy holatini aks ettirishga, asarning badiiy-
g‘oyaviy ta’sirini oshirishga xizmat qiladi.
Qadimgi turk eposi “O‘g‘uzxoqon” dostoni ajoyib bir 
uslubda yozilgan. Ushbu dostonning ildizi meloddan burungi 
chog‘larga tutashadi. Dostonda turkiy xalqlarning qadimgi 
inonch-e’tiqodlari 
o‘z 
ifodasini 
topgan. 
Ushbu 
epos 
yuzyilliklar osha turkiy xalqlarning dunyoqarashi, badiiy 
tafakkuri etkisida yuksalib kelgan. Doston g‘oyasi va 
syujetining taraqqiyoti bilan bog‘liq holda uning uslubi ham 
ravonlashib, sayqal topgan. 
Badiiy uslubning ixcham, ammo go‘zal bir ko‘rinishini 
xalq moqollarida kuzatamiz. Maqol – xalqning yuz yil kuzatib, 
bir aytgan so‘zi. Ularda xalqning falsafiy mushohadasi, borliq, 
tiriklik va kishilik to‘g‘risidagi qarashlari, ularga munosabati 
aks etgan. Maqolning kuchi shundaki, u kishini tarbiyalaydi, 
tiriklikning o‘nqir-cho‘nqiri, oq-qorasi haqida saboq beradi. 


256
Ota so‘zlarida bor narsaga parda ortidan qarash, nokasning 
aybini yashirish, xushomad, ko‘zbo‘yamachilik tushunchasi 
yo‘q. Ular kishini tetik va irodali qiladi, hayotga to‘g‘ri ko‘z 
bilan qarashni o‘rgatadi. Xalqning bu dono fikrlari lo‘nda va 
aniq jumlalarda berilishi bilan ham ajralib turadi. Ota so‘zlari 
uslubiy va badiiy jihatdan mukammal bo‘lib, xalq badiiy 
tafakkurining yuksak mahsulidir. 
Ko‘k turk bitiglarida, Turfon xarobalaridan topilgan eski 
qo‘lyozmalarda, ilmiy, tarixiy va adabiy manbalarda, o‘rni 
bilan, qadimgi xalq hikmatlari keltirib o‘tilgan. Qadimgi turk 
otaso‘zlarining katta bir qismini XI asrda yashab o‘tgan ulug‘ 
tilshunos Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” 
asarida bergan edi. Olim turkiy so‘zlarning ma’nosini 
izohlamoq istagida ulardan foydalangan. 
Maqol kishi nutqining bezagidir. Maqolni o‘rnida ishlata 
bilganning so‘zi ta’sirli bo‘ladi. So‘zamol, gapga chechan kishi 
so‘z orasida keltirgan ajoyib otaso‘zi bilan ko‘pning e’tiborini 
o‘ziga torta oladi.
Badiiy uslubning eng ko‘hna, shuning bilan birga, o‘ta
ajoyib namunalarini biz ko‘k turk mangutoshlarida uchratamiz. 
Bitiglar ulug‘ yo‘lboshchilar, milliy qahramonlar xotirasiga 
bitilgan yodnomalar bo‘lib, ularda xalq qahramonlarining ko‘zi 
tirikligida olib borgan ezgu ishlari, yurt erki va farovonligi, 
tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlari yod etiladi. Bitiglarda 
tarixiy voqealar ajoyib til bilan, badiiy uslubda bayon etiladi. 
Tarixiy voqealar milliy qahramonlar obrazini, ularning ideal 
hayotini madh etish uchun fon bo‘lib xizmat qiladi. Xalq milliy 
qahramonlarining faoliyati badiiy tilda yoritiladi, mualliflar 
turli badiiy vositalardan foydalanadi. Matnlarning g‘oyaviy va 
uslubiy xususiyatlari ularni badiiy asar darajasiga ko‘targan. 
Bitiglar tarixiy asarlargina emas, qadimgi turk adabiyotining 
ajoyib namunalari hamdir.
Bitiglardan o‘rnaklar keltiramiz. 


257
Täŋri küč bertük üčün qaŋïn qağan süsi böri-täg ermis, 
yağïsï qoñ-täg ermis (Tangri kuch bergani uchun otam 
xoqonning lashkari bo‘ridek ekan, dushmani qo‘ydek ekan) 
(K.12). Bitiglarda xoqonlarning ulug‘ yutuqlari ta’riflanar 
ekan, tangrining qo‘llagani tufayli ana shunday ishlar amalga 
oshganligi e’tirof etiladi. Bunda 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin