250
OLTINCHI BO‘LIM. MATN USLUBI MASALALARI
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r:
stilistika, uslubshunoslik, matn
uslubi, badiiy matn uslubi, hujjatlar uslubi, diniy matnlar uslubi
(“sutra uslubi”), monumental matnlar uslubi.
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r:
Yozma uslublar tarixi.
Badiiy matnlar uslubi.
Budda asarlariga xos bo‘lgan “sutra uslubi”.
O‘tmishdan qolgan rasmiy yozmalar va ularning uslubi.
Qadimgi turk monumental matnlarining uslubi.
Turkiy yozma yodgorliklarda sana va uning aytilishi.
YOZMA TIL VA UNING USLUBLARI
Til ikki xil ko‘rinishda amal qiladi:
og‘zaki til
va
yozma
(yoki
adabiy
)
til.
Turkiy tillar tarixida har ikkovining ham
atamasi bo‘lgan. XI yuzyillikda yashab o‘tgan ulug‘ mutafakkir
Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” dostonida
og‘zaki
til
ni tilin
söz
deb atagan. Mana o‘sha atamaning misoli:
Yoq ersä bitig bu kišilär ara,
Tilin sözkä kim bütgäy erdi kör-ä.
(Bu kishilar orasida yozuv yo‘q ersa, og‘zaki so‘zga kim
ham ishongan bo‘lar edi, ko‘rgin) (QB.2660).
Adib Ahmad Yugnakiy o‘zining “Hibatu-l-haqoyiq”
asarida
ağïz til
degan atamani qo‘llagan. Ushbu atamadagi
ağïz
– “og‘zaki” degani,
ağïz til
esa “og‘zaki til”, ya’ni “nutq”
ma’nosini beradi. Demak, bu atama ostida “kishining nutqi”
ko‘zda tutilmoqda. Mana asardan olingan o‘sha misol:
Ağïz til bezägi koni söz turur,
Köni sözlä sözni, tiliŋni bezä.
(Nutqning bezagi to‘g‘ri so‘z turur, to‘g‘ri so‘zla so‘zni,
tilingni (nutqingni) beza) (AH.155–156).
251
Alisher Navoiy “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarida
nutq
atamasini qo‘llagan. Insonning yaralishi to‘g‘risida so‘z yuritar
ekan, u nutqi tufayli barcha jonzodlardan ustun ekanligini
ta’kidlab yozadi:
Čun kun fayakun safxasïğa boldï tirāz,
Qïlğan anï nutq ilä barïdïn mumtāz (ML.165).
O‘tmishda yozma tilning ham atamasi bo‘lgan. Yusuf Xos
Hojib
yozma til
ni
bitig söz
deb atagan edi. Turkiy bitig so‘zi
tub anglamida “yozuv”ni bildirgan. U “yozmoq, bitmak”
ma’nosidagi
biti-
fe’liga ot yasovchi -
g
qo‘shimchasini qo‘shib
yasalgan. Keyinchalik uning ma’nosi kengayib, “xat, maktub;
hujjat; kitob; matn” singari yozuv bilan bog‘liq narsalarni ham
bitig
deb ketilgan.
Bitig söz
atamasi “bitilgan so‘z; kitobiy so‘z;
matn”, tilshunoslik tushunchasi bilan aytganda, “yozma til,
matn tili, adabiy til” ma’nosini beradi.
Eski turkiy tilda matn uslubi bilan bog‘liq atamalar tizimi
ham shakllangan edi. Ayrimlarini misollarda ko‘rib chiqamiz.
Manbalarda yozma til usuli, matn uslubi
bitig söz yaŋï
deyilgan. Yozma til usuli fikrni ifodalashning eng yaxshi yo‘li
ekanligi ta’kidlab, Yusuf Xos Hojib yozadi:
Nekü ter ešitkil İlä sir teŋi,
E
i e
gü yaŋ bu bitig söz yaŋï.
(Ila-sir tengi [ya’ni yoshi Ila daryosiday uzun, ko‘pni
ko‘rgan donishmand] bu to‘g‘rida nima degan, eshitgil: Yozma
til usuli juda yaxshi usuldir) (QB.2656).
Yozma manbalarda ravon, balog‘at darajasida bayon
qilingan nutq
yorïq til
deyilgan.
Yorïq
so‘zi “yurmoq”
ma’nosidagi
yorï
- fe’lidan yasalgan bo‘lib, “ravon, keng,
batafsil” ma’nosini beradi;
yorïq til
ning lug‘aviy ma’nosi
“ravon til, ma’nili gap, balog‘at darajasida bayon qilingan
so‘z” dir. Bunday nutq to‘g‘risida Yusuf Xos Hojib yozadi:
Uqušqa, biligkä bu tilmäči til,
Yaruttačï erni yorïq tilni bil.
252
(Uquvga, bilimga tilmoch – bu tildir. Kishini ro‘shnolikka
chiqaradigan ravon til, deb bil) (QB.158).
XV asrda yashab o‘tgan Arslon Xo‘ja tarxon Adib Ahmad
Yugnakiy to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, “Hibatu-l-haqoyiq”ning
tili va uslubi bilan bog‘liq muhim bir atamani qo‘llagan edi. U
yozadi:
Tamami erür kašğari til bilä,
Ayïtmïš adip riqqat-i til bilä (AH.499–500).
Ushbu baytdagi
kašğari til
atamasi o‘sha chog‘lardagi
“turkiy adabiy til”ning atamasidir; arabchadagi
riqqat
– “nozik,
jozibali” ma’nosini beradi;
riqqat-i til
– “jozibali til”, ya’ni
“she’riy til, badiiy til” anglamidadir. Buning bilan “Hibatu-l-
haqoyiq” asari turkiy adabiy til(kašğari til)da ekanligi, adib uni
jozibali til(riqqat-i til)da aytganligi ta’kidlanmoqda .
Alisher Navoiy “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarida
türkî
uslub
atamasini qo‘llagan. U turkiy so‘zlarning nozik ma’nolari
to‘g‘risida so‘zlar ekan,
yïğlamaq
ning
yïğlamsïnmaq,
iŋrämäk-u siŋrämäk, sïqtamaq, ökürmäk, inčkirmäk, hay hay
yïğlamaq
singari sinonimlarini qo‘llash turkiy uslubga xos
ekanligini ta’kidlaydi (ML.172).
Klassik filologiyada nutq va matnning ravonligi, yuksaklik
darajasi
balāğat
ham deyilgan. Hozirda ko‘plar “balog‘at”
deganda
klassik
adabiyotdagi
she’riy
san’atnigina
tushunmoqdalar.
Balog‘at
badiiy
adabiyotdagi
she’riy
san’atning o‘zigina emas.
Bilim egallashda ikki xil daraja bor: birinchisi – balog‘at;
ikkinchisi – tugallik (komillik). Balag‘at – bu yetuklikdir.
Balog‘at darajasiga har bir bilimli, aqli raso yetuvi mumkin.
Xalq tilida “o‘g‘il-qizi balog‘atga yetdi; o‘g‘li balog‘at
yoshida” degan iboralar yuradi. Bu degani – “o‘g‘il-qiziga aql
kirdi, jismi ham yetildi; endi uni uyli-joyli qilsa bo‘ladi”.
Tugallik darajasiga esa har kimsa yeta olmaydi; bunga erishgan
kishi komil insondir. Yusuf Xos Hojib “komil inson”ni
tügäl er
deb atagan edi.
253
Tildagi balog‘at darajasi ham ayni tushunchada: u kishi
nutqida ham, matnda, xat san’atida, nasrda, poetikada birday
amal qiladi. O‘tmishdagi balog‘at ilmi talabiga ko‘ra, notiq
yoki matn bituvchi bilgin kishi balog‘at o‘lchovlariga amal
qilmog‘i kerak.
Ushbu atamaning misoli uchun yana “Qutadg‘u bilig”ga
murojaat qilamiz. Yusuf Xos Hojib yaqin kishilarga
yo‘llanadigan maktublar to‘g‘risida so‘z yurita turib, ularning
ajoyib bir uslubda, balog‘at darajasida bo‘lmog‘i kerakligini
uqtiradi:
Balağat bilä xat teŋäšsa qalï
Eδi eδgü til bu bitig söz tili.
(Agar xat balog‘at bilan tenglashsa, yozma nutq juda ezgu
bo‘ladi) (QB.2655).
Til uslublari ikki xil:
og‘zaki
va
yozma
ko‘rinishga ega.
Og‘zaki uslub tarixi tilning paydo bo‘lishi, kishilik ongining
yuzaga kelishi, hukum va fikrni ta’sirli ifodalashga bo‘lgan
zarurut asosida kelib chiqqan.
Yozma til uslublari ancha kech – yozuvning yaratilishi
bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Biroq, yozuvning o‘zi
yozma
uslubni
belgilay
olmaydi.
Masalan,
kishilar
tasavvuridagi tushunchalar rasmlarda yoki harfiy belgilarda
ifodalangani, biror so‘zning yozib qo‘yilgani bu hali yozma
uslub degani emas. Yozma uslub matnda yuzaga chiqadi; kishi
o‘z o‘y-qarashlarini matnda bayon eta boshlagani, matn tuzish
an’analari
ishlab
chiqilgani,
matn
janrlari
farqlana
boshlaganidan keyingina tilning yozma uslublari, matn uslubi
yuzaga kela boshlagan. Demak, yozma til uslublarining tarixi
yozuvning yaratilishi, matn tuzish an’analarining yuzaga
kelishi, yozma adabiyot tarixi, qadimgi turkiy xalqlarning
ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti bilan uzviy bog‘liq.
Yozma adabiy til(bitig söz)ning o‘lchovlari, me’yorlari
matnda o‘z ifodasini topadi. Maqsadi, yo‘nalishiga qarab matn
uslublari bir-biridan farq qiladi.
254
Matn uslubi
deganda o‘y-qarashlar, bitigli xabar(
saw
yoki
söz
), biron bir asarning matndagi ifodaviy ko‘rinishi, bayon
tarzi, me’yoriy qoliplar, matn (
bitig
) talabidan kelib chiqqan
holda
grammatik
birliklarning
tanlanishi,
matn
komponentlarining uyg‘un bir tizimi tushuniladi. Matn uslubi
(
bitig söz yaŋï
) adabiy til talablariga bo‘ysunadi. Matn uslubi
tilshunoslikning
stilistika
yoki
uslubshunoslik
(’ilm-i balāğat)
bo‘limida o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |